Iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Hamda ular uchun u yerda pokiza juftlar boʻlgan va rohatbaxsh quyuq soyali makonlarga kiritamiz.
There are 180 verses derived from the masdar-o'zak ص ل ح you searched for.
isloh qiluvchilarmiz, solih amallar, yaxshi ishlar, foydali amallar, solihlardan, tuzalganlar, va isloh qilsa, isloh qilish, isloh qiluvchi, va isloh qilishga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Hamda ular uchun u yerda pokiza juftlar boʻlgan va rohatbaxsh quyuq soyali makonlarga kiritamiz.
Kimki Allohga va Rasulga itoat qilsa, ana oʻshalar qiyomat kunida Alloh ularga ulug‘ neʼmatlar bergan anbiyolar, hech qachon haq yoʻldan ayrilmagan siddiqlar, shahidlar va yaxshi amallarni qilgan solih zotlar bilan birga hamroh boʻladilar. Ana ular hamrohlikda naqadar goʻzal boʻlganlardir.
Ularning maxfiy tarzda pichirlab qilgan koʻplab suhbatlarida xayr yoʻqdir. Lekin kimki muhtojlarga sadaqa berish, ezgulik qilish va odamlar orasini isloh qilishga buyurib bunday suhbatlarda boʻlsagina, yaxshilik qilgan boʻladi. Kimda-kim Alloh rizosini tilagan holda shu ishlarni qilsa, yaqinda unga ulkan mukofot beramiz.
Shuningdek, iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarni esa abadiy qolinadigan va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizamiz. Allohning vaʼdasi haqdir. Allohdan ham soʻzi toʻg‘riroq boʻlgan kim bor?!
Erkakmi ayolmi moʻmin boʻlaturib, ezgu ishlarni qilgan ana shu kimsalarga zarracha zulm qilinmasdan jannatga kiradilar.
Agar xotin eri tomonidan xushkoʻrmaslikni sezsa yoki voz kechib ketishidan qoʻrqsa, ikkovi oʻrtalarini kelishib, isloh qilib olishlarida ularga gunoh boʻlmaydi. Kelishib olish ajrashib ketgandan koʻra yaxshiroqdir. Chunki nafslarda ziqnalik qilish hissi joylashtirilgandir. Agar xotinlaringizga chiroyli muomalada boʻlsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.

Harchand qattiq xohlasangiz ham, xotinlaringiz orasida adolat qilishga qurbingiz yetmaydi. Demak, yoqtirganingizga tamoman berilib ketmanglar, unda suymaganingizni oʻrtada osilib qolgan muallaq ayolga oʻxshatib qoʻyasizlar. Agar oʻzingizni oʻnglab Allohdan qoʻrqsangizlar, bilingki, albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Lekin yomonliklardan tavba qilgan, oʻzlarini oʻnglab tuzatgan, Allohga mahkam bog‘lanib, dinlarida xolis boʻlgan ana shunday kimsalar moʻminlar bilan birgadirlar.
Alloh iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalarga mukofotlarini toʻliq qilib beradi hamda Oʻz lutfidan neʼmatlarni yanada ziyoda qiladi. Ammo qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilganlarni esa qattiq azob bilan jazolaydi. Oʻzlari uchun Allohdan boshqa doʻst ham va azobdan qutqaruvchi yordamchi ham topa olmaydilar.
Alloh iymon keltirgan va ezgu amallarni qilgan kimsalar uchun mag‘firat va ulkan ajr-mukofotlar vaʼda qildi.
Kimki, qilgan bu zulmidan keyin tavba qilsa va oʻzini oʻnglab tuzatib olsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shubhasiz, iymon keltirgan kimsalar, yahudiy dinida boʻlganlar, sobiiylar, nasroniy dinida boʻlganlardan kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan boʻlsalar, unday zotlar uchun oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Ular: “Robbimiz bizlarni solih qavmlar qatoriga qoʻshishini orzu qilamiz-u, nima uchun endi bizlar Haqdan kelganga iymon keltirmasligimiz kerak?!” – deydilar.
Allohdan qoʻrqqan, iymon keltirgan, ezgu amallarni qilgan, man qilinganidan keyin taqvo qilib haromligiga ishongan, keyin barcha haromlardan saqlanib, yaxshilik qilgan moʻmin va solih ishlarni amalga oshirgan kimsalarga taqiqlanmasdan oldingi yeb ichganlarida gunoh yoʻqdir. Alloh yaxshilik qiluvchi muhsin bandalarni sevadi.

Biz payg‘ambarlarni faqat jannat bilan xushxabar beruvchi va doʻzaxdan ogohlantiruvchi qilib yuboramiz. Agarda kim iymon keltirib, oʻzini oʻnglasa oxirat kunida ularga hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Ey Rasulim, agar sizning yoningizga oyatlarimizga iymon keltiradigan kimsalar kelsalar ularga: “Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. Sizlardan kimki bilmay turib biron bir yomon ishni qilib qoʻysa va uni orqasidan tavba qilib oʻzini tuzatsa, shak-shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shuningdek, Yahyo, Iso va Ilyosni ham hidoyatga yoʻlladik. Barchalari solih kimsalardan edi.