Ularga barcha moʻʼjizalar kelsa, ham, to qiyomatdagi alamli azobni koʻrmagunlaricha holatlari shunday boʻladi.
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ularga barcha moʻʼjizalar kelsa, ham, to qiyomatdagi alamli azobni koʻrmagunlaricha holatlari shunday boʻladi.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yerdagi yaratilgan narsalarga ibrat bilan nazar solinglar”, – deb ayting. Lekin iymon keltirmaydigan qavmlar uchun moʻʼjizalar ham, ogohlantirishlar ham foyda bermaydi.
Alif, Lom, Ro. Bu oyatlari mustahkam qilingan, soʻngra hikmat sohibi – Hakim va barcha narsalardan xabardor boʻlgan – Xobir Zot tomonidan batafsil bayon qilingan kitobdir.
Mana bular Od qabilasining oqibatidir. Chunki ular bila turib Robbilarining oyatlarini yolg‘onga chiqardilar va payg‘ambarlariga itoatsizlik qildilar hamda har qanday zolimu qaysarlarning asossiz buyruqlariga ergashdilar.
Ey qavmim, mana bu sizlarga moʻʼjiza boʻlib yuborilgan Allohning tuyasi. Bas, uni Allohning yerida bemalol oʻtlab yeb yurishiga qoʻyib beringlar va unga biror-bir yomonlik yetkazmanglar. Aks holda, sizlarni yaqinda boʻladigan azob tutadi.
Darhaqiqat, Musoni oyatlarimiz va aniq dalil bilan elchi qilib yubordik.
Albatta, bu hodisalarda oxirat azobidan qoʻrqqan kimsalar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar hisob uchun toʻplanadigan kundir. Hamda qilingan ishlar haqida adolatli guvohlik beriladigan kundir.
Alif, Lom, Ro. Ushbu oyatlar ochiq-oydin Kitob oyatlaridir.
Haqiqatan, Yusuf va uning akalari qissasida ibrat olib soʻrovchilar uchun alomatlar bor edi.
Keyinroq vazir va uning yonidagilarda Yusufning pokiza va begunoh ekanligini tasdiqlovchi aniq dalillarni koʻrganlaridan keyin ham xalqning g‘iybatini toʻxtatish uchun uni maʼlum bir vaqtgacha zindonga tashlash fikri paydo boʻldi.
Osmonlar va Yerda Allohning borligi va birligiga dalolat qiluvchi qanchadan-qancha alomatlar bor. Biroq ular bu oyatlardan yuz oʻgirgan hollarida beparvo oʻtib ketaveradilar.
Alif, Lom, Mim, Ro. Bular muqaddas Kitob boʻlgan Qurʼon oyatlaridir. Ey Muhammad, sizga nozil qilingan bu Qurʼon ayni haqiqatdir, lekin shunda ham odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydilar.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
U Zot Yerni yoyib va unda tog‘lar va daryolar paydo qilgandir. U yerdagi barcha mevalardan ikkitadan erkak-urg‘ochi qilib juft yaratgandir. U tun bilan kunduzni qoplaydi. Albatta, bu misollarda fikr yuritadigan qavm uchun dalillar bordir.
Yer yuzida unumdor va unumsiz bir-biriga qoʻshni tuproq parchalari bor. Hamda uzumzor bog‘lar, ekinzorlar va shoxlab ketgan va shoxlab ketmagan xurmolar boʻlib, barchasi bir suv bilan sug‘oriladi. Lekin bir xil suv bilan sug‘orilsa ham ularning yemishlarini taʼmda baʼzilarini baʼzilaridan afzal qilib qoʻyamiz. Albatta, bunda aql ishlatadigan qavm uchun ibratlar bordir.
Kufr keltirgan kimsalar: “Unga Robbisi tomonidan biror moʻʼjiza tushirilsa edi”, – deydilar. Ey Muhammad, siz esa faqat ularni qiyomat azobidan ogohlantiruvchisiz. Har bir qavm uchun hidoyatga yetaklovchisi bor.
Kufr keltirgan kimsalar: “U Muhammadga Robbisi tomonidan biror moʻʼjiza nozil qilinsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni adashtiradi va Allohga tavba qilib qaytgan kishilarni esa hidoyat qiladi”, – deb ayting.
Darhaqiqat, sizdan avval ham koʻplab payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga jufti halollar va zurriyotlar berganmiz. Hech bir payg‘ambar uchun Allohning iznisiz biror moʻʼjiza keltirish mumkin emas. Har bir vaqt uchun munosib Kitob bordir.
Darhaqiqat, Biz Musoni oyatlarimiz bilan bani Isroil qavmiga yuborib unga: “Qavmingni kufr zulmatlaridan iymon nuriga olib chiq va ularga Allohning oʻtmishdagi xalqlar boshiga solgan falokat kunlarini eslatib qoʻy”, – dedik. Albatta, mana bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir.
Darhaqiqat, Biz Musoni oyatlarimiz bilan bani Isroil qavmiga yuborib unga: “Qavmingni kufr zulmatlaridan iymon nuriga olib chiq va ularga Allohning oʻtmishdagi xalqlar boshiga solgan falokat kunlarini eslatib qoʻy”, – dedik. Albatta, mana bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir.