Alloh din borasida sizlar bilan urushmagan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli boʻlishlaringizdan sizlarni qaytarmaydi. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh din borasida sizlar bilan urushmagan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli boʻlishlaringizdan sizlarni qaytarmaydi. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
Lekin albatta, Alloh dinlaringiz toʻg‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan quvib chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalarni doʻst tutishdan qaytaradi. Kimki ular bilan doʻstlashsa, bas, ana ular zolim kimsalardir.
Ey Payg‘ambar, qachonki, oldingizga moʻminalar kelib, sizga oʻzlarining Allohga biror narsani sherik qilmasliklariga, oʻg‘irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, oʻz bolalarini oʻldirmasliklariga, qoʻllari va oyoqlari orasida toʻqib oladigan boʻhtonni keltirmasliklariga hamda biror yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga doir bayʼat qilsalar, siz ularning bayʼatlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag‘firat soʻrang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat sohibi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat sohibi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Albatta, Alloh Oʻzining yoʻlida xuddi jipslashgan binolardek saf tortib, jang qiladigan kimsalarni sevadi.
U tijorat shuki, Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirasizlar va Alloh yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilasizlar. Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshi ishdir.
Agar shunday qilsangizlar, Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradi hamda sizlarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga va Adn jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi. Ana oʻsha ulkan yutuqdir.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa mutlaq podshoh, ayb va nuqsonlardan pok, qudrat va hikmat sohibi boʻlgan Allohga tasbeh aytadi.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa mutlaq podshoh, ayb va nuqsonlardan pok, qudrat va hikmat sohibi boʻlgan Allohga tasbeh aytadi.
U Zot omiy kishilar orasiga oʻzlaridan boʻlgan, ularga Uning oyatlarini tilovat qiladigan, ularni shirk va kufrdan poklaydigan hamda ularga kitob va hikmatni oʻrgatadigan bir payg‘ambarni yuborgan Zotdir. Haqiqatan, ular payg‘ambar kelishidan oldin ochiq-oydin zalolatda edilar.

Bas, qachonki, namoz tugaganidan keyin, yer yuzida tarqalib, Allohning fazlidan istayveringlar! Allohni koʻp yod qilinglar, shoyad shunda najot topsangiz.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg‘iz Unga xosdir. U har narsaga qodir Zotdir.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg‘iz Unga xosdir. U har narsaga qodir Zotdir.
U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Alloh sizlarni toʻplaydigan “jamlanish kuni”ni eslanglar! Bu odamlar oʻzaro aldanib qoladigan kundir. Kimki Allohga iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchiradi va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Bu esa ulkan mukofotdir.
Kufr keltirgan va oyatlarimizni inkor qilgan kimsalar – ana oʻshalar doʻzax ahli boʻlib, u yerda mangu qoluvchidirlar. U qanday ham yomon borar joydir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon qiluvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni yubordi. Kimki Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallar qilsa, Alloh uni tagidan anhorlar oqib turadigan hamda abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Haqiqatan, Alloh uning uchun goʻzal jannatning tuganmas rizqini ato qilgandir.
Alloh iymon keltirgan kimsalar haqida firʼavnning xotinini misol keltirdi. Oʻshanda u: “Ey Robbim, Oʻzing men uchun huzuringdagi jannatda bir uy bino qilgin, menga firʼavn va uning qilmishidan najot bergin. Meni zolimlar qavmidan xalos qilgin!” – dedi.