Ular Allohni Oʻziga loyiq tarzda qadrlamadilar. Qiyomat kunida butun Yer yuzi Uning siqimidadir. Osmonlar ham Uning qudrat qoʻliga yig‘iluvchidir. U Zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliydir.
There are 92 verses derived from the masdar-o'zak س ب ح you searched for.
tasbih qilmoqda, Seni tasbih qilamiz, U yuksalmishdir, va (Uni) tasbih qil, sen yuksansan, U munaazzahdir, Sen yuksansan, va Uni tasbih qiladilar, sening shoning buyukdir, U buning munaazzahdir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular Allohni Oʻziga loyiq tarzda qadrlamadilar. Qiyomat kunida butun Yer yuzi Uning siqimidadir. Osmonlar ham Uning qudrat qoʻliga yig‘iluvchidir. U Zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliydir.
Ey Muhammad, siz u kunda farishtalar Arsh atrofini oʻrab olgan hollarida, Robbilariga hamd bilan tasbeh aytayotganlarini koʻrasiz. Barchalarining oralarida haq bilan hukm qilindi va: “Olamlarning Robbi – Allohga hamdlar boʻlsin!” – deyildi.
Arshni koʻtarib turadigan va uning atrofidagi farishtalar Robbilariga hamd bilan tasbeh aytadilar va Unga iymon keltiradilar hamda iymon keltirgan kishilarni Allohdan mag‘firat qilishini soʻraydilar. Ey Robbimiz, rahmating va ilming bilan har bir narsani qurshab olgansan. Bas, tavba qilib, yoʻlingga ergashgan kimsalarni mag‘firat qil va ularni doʻzax azobidan saqlagin.
Bas, ey Muhammad, mushriklarning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Gunohingizga mag‘firat tilang hamda tunu kun Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting.
Bas, agar sajda qilishdan bosh tortib kibrlansalar, bilingki, Robbingiz huzuridagi farishtalar kecha-yu kunduz hech malol olmay Unga tasbeh aytib sajda qiladilar.
Mushriklarning keltirayotgan shirkidan ustilaridagi osmonlar yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilarining hamdi bilan tasbeh aytadilar va yer yuzidagilar uchun Allohdan mag‘firat soʻraydilar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, Allohning Oʻzi gunohlarni mag‘firat qiluvchi – G‘ofur va bandalariga marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
Toki sizlar ularning ustiga oʻrnashib olib minasizlar. Keyin unga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: “Bizlarga bu ulovni boʻysundirib qoʻygan Zot ayb va nuqsonlardan pokdir. Vaholanki, bizlar bunga qodir emas edik”, – deysizlar.
Osmonlar va Yerning Robbisi va Arsh egasi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan aybu nuqsonlardan pokdir.
Ey insonlar, Biz Muhammadni Allohga va uning Rasuliga iymon keltirishingiz va u Payg‘ambarni qoʻllab-quvatlab, izzat-ikrom qilishingiz hamda erta-yu kech Allohga tasbeh aytishingiz uchun yubordik.
Bas, ey Rasulim, kofirlar aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting.
Yana kechaning bir qismida sajdalar ortidan Allohga tasbeh ayting.
Yoxud ular uchun Allohdan boshqa iloh bormi?! Subhanalloh, Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pokdir!
Ey Muhammad, siz Robbingizning hukmiga sabr qiling. Shundoq ham siz, albatta, Bizning koʻz oʻngimizdasiz! Tongda uyqudan turgan paytingizda, Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting!
Shuningdek, kechadan bir vaqt ajratib va yulduzlar botgach, saharda ham Unga tasbeh ayting.
Bas, Ey Muhammad, ulug‘ Robbingiz nomini poklab tasbeh ayting.
Bas, ulug‘ Robbingizning nomi bilan tasbeh ayting!
Osmonlar va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytadi. U qudrat va hikmat sohibidir. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U Alloh, shunday Zotdirki, Undan oʻzga iloh yoʻq. U butun borliqning podshohi boʻlgan – Malik, barcha ayb-nuqsonlardan pok – Quddus, bandalariga omonlik beruvchi – Muʼmin, osoyishtalik ato qiluvchi – Salom, barcha narsani kuzatib turuvchi – Muhaymin, qudrat sohibi – Aziz, boʻysundiruvchi – Jabbor va hammadan ulug‘ boʻlgan – Mutakabbir Zotdir. Alloh mushriklarning keltirayotgan shirklaridan pokdir.
U Alloh, barcha maxluqotni yaratuvchi – Xoliq, yoʻqdan bor qiluvchi – Boriy, barcha narsaga surat va shakl beruvchi – Musavvir Zotdir. Uning goʻzal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unga tasbeh aytadi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.