Albatta, Biz u kitobni aqllaringizni yurgizishingiz uchun arabiy tildagi Qurʼon tarzida nozil qildik.
От искомого вами масдар-узак ع ق ل образовано 49 аятов.
aqlingizni ishlatmaysizmi?, o'ylaysiz, o'ylab aql yetkazgandan keyin, Aqlingizni ishlatmaysizmi?, o'ylovchi, o'ylamaydigan, o'ylamaydilar, o'ylamaysizmi?, o'ylamoqda, o'ylashmagan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, Biz u kitobni aqllaringizni yurgizishingiz uchun arabiy tildagi Qurʼon tarzida nozil qildik.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham faqat shahar va qishloq ahlidan erkak kishilarni rasul qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Axir, odamlar Yer yuzida sayohat qilib, oʻzlaridan avvalgi iymonsiz kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi? Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun, albatta, oxirat diyori bu oʻtkinchi dunyodan yaxshiroqdir. Ey odamlar hali ham aqlni ishlatmaysizlarmi?!
Yer yuzida unumdor va unumsiz bir-biriga qoʻshni tuproq parchalari bor. Hamda uzumzor bog‘lar, ekinzorlar va shoxlab ketgan va shoxlab ketmagan xurmolar boʻlib, barchasi bir suv bilan sug‘oriladi. Lekin bir xil suv bilan sug‘orilsa ham ularning yemishlarini taʼmda baʼzilarini baʼzilaridan afzal qilib qoʻyamiz. Albatta, bunda aql ishlatadigan qavm uchun ibratlar bordir.
Alloh sizlarga soʻngra u bekam-koʻst hayot kechirishingiz uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni boʻysundirib qoʻydi. Yulduzlar ham Uning amriga boʻysungandirlar. Albatta, bularda aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
Xurmo va uzumlarning mevalaridan esa mast qiluvchi narsalar va goʻzal rizq olasizlar. Albatta, bunda ham aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Darhaqiqat, sizlarga kitobni nozil qildik. Unda sizlarning ibratli zikringiz bor. Axir, aql ishlatmaysizlarmi?!
Sizlarga ham, Allohni qoʻyib sig‘inayotgan butlaringizga ham suf boʻlsin. Hali ham aql ishlatmaysizlarmi?!
Axir, Makka mushriklari yer yuzida sayr qilmaydilarmi?! Ana shunda ular uchun aql yuritadigan qalblar, haqni eshitadigan quloqlar boʻlar edi. Zero, koʻzlar koʻr boʻlmaydi, aksincha, koʻkraklardagi qalblar koʻr boʻladi.
U Zot hayot beradi va oʻldiradi. Kecha va kunduzning almashib turishi ham Unga bog‘liqdir. Axir, aql ishlatmaysizlarmi?!
Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.
Yoki boʻlmasa siz ularning koʻplarini haq soʻzni tinglay oladilar yo aql ishlatadilar deb oʻylaysizmi?! Yoʻq, aslo, ular hayvonlarga oʻxshaydilar, balki, ular hayvondan ham battarroq yoʻldan adashuvchidirlar.
Muso ularga: “Agar aql ishlata olsangiz, U mashriq va mag‘rib hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning ham Robbisidir”, – dedi.
Sizlarga nima berilgan boʻlsa, faqat oʻtkinchi dunyo hayotining matohi va ziynatidir. Alloh huzuridagi ajr esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Hali ham aql ishlatmaysizlarmi?!
Biz aql ishlatadigan qavmlarga ibrat boʻlsin, deb u qishloqlardan aniq belgi qoldirganmiz.
Ushbu masallarni odamlar ibrat olishlari uchun aytib beramiz. Lekin ularni faqat olim zotlargina fahmlaydilar.
Ey Rasulim, qasam boʻlsinki, yana agar ulardan: “Osmondan suv tushirib qaqrab yotgan yerni oʻlganidan keyin tiriltirgan Zot kim?” – deb soʻrasangiz, shubhasiz, ular: “Albatta, Alloh”, – deydilar. Ularga: “Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayting. Lekin ularning koʻpchiligi aql ishlatmaydilar.
Yana Uning belgilaridan biri – sizlarga momaqaldiroqdan qoʻrqqan va yomg‘ir yog‘ishidan umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrsatishi va osmondan suv yog‘dirib, u bilan yerni suvsizlikdan oʻlganidan soʻng tiriltirishidir. Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun dalillar bordir.
Alloh sizlarga oʻzingizdan bir misol keltirdi. Sizlar uchun qoʻllaringiz egallagan qullaringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik boʻlib oluvchilar bormidirki, sizlar unda mol-mulkingizni tasarruf qilishda qullaringiz bilan barobar boʻlsangiz. Axir siz ular haqida ham oʻz haqingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday batafsil bayon qilamiz.
Shayton sizlarning ichingizdan koʻplab avlodlarni yoʻldan ozdirdi. Axir, aql ishlatuvchi boʻlmadingizmi?
Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini egik qilib qoʻyamiz. Axir, aql ishlatmaydilarmi?!