Yana nomusini pok saqlagan Imron qizi Maryamni ham misol keltirdi. Bas, Biz Oʻz ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. U Parvordigorining soʻzlarini va kitoblarini tasdiq qildi hamda Allohning amriga itoat qiluvchilardan boʻldi.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Yana nomusini pok saqlagan Imron qizi Maryamni ham misol keltirdi. Bas, Biz Oʻz ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. U Parvordigorining soʻzlarini va kitoblarini tasdiq qildi hamda Allohning amriga itoat qiluvchilardan boʻldi.
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
Qachonki, ular jahannamga uloqtirilganlarida, qaynab turgan jahannamning oʻkirik faryodini eshitadilar.
U g‘azabdan yorilib ketgudek boʻladi. Har gal unga bir toʻda kofir tashlanganida, uning qoʻriqchilari ulardan: “Sizlarga dunyoda biror ogohlantiruvchi payg‘ambar kelmaganmidi?” – deb soʻraydilar.
Ular: “Ha, haqiqatan ham, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, lekin bizlar uni yolg‘onchiga chiqarganmiz”, – deydilar. Hamda: “Alloh hech kimga hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta adashuvdasizlar”, – deganmiz.
Kofirlar yana: “Agar bizlar payg‘ambar soʻzlarini tinglab, aql ishlatuvchi boʻlganimizda, doʻzax egalari boʻlmas edik”, – deydilar.
U sizlarga yerni boʻysundirib qoʻygan Zotdir. Bas, u Yerning har tomonida kezib yuraveringlar va Allohning bergan rizqidan yenglar. Qiyomatda tirilib chiqish Uning huzurigadir.
Ey Makka kofirlari, yoki sizlar osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan xotirjam boʻldingizmi?
Yoki sizlar osmondagi Zot ustingizga tosh yog‘dirishidan xotirjammisizlar?! Hali azob kelganda, Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olasizlar!
Rahmondan boshqa sizlarga yordam beradigan lashkarlaringiz kim oʻzi?! Kofirlar esa faqat aldanishdalar.
Yoki Rahmon Oʻz rizqini tortib qoʻysa, sizlarga rizq beradigan oʻsha kim oʻzi?! Yoʻq, kofirlar qaysarlikda va haqdan qochishda bardavom boʻldilar.
Yana ularga: “U sizlarni Yer yuzida yaratib koʻpaytirgan Zotdir. Sizlar qiyomatda Uning huzuriga toʻplanasizlar”, – deb ayting.
Ey Rasulim ularga: “U Rahmon mehribondir. Biz Unga iymon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olasizlar” – deb ayting.
Yoki sizlarning qoʻlingizda osmondan tushirilgan biror kitob boʻlib, undan oʻrganyapsizlarmi?!
Yoki unda sizlar uchun oʻzlaringiz xohlagan narsa bormi?!
U boʻronni Alloh ularning ustiga ketma-ket yetti kecha va sakkiz kunduz xizmatkor qilib qoʻydi. Bas, qavmning u yerda ag‘darilib yotganini koʻrar edingiz. Ular xuddi xurmoning chirib ichi boʻshab qolgan xodalariga oʻxshar edilar.
Darvoqe, Biz suv tug‘yonga kelgan vaqtida sizlarni Nuh payg‘ambar yasagan kemada koʻtardik.
Bas, qachonki, surga bir bor puflanganida,
Bas, u rozilik hayotida boʻladi.
Oliy jannatda boʻladi.