Jannat ahliga: “Dunyoda yashab oʻtgan kunlarda qilgan yaxshi amallaringiz tufayli ushbu noz-neʼmatlarni yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar”, – deyiladi.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Jannat ahliga: “Dunyoda yashab oʻtgan kunlarda qilgan yaxshi amallaringiz tufayli ushbu noz-neʼmatlarni yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar”, – deyiladi.
Soʻngra uzunligi yetmish quloch boʻlgan zanjirga bog‘langlar.
Farishtalar va Ruh miqdori ellik ming yillik boʻlgan bir kunda Uning huzuriga koʻtariladilar.
Yer yuzidagi barcha kishilarni toʻlov qilib berib, keyin unga najot berishini istab qoladi.
Ularning topgan mol-mulklarida muhtojlar uchun maʼlum haq bordir.
Aynan oʻshalar jannatlarda ikrom qilinuvchilardir.
Darvoqe, har gal men ularni Sening mag‘firatingga chaqirsam, ular eshitmaslik uchun barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga oʻralib oladilar va oʻz kufrlarida qattiq turib oladilar hamda menga itoat qilishga kibr qiladilar.
Oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qoʻydi.
Vafot etganlaringizdan keyin sizlarni yana yerga qaytaradi va qiyomatda sizlarni yana undan chiqaradi.
Biz yerdagi kishilarga Alloh tomonidan yomonlik iroda qilinganmi yoki Robbilari ularga toʻg‘ri yoʻlni iroda qilganmi, bilmaymiz.
Bizlar yana Qurʼonni eshitganimizdan soʻng bildikki, Yer yuzida Allohni ojiz qoldira olmaymiz va Uning jazosidan qochib qutila olmaymiz.
Bu bilan ularni sinagan boʻlar edik. Kimki Robbisining zikri boʻlgan Qurʼondan yuz oʻgirsa, uni qiyin azobga yoʻllaydi.
Men faqat Alloh tomonidan yetkazishga va Uning elchilik vazifalariga egaman. Kimki Alloh va Uning payg‘amabariga osiylik qilsa, bas, albatta, unga jahannam olovi bordirki, ular oʻsha joyda mangu qoladilar.
Albatta, siz uchun kunduzi uzoq faoliyat bordir.
Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

Qachonki, qiyomat eʼloni uchun sur chalinganida,
Biz doʻzax sohiblarini qoʻriqchi qilib, faqat farishtalardan qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanog‘ini oʻn toʻqqizta qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilsinlar va iymon keltirgan kimsalarning iymonlari yanada ziyoda boʻlsin hamda kitob berilgan kimsalar ham, moʻminlar ham bu xususda shak-shubha qilmasinlar. Yana dillarida munofiqlik illati boʻlgan kimsalar va kofirlar: “Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?” – deyishlari uchun shunday qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi va Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Robbingizning qoʻshinlari boʻlgan farishtalarning adadi va sifatini yolg‘iz Uning Oʻzi biladi. U jahannam insoniyat uchun bir eslatmadir.
Ular jannatlarda bir-birlari bilan savol-javob qiladilar.
Ular doʻzax ahliga: “Sizlarni Saqarga nima kiritdi?” – deydilar.