Ey Odam bolalari! Agar oʻz orangizdan oyatlarimni sizlarga aytib beradigan payg‘ambarlar kelganda kimki Allohdan qoʻrqsa, oʻzini tuzatsa, ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
There are 180 verses derived from the masdar-o'zak ص ل ح you searched for.
isloh qiluvchilarmiz, solih amallar, yaxshi ishlar, foydali amallar, solihlardan, tuzalganlar, va isloh qilsa, isloh qilish, isloh qiluvchi, va isloh qilishga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Odam bolalari! Agar oʻz orangizdan oyatlarimni sizlarga aytib beradigan payg‘ambarlar kelganda kimki Allohdan qoʻrqsa, oʻzini tuzatsa, ularga oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kimsalarni hech qaysi bir jonga kuchi yetmaydigan narsani taklif qilmaymiz. Ana ular jannat egalaridir va u yerda abadiy qoluvchilardir.
Yer yuzida isloh qilinganidan keyin buzg‘unchilik qilmanglar hamda Uning g‘azabidan qoʻrqqan va rahmatiga umid qilgan holda duo qilinglar. Shubhasiz, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.
Keyin Samud oʻz qavmiga esa birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar ularga: “Ey qavmim, yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Darhaqiqat, Robbingizdan sizlarga dalil keldi. Mana bu Allohning sizlarga moʻʼjiza qilib bergan tuyasidir. Uni Allohning yerida oʻtlab yeb yurishi uchun oʻz holiga tashlanglar. Unga yomonlik qilib tegmanglar, aks holda, sizlarni alamli azob tutadi”, – dedi.
Qavm zodagonlaridan takabbur boʻlgan kimsalar ular orasidagi bechorahol va iymon keltirgan kishilarga: “Sizlar Solihni Robbisi tomonidan yuborilgan payg‘ambar deb bilasizlarmi?” – deb aytdilar. Ular esa: “Albatta, biz unga nima yuborilgan boʻlsa ishonamiz”, – dedilar.
Shunday qilib, ular tuyani soʻydilar va Robbilarining buyrug‘idan bosh tortdilar hamda: “Ey Solih, agar chindan ham yuborilgan payg‘ambarlardan boʻlsang, unda bizlarga vaʼda qilgan azobni keltir!” – dedilar.
Madyan oʻz qavmiga esa birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. U oʻz qavmiga qarata: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Haqiqatan, sizlarga Robbingizdan aniq hujjat kelgandir. Shunday ekan, oʻlchov va tarozini toʻliq qilib oʻlchanglar, odamlarning ashyolarini urib qolmanglar. Payg‘ambarlar yuborilishi natijasida Yer yuzi isloh qilingach buzg‘unchilik qilmanglar. Agarda haqiqiy moʻmin boʻlsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir”, – dedi.
Biz Musoga Tavrot oyatlarini nozil qilish uchun oʻttiz kechaga vaʼdalashdik. Keyin yana oʻn kecha bilan qoʻshib tamomladik. Shunday qilib, uning Robbisining belgilangan vaqti qirq kechaga toʻliq boʻldi. Muso akasi Horunga: “Qavmimda meni oʻrnimga qolib tur. Oralarini isloh qil va buzg‘unchilarning yoʻliga ergashma!” – deb aytdi.
Shunday qilib, u yahudiylarni Yer yuzida turli xalqlarga parchalab tashladik. Ularning orasidan solih kishilar ham, solih boʻlmaganlari ham bor. Ularni zora hidoyatga qaytsalar, deb goʻzal neʼmatlar bilan ham yomon musibatlar bilan ham imtihon qilib koʻrdik.
Kitobni mahkam ushlagan va namozlarini qoim qilgan kimsalar boʻlsa, albatta, Biz isloh qiluvchilarning ajrini behuda ketkazmaymiz.
U sizlarni bir jondan yaratgan hamda unga uylanib orom topishi uchun undan jufti Havvoni vujudga keltirgan Zotdir. Vaqtiki, Odam unga qoʻshilgach, jufti Havvo yengil homilador boʻldi va shu holda u bilan bir muddat yurdi. Soʻngra homila og‘irlashib tug‘ish vaqti kelganda ikkovi Robbilariga duo qilib: “Agarda bizlarga solih bir farzand ato etsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Vaqti kelib, ikkoviga solih bir farzand ato etganidan keyin bergan farzandi xususida Unga sheriklarni nisbat qila boshladilar. Alloh esa ular sherik qilayotgan narsalardan oliy Zotdir.
Shubhasiz, mening yolg‘iz Egam bu kitobni nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni oʻziga doʻst tutadi.
Ey Rasulim, sizdan janglarda olingan oʻljalarning taqsimoti haqida soʻraydilar. Ularga: “Oʻljalar Alloh va Rasulga oiddir. Agarda chinakam moʻminlardan boʻlsangiz, u holda Allohdan qoʻrqinglar va oʻzaro orangizni yaxshilab olinglar. Hamda Allohga va Rasuliga itoat qilinglar”, – deb ayting.
U munofiqlarning orasida: “Qasam boʻlsinki, agar Alloh bizga Oʻz fazlu karamidan mol-davlat ato qilsa, albatta, biz kambag‘allarga sadaqalar qilamiz va solih kimsalardan boʻlamiz”, – deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham boʻlgan.
Yana boshqalari esa, gunohlarini eʼtirof qildilar. Ular solih amalni boshqa yomoniga aralashtirib yuborgan edilar. Shoyad, Alloh ularning tavbalarini qabul qilar. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Madina aholisi va ularning atrofidagi aʼrobiylar uchun Rasulullohdan ortda qolishlari va undan kechib oʻzlarini undan ustun qoʻyishlari toʻg‘ri ish emas edi. Shunday boʻlish kerakligining boisi ularga Alloh yoʻlida biror bir tashnalik, mashaqqat yoki ochlik yetsa-da hamda kofirlarni achchiqlantiradigan qadam bossalar va dushmanga qarshi biror musibat yetkazib zafar quchsalar, albatta, ularga shu sababli solih amal yoziladi. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzurigadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Shubhasiz, U yaratishni yoʻqdan bor qilib boshlaydi, soʻngra iymon keltirib, solih ish qilganlarni adolat bilan mukofotlash uchun u barcha yaratilganlarni yana hayotga qaytaradi. Kufr keltirganlarga esa, qaynoq suvdan boʻlgan ichimlik va kofir boʻlganlari uchun alamli azob bordir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni esa iymonlari sababli Robbilari ularni hidoyat qiladi. Ular neʼmati moʻl boʻlgan – Naʼim jannatlarida boʻladilar va taglaridan anhorlar oqib turadi.
Ular qoʻllaridagi narsalarni tashlaganlarida, arqon va asolari ilon shakliga aylanib qoldi. Muso ularga: “Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh, albatta, uni yoʻqqa chiqarib botil qiladi. Shubhasiz, Alloh buzg‘unchilarning amalini isloh qilmaydi.