Shunday qilib, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolg‘onchilik qilganlari sababli, ularga to Uni uchratadigan qiyomat kunigacha qalblariga nifoq illatini solib qoʻydi.
От искомого вами масдар-узак ق ل ب образовано 168 аятов.
qalblarining, ularning qalblarida, qalblaringiz, qalblarimiz, qalblariga, qalbiga, qalblari, qaytib keluvchi, aylanib turganini, qalbida
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shunday qilib, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolg‘onchilik qilganlari sababli, ularga to Uni uchratadigan qiyomat kunigacha qalblariga nifoq illatini solib qoʻydi.
Ular jangga chiqishdan qoʻrqib ortda qoluvchi ayol va bolalar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Qalblariga esa tamg‘a urib qoʻyildi. Bas, ular jihodning haqiqatini anglamaydilar.
Taʼna uchun yoʻl faqat jangga kirish uchun kuchi yetsa ham, urushdan qochish uchun sizdan ruxsat soʻragan boylargagina tegishlidir. Chunki ular Alloh yoʻlida jang qilish va Uning roziligini qozonishdan koʻra, orqada qolgan ayollar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Shuning uchun Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Ular endi oʻzlarini qanday ofat kutayotganini bilmaydilar.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Qurgan binolari buzilib, oʻlim shiddati bilan to yuraklari yorilgungacha qalblarida gumonda boʻlib qolaveradi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Qurgan binolari buzilib, oʻlim shiddati bilan to yuraklari yorilgungacha qalblarida gumonda boʻlib qolaveradi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Darhaqiqat, Alloh payg‘ambarning hamda muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul qildi. Ulardan bir guruhining qalblari toyib ketay deganidan keyin ham qiyinchilik soatida unga ergashdilar, keyin esa ularni kechirdi. Chunki U Zot ularga oʻta shafqatli va rahmlidir.
Ammo qalblarida kasallik boʻlganlarga esa, iflosliklari ustiga yana ifloslik qoʻshiladi, shunday qilib, ular kofir hollarida oʻlib ketadilar.
Biror bir sura nozil qilinsa, ular: “Sizlarni birov koʻrmayaptimi?” – deb bir-birlariga qarab qoʻyadilar. Keyin bildirmasdan ortlariga qaytib ketadilar. Hech narsani fahmlamaydigan qavm boʻlganlari uchun Alloh ularning qalblarini haqdan burib qoʻygan.
Soʻngra undan keyin ham koʻplab payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yubordik. Bas, payg‘ambarlar ularga ochiq-oydin hujjatlarni keltirdilar. Ular esa shunda ham oldindan yolg‘onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning qalblariga shunday qilib tamg‘a bosib qoʻyamiz.
Muso: “Ey Robbimiz, darhaqiqat, Sen firʼavn va uning odamlariga bu dunyo hayotida zeb-ziynat va mol-dunyolar berding. Ey Robbimiz, ular mana shu mol-dunyolari bilan odamlarni Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchun shunday qilding. Ey Robbimiz, ularning mol-dunyolarini yakson qilgin, koʻngillarini shunday qattiq qilginki, toki alamli azobni koʻrmagunlaricha, iymon keltirmasinlar”, – dedi.
Yusuf tarozibon yigitlariga: “Ularning, donga almashtirish uchun olib kelgan narsalarini yana yuklarining ichiga qaytarib solib qoʻyinglar. Shoyad, ular uylariga qaytib borganlarida bularni tanib, yana qaytib kelsalar”, – dedi.
Ular iymon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan kimsalardir. Ogoh boʻlinglar, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom topadi.
Ular iymon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan kimsalardir. Ogoh boʻlinglar, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom topadi.
Shunday qilib, u masxara qilish illatini barcha jinoyatchilarning dillariga solib qoʻyamiz.
Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
Yoki sayohatlarda aylanib yurganlarida ularni ofat tutishidan xotirjam boʻldilarmi?! Bas, ular Allohni ojiz qoldiruvchi emaslar.
Kimki Allohga iymon keltirganidan keyin yana qaytib kufr keltirsa, Allohning g‘azabiga duchor boʻladi. Lekin kim qalbi iymon bilan taskin topgani holda zolimlar tomonidan kufr kalimasini aytishga majbur qilinsa, uning iymoniga ziyon yetmaydi. Ammo kimki koʻngilni kufr tomonga ochsa, bas, u kabilarga Alloh tomonidan g‘azab va ulkan azob boʻladi.
Alloh ana unday kimsalarning qalblarini, quloqlarini va koʻzlarini muhrlab qoʻygan. Aynan ular haqni koʻra olmaydigan g‘ofil kimsalardir.
Shuningdek, Qurʼonni anglay olmasinlar, – deb ularning qalblariga toʻsiqlar va eshitmasliklari uchun quloqlariga og‘irlik qilib qoʻyamiz. Siz qachon Qurʼonda yolg‘iz Robbingizni zikr qilsangiz, mushriklar orqalariga burilib, qochib ketadilar.