Qasamki, agar munofiqlar, dillarida illat boʻlgan kimsalar va Madinada ig‘vo tarqatib yuruvchilar oʻz qilmishlaridan tiyilmasalar, albatta, Biz sizni ularga qarshi qoʻzg‘atamiz, soʻngra Madinada siz bilan juda oz vaqt yonma-yon tura oladilar.
От искомого вами масдар-узак ق ل ب образовано 168 аятов.
qalblarining, ularning qalblarida, qalblaringiz, qalblarimiz, qalblariga, qalbiga, qalblari, qaytib keluvchi, aylanib turganini, qalbida
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Qasamki, agar munofiqlar, dillarida illat boʻlgan kimsalar va Madinada ig‘vo tarqatib yuruvchilar oʻz qilmishlaridan tiyilmasalar, albatta, Biz sizni ularga qarshi qoʻzg‘atamiz, soʻngra Madinada siz bilan juda oz vaqt yonma-yon tura oladilar.
Yuzlari olov ichida aylantiriladigan kunda, ular: “Koshki edi, Allohga itoat qilganimizda, payg‘ambarga itoat etganimizda”, – deydilar.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Oʻshanda, Ibrohim Robbisiga sog‘lom qalb bilan keldi.
Alloh suygan bandasining koʻkragini Islom uchun keng ochib qoʻygan, oʻzi esa, Robbisi tomonidan hidoyat nurida turgan kishi bilan qalbi muhrlanib qolgan kimsa bilan teng boʻladimi?! Bas, Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana ular aniq zalolatdalar.
Alloh oyatlari fasohatli boʻlgan goʻzal soʻzni bir-biriga oʻxshagan va hukmlari takrorlanib bir kitob qilib nozil qildi. Undagi oyatlar oʻqilganda Robbilaridan qoʻrqadigan zotlarning tanalari titrab ketadi. Soʻngra badanlari va qalblari Allohning zikriga moyil boʻlib, yumshaydi. Mana shu kitob Allohning hidoyati boʻlib, unga Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, unga biror yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
Qachonki, Allohning yolg‘iz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning yuraklari siqilib ketadi. Qachonki, Undan oʻzga butlar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib ketadilar.
Allohning oyatlari haqida faqat kufr keltirgan kimsalar tortishadilar. Bas, ularning shaharlarda aylanib yurishlari sizni aldab qoʻymasin.
Ey Muhammad, ularni yaqinlashuvchi qiyomat kunidan ogohlantiring. Oʻshanda ularning yuraklari halqumlariga tiqilib, g‘amlarini yutib turadilar. U kunda zolimlar uchun doʻst ham amriga itoat qilinadigan shafoatchi ham boʻlmaydi.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Kofirlar: “Qalblarimiz sen bizlarni unga daʼvat qilayotgan narsadan toʻsilgan, quloqlarimizda esa og‘irlik bordir va sen bilan bizlarning oʻrtamizda bir parda bordir. Bas, sen ishingni qilaver, biz ham oʻz ishimizni qiluvchimiz”, – dedilar.
Yoki mushriklar: “Muhammad payg‘ambarman deb, Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqidi”, – deydilarmi?! Undoq emas, chunki agar siz yolg‘on toʻqigan boʻlsangiz Alloh xohlasa, dilingizni muhrlab qoʻyar edi. Alloh Oʻz soʻzlari bilan botil gaplarni yoʻq qiladi va haqni muqarrar qiladi. Albatta, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Albatta, bizlar barchamiz qiyomatda Robbimiz huzuriga qaytuvchilarmiz.
Ey Muhammad, havoyi nafsini oʻziga iloh qilib olgan va Alloh uni bilib turib adashtirgan, quloq va koʻnglini muhrlab, koʻziga parda tortib qoʻygan kimsani koʻrdingizmi? Bas, uni Alloh yoʻldan adashtirganidan keyin kim hidoyat qila oladi?! Axir, eslatma olmaysizlarmi?!
Ey Muhammad, u munofiqlarning orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib turadi-da, huzuringizdan chiqqach, ilm berilgan zotlar ustidan masxara qilib: “Hozirgina Muhammad nima dedi?” – deb aytadilar. Ana oʻshalar Alloh dillarini muhrlab qoʻygan va oʻzlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.
Bas, ey Muhammad, Allohdan oʻzga iloh yoʻq ekanini biling va oʻz gunohingiz uchun hamda moʻmin va moʻminalarning gunohlari uchun mag‘firat tilang. Alloh sizlarning bu dunyodagi kezadigan joylaringizni ham, oxiratda qaytib boradigan joylaringizni ham biladi.
Iymon keltirgan kimsalar: “Jihodga buyurilgan biror sura nozil qilinsa edi”, – deydilar. Bas, qachonki, u haqida qatʼiy bir sura nozil qilinib, unda jang zikr qilinsa, dillarida kasallik boʻlgan kimsalarning sizga xuddi oʻlimdan qoʻrqib behush boʻlib qolgan kimsaning nazaridek qarayotganlarini koʻrasiz. Holbuki, ular uchun sizga itoat qilish loyiqroq edi.
Axir, ular Qurʼon oyatlari haqida fikr yuritmaydilarmi?! Yoki, qalblarida qulflari bormi?!
Yoki qalblarida maʼnaviy kasallik boʻlgan kimsalar Alloh ularning moʻminlarga nisbatan boʻlgan dillaridagi adovatlarini oshkor qilmaydi, deb oʻyladilarmi?!
U iymonlariga yana iymon qoʻshilishi uchun moʻminlarning qalblariga sokinlik tushirgan Zotdir. Osmonlar va Yerning farishtalar va jonzotlardan iborat qoʻshinlari faqat Allohnikidir. Alloh barcha narsani biluvchi va hikmatli Zotdir.