Toki yetuklik chog‘iga yetmaguncha, yetimning moliga yaqinlashmang. Lekin u yaxshilik niyati bilan chiroyli tarzda boʻlsa, yetimning molidan foydalanib turish mumkin. Ahdga vafo qilinglar, chunki ahd qiyomat kuni soʻraladigan ishdir.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Toki yetuklik chog‘iga yetmaguncha, yetimning moliga yaqinlashmang. Lekin u yaxshilik niyati bilan chiroyli tarzda boʻlsa, yetimning molidan foydalanib turish mumkin. Ahdga vafo qilinglar, chunki ahd qiyomat kuni soʻraladigan ishdir.
Ey Muhammad, qachonki Qurʼonni qiroat qilganingizda, siz va oxiratga ishonmaydiganlarning oʻrtasiga koʻrinmas maʼnaviy parda tortib qoʻyamiz.
Yoki boʻlmasa, qayta tirilishi imkonsiz, – deb oʻz koʻnglingizcha katta koʻrinadigan biror maxluq boʻling, baribir Alloh sizlarni tiriltiradi. Hali ular: “Bizlarni kim yana hayotga qaytaradi?” – deb soʻraydilar. Ey Rasulim, ularga: “Sizlarni ilk bor yaratgan Zot”, – deb javob bering. Ular yana sizga boshlarini chayqab: “U kun qachon boʻladi?” – deydilar. Ularga: “Shoyad, u kun yaqinda boʻlsa”, – deb ayting.
Ey Rasulim, bandalarimga aytingki, ular oʻzaro suhbatlarda doimo eng chiroyli soʻzlardan soʻzlasinlar. Chunki shayton ularning oralarini buzib turadi. Darhaqiqat, shayton insonga aniq dushmandir.
Ey Muhammad, mushriklardan: “Undan oʻzgani iloh deb oʻylagan maʼbudalaringizga iltijo qilib koʻringlarchi, ular sizlardan biror zararni ketkaza olarmikinlar yoki uni boshqa tomonga burib yubora olarmikinlar?!” – deb soʻrang.
Aslida, ular xudo deb iltijo qilayotgan kimsalarning oʻzlari ham qay birlari Robbilarining rizosiga yaqinroq ekan, – deb yoʻl izlaydilar. Uning rahmatidan umid qiladilar, azobidan esa qoʻrqadilar. Darhaqiqat, Robbingizning azobi qoʻrqinchlidir.
Ey Muhammad, sizga: “Robbingiz barcha odamlarni qamrab olgan”, – deb aytganimizni eslang. Biz sizga koʻrsatgan tushni va Qurʼonda laʼnatlangan zaqqum nomli daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz mushriklarni shu kabi xabarlar bilan qoʻrqitamiz, lekin bu ularning tug‘yonlarini yanada koʻp orttiradi.
Iblis yana: “Mendan ustun qilgan shu kimsaning holiga qaramaysanmi? Qasam boʻlsinki, agar meni qiyomat kunigacha tirik qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini oʻzimga tortib ketaman. Ulardan faqat ozginalari haq yoʻlda qoladilar”, – dedi.
Ey insonlar, Robbingiz Oʻz fazlidan rizq izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni yurgizib qoʻygan Zotdir. Albatta, U sizlarga mehribondir.
Ey Rasulim, mushriklar sizga Bizning shaʼnimizga vahiydan boshqa narsani toʻqib chiqarishingiz uchun aldab, burib yuborishlariga oz qoldi. Agar ularning xohishlariga yursangiz, u holda sizni doʻst qilib olar edilar.
Qasam boʻlsinki, agar xohlasak, albatta, sizga vahiy qilganlarimizni ketkazamiz, soʻngra oʻzingizga uni qaytarib olish uchun Bizga qarshi biror vakil topa olmassiz.
Axir, ular osmonlar va Yerni yaratgan Alloh ularning mislini ham yaratishga qodir ekanini koʻra bilmaydilarmi?! Alloh ular uchun, shubha boʻlmagan bir muddatni belgilab qoʻygan. Bas, lekin zolimlar kufrdan boshqasini tanlamadilar.
Ey Rasulim, mushriklarga: “Xoh unga ishoning, xoh ishonmang, hech farqi yoʻq. Zotan, undan oldin Tavrotdan ilm berilgan kishilar Qurʼon tilovat qilingan vaqtida sajda qilgan hollarida iyak yuzlari bilan yerga yiqiladilar”, – deb ayting.
Ey Rasulim: “U farzand tutmagan, Uning mulkida sherigi boʻlmagan va xorlikdan qutqaruvchi doʻstga zor boʻlmagan Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayting. Hamda Unga takbir aytib ulug‘lang.
Bandasi Muhammadga hikmat toʻla kitobni nozil qilgan Allohga hamd boʻlsin. Uni odamlarni shubha ostiga qoʻyadigan zarracha ziddiyat va egrilik qilmadi.
Qurʼon haq va toʻg‘ridir. Oʻz huzuridan keladigan qattiq azob bilan ogohlantirish va yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga chiroyli mukofot xushxabarini berish uchun nozil boʻlgan.
Shuningdek, “Allohning bolasi bor” deganlarni ogohlantirish uchun ham kitobni nozil qildi.
Shunday qilib, ularga Allohning qayta tiriltirish haqidagi vaʼdasi haq ekanini va qiyomat soatining kelishi, shubhasiz ekanini bilishlari uchun g‘or egalari voqeasidan odamlarni xabardor qildik. Ular vafot etgan paytda odamlar oʻzaro ularning ishlari haqida tortisha boshladilar. Baʼzi kishilar: “Bas, ularning ustiga xotira uchun binolar quringlar. Robbilari ularni yaxshi biluvchidir”, – dedilar. Ishlari yuzasidan ularga ustun kelganlari esa: “Aksincha, biz, albatta, ularning ustiga bir masjid qurib olamiz”, – dedilar.
Siz oʻzingizni ertayu kech Uning yuzini iroda qilib, Robbilariga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting. Oʻtkinchi dunyo hayotining ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingizni burmang. Qalbini Oʻz zikrimizdan g‘ofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib, ishi izdan chiqqanlarga itoat qilmang.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar haqida esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishilarning mukofotini yoʻqqa chiqarmaymiz.