Mushriklar aytayotgan narsalardan U pok va nihoyat darajada yuksakdir.
There are 92 verses derived from the masdar-o'zak س ب ح you searched for.
tasbih qilmoqda, Seni tasbih qilamiz, U yuksalmishdir, va (Uni) tasbih qil, sen yuksansan, U munaazzahdir, Sen yuksansan, va Uni tasbih qiladilar, sening shoning buyukdir, U buning munaazzahdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Mushriklar aytayotgan narsalardan U pok va nihoyat darajada yuksakdir.
Yetti qavat osmon va Yer hamda ulardagi bor jonzot Unga tasbeh aytadi. Borliqda Uning hamdi bilan poklab tasbeh aytmagan bir narsa yoʻq. Lekin siz ularning tasbehlarini fahmlamaysiz. Albatta, U bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.

Yoxud sening oltindan bir uying boʻlmaguncha yoki koʻz oʻngimizda osmonga koʻtarilib ketmaguningcha, hargiz senga iymon keltirmaymiz. Bizlarga oʻqiydigan biron kitob tushirmas ekansan, hatto, bu osmonga koʻtarilishingga ham aslo ishonmaymiz. Ey Rasulim, ularga: “Yo pok Parvardigorim, men faqat payg‘ambar boʻlgan bir odam edim-ku!” – deb ayting.
Shuningdek, ular: “Robbimizga tasbeh aytamizki, albatta, Robbimizning vaʼdasi, haqiqatan, amalga oshibdi”, – deydilar.
Keyin Zakariyo mehrobdan qavmining oldiga chiqib, ularga ertayu kech Allohga tasbeh aytishni ishora qildi.
Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emasdir. U bunday nuqsondan pokdir. U biror ishni qilishni istasa, faqat unga “Boʻl!” – deydi, bas, oʻsha ish darhol boʻladi.
Toki, Senga koʻproq tasbeh aytaylik.
Bas, ey Rasulim, ular aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting. Tunning boshi va oxirgi vaqtlarida hamda kunduzning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting shoyad, shunda rozilikka erishsangiz.

Farishtalar tunu kun toʻxtamasdan Allohga tasbeh aytadilar.
Agar Yer va osmonning ikkisida Allohdan oʻzga ilohlar boʻlganida edi, ixtiloflar tufayli ikkalasi ham buzilib ketgan boʻlar edi. Subhanalloh, Arsh Robbisi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir.
Mushriklar: “Rahmonning farishtalardan bolasi bor”, – deydilar. U esa bundan mutlaqo pokdir! Aksincha, farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki ular azizu mukarram bandalardir.
U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan Zotdir. Barcha sayyoralar falakda doimiy suzib yuradilar.
Keyin adolatli hukm chiqarish uchun uni Sulaymonga oʻrgatdik. Har ikkisiga hikmat va ilm berdik. Dovud bilan birga tasbeh aytsin deb tog‘larni va qushlarni boʻysundirib qoʻydik. Bularni Biz qilgan edik.
Zunnun, yaʼni Yunus payg‘ambarning oʻz qavmidan g‘azablangan holda Bizning iznimiz boʻlmasdan qishlog‘idan chiqib ketgan paytida unga qarshi hech narsa qilolmaymiz deb oʻyladi. Biz uni dengizda baliq qorniga tashlaganimizdan keyin qorong‘i zulmatlar ichida: “Sendan oʻzga iloh yoʻqdir. Sen barcha nuqsonlardan poksan. Darhaqiqat, men oʻzimga zulm qiluvchilardan boʻldim”, – deb nido qildi.
Alloh hech qanday farzand tutmagan va U bilan birga biror bir iloh boʻlmagan. Aks holda, albatta, har bir iloh oʻzi yaratgan narsa bilan ketib, baʼzilari baʼzisida ustun boʻlib olar edilar. Natijada, Yeru osmon buzilib ketgan boʻlar edi. Alloh ular aytayotgan sifatlardan pokdir.
Uni eshitgan paytingizda: “Bu mish-mishni gapirish biz uchun joiz emasdir. Ey pok Robbim, bu katta boʻhton-ku!” – desangiz boʻlmasmidi?!
Bu nur, Alloh ularning baland koʻtarilishiga va ularda Oʻzining nomi zikr qilinishiga izn bergan uylardadir. U yerlarda ertayu kech Unga tasbeh aytiladi.