Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar, shubhasiz, qorinlarida olov yegan boʻladilar va albatta, oxiratda doʻzaxda yonadilar.
There are 25 verses derived from the masdar-o'zak ص ل ي you searched for.
va kiradilar, uni kirgizamiz, kirgizamiz, va kirgizamiz, suyanadigan, u yerga kiradi, kirishga, isiyasizlar, u yerga kiring, kirajak
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar, shubhasiz, qorinlarida olov yegan boʻladilar va albatta, oxiratda doʻzaxda yonadilar.
Kimki bu yomon ishlarni adovat va zulm qilgan holda amalga oshirsa, yaqinda uni doʻzaxga kiritib toblaymiz. Albatta, bu ishlar Allohga osondir.
Albatta, oyatlarimizni inkor qilib, kufr keltirgan kimsalarni yaqinda doʻzaxga kiritamiz. Azobni qayta-qayta totishlari uchun terilari kuyib pishgach, yana uning oʻrniga boshqa terini almashtirib turamiz. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Unga hidoyat yoʻli ochiq-oydin boʻlgandan keyin kimki Payg‘ambar amriga qarshi chiqsa hamda moʻminlarning tutgan haq yoʻlidan boshqa yoʻlga ergashsa, Biz uni yuz oʻgirib ketgan yoʻli sari burib qoʻyamiz. Oxiratda esa uni jahannamga tiqamiz. Jahannam naqadar yomon borar manzildir!
U diyor ular olovda toblanadigan jahannamdir. U qanday ham yomon qarorgoh!
Kimki tez kelib-ketuvchi dunyoni istasa, Biz unga shu dunyoda Oʻzimiz xohlagan kimsalarga istaganimizcha neʼmatlardan naqd qilib beramiz. Keyin oxiratda unga jahannamni beramiz. Unga xorlangan va quvg‘inga uchragan holda kirib, kuyadi.
Keyin albatta, Biz unga kirishga loyiqroq kimsalarni eng yaxshi biluvchimiz.
Muso oilasiga: “Men bir olovni koʻrib qoldim. Sizlarga undan biror bir xabar keltiraman yoki sizlarga sovuqdan isinib olishingiz uchun choʻg‘ olib kelaman”, – deganini eslang!
Bas, qachonki, Muso kelishilgan muddatni tugatib, oilasi bilan Misr tomon yoʻlga tushdi. Kechki payt Tur tog‘i tarafidan bir olovni koʻrib qoldi va oilasiga: “Sizlar shu joyda kutib turinglar. Men bir olovni koʻrib qoldim. Shoyad, sizlarga undan biror xabar yoki isinib olishingiz uchun olovdan bir choʻg‘ olib kelsam”, – dedi.
Dunyoda kufr keltirib oʻtganingiz tufayli bugungi kunda unga kirib, kuyinglar.
Faqat doʻzaxga kiruvchi boʻlgan kimsalarnigina fitna qilasizlar.
Ularga jahannam bordir. Unga kirib, kuyadirlar. Bas, u naqadar yomon joy!
Ularga ergashgan kimsalar koʻrsatilib: “Mana bu odamlar sizlar bilan birga jahannamga tashlanuvchi guruhdir”, – deyiladi. Ularga “Xush kelibsiz” deyish yoʻq. Haqiqatan, ular doʻzaxda toblanuvchilardir.
Unga kirib, kuyinglar. Endi uning azobiga xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar, sizlarga barobardir. Sizlar faqat oʻzingiz qilib oʻtgan qilmishlaringizning jazosini olmoqdasiz, xolos.
Yana doʻzaxning toblashi ham bordir.
Ey Muhammad, oʻzaro shivirlashishdan qaytarilganlaridan soʻng yana taqiqlangan narsaga qaytadigan hamda gunoh, adovat va payg‘ambarga itoatsizlik qilish toʻg‘risida oʻzaro maxfiy suhbatlashadigan kimsalarni koʻrmadingizmi?! Qachonki, ular sizning oldingizga kelsalar, Alloh sizga oʻsha soʻz bilan salom bermagan ibora bilan sizga salom beradilar. Yana ular oʻzlaricha: “Aytayotgan soʻzimiz sababli Alloh bizlarni azoblamasa boʻlgani?!” – deydilar. Ularga oʻzlari kirib toblanadigan jahannam bas keladi. U qanday ham yomon joy!
Soʻngra uni olovda toblanglar.
Yaqinda Men uni Saqar nomli jahannamda toblayman.
Ular unda jazo kunida toblanadilar.
Soʻngra, albatta, ular doʻzaxga kirib, kuyuvchilardir.