Endi, qachonki oʻzing va sen bilan birga boʻlgan kishilar kemaga joylashib olgach: “Bizlarga zolim qavmlardan najot bergan Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayt.
There are 83 verses derived from the masdar-o'zak س و ي you searched for.
tengdir, yo'naldi, ularni tartibga soldi, tekis, teng bo'lgan, bir xil, bir bo'lishni, teng, tekis, to'g'risi-
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Endi, qachonki oʻzing va sen bilan birga boʻlgan kishilar kemaga joylashib olgach: “Bizlarga zolim qavmlardan najot bergan Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayt.
U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. U Rahmondir, bas, U haqida xabardor Zotdan soʻrang.
Chunki sizlarni olamlarning Robbisiga tenglashtirgan ekanmiz, deb aytadilar.
Ular Hud payg‘ambarga: “Bizga vaʼz qilsang ham yoki vaʼz qiluvchilardan boʻlmasang ham baribir, senga itoat qilmaymiz”, – dedilar.
Qachonki, u voyaga yetib, kamol topganida, unga hikmat va bilim berdik. Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
Vaqtiki, Muso Madyan shahri tomonga ravona boʻlgach: “Shoyad, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga boshlasa”, – dedi.
Alloh sizlarga oʻzingizdan bir misol keltirdi. Sizlar uchun qoʻllaringiz egallagan qullaringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik boʻlib oluvchilar bormidirki, sizlar unda mol-mulkingizni tasarruf qilishda qullaringiz bilan barobar boʻlsangiz. Axir siz ular haqida ham oʻz haqingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday batafsil bayon qilamiz.
Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. Sizlar uchun Undan oʻzga biror doʻst va shafoatchi yoʻqdir. Nahotki, eslatma olmaysizlar?!
Soʻngra uni inson qilib tikladi, ichiga Oʻz dargohidagi ruhidan pufladi. Sizlar uchun quloq, koʻz, dillarni paydo qildi. Sizlar esa shukrni juda kam qilasizlar.
Axir, moʻmin kishi bilan fosiq kimsa barobar boʻladimi?! Yoʻq, barobar boʻlmaydilar!
Ikki dengiz teng boʻlmaydi. Bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa shoʻr-nordondir. Sizlar ularning har biridan yangi baliq goʻshtini tutib yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olasizlar. Allohning fazlidan istashlaringiz uchun suvni yorib ketayotgan kemalarni koʻrasizlar. Shoyad, bularga shukr qilsangizlar.
Qalb koʻzi koʻr boʻlgan kofir bilan haqni koʻruvchi moʻmin hech qachon barobar boʻlmaydi.
Tiriklar bilan oʻliklar ham barobar boʻlmaydi. Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan kishilarga haqni eshittiradi. Ey Muhammad, siz qabrlardagi oʻlik kimsalarga eshittira oluvchi emassiz.
Ey Muhammad, ularni oxirat azobidan ogohlantirsangiz ham yoki ogohlantirmasangiz ham ularga baribir, iymon keltirmaydilar.
Keyin oʻzi qarab uni doʻzaxning oʻrtasida koʻradi.
Daʼvogarlar Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqmagin, bizlar bir-birimizga zulm qilgan ikki daʼvogarlarmiz. Bas, bizning oʻrtamizda haqqoniy hukm qil va birortamizga jabr qilma hamda bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin”, – dedilar.
Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan soʻng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!, – dedik.
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Alloh uning ustida talashuvchi sheriklar boʻlgan bir qul kishini va butunlay bir kishiga tegishli boʻlgan boshqa bir qul kishini misol qilib keltirdi. Bu ikkisining misoli teng boʻladimi?! Barcha hamd Alloh uchundir. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar.
Koʻzi koʻr bilan koʻradigan odam va iymon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa ham barobar boʻlmaydi. Ey odamlar, juda kam eslatma olasizlar.