Albatta, uning hukmronligi faqat u shaytonni doʻst tutib va Allohga shirk keltiruvchilar ustidandir.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, uning hukmronligi faqat u shaytonni doʻst tutib va Allohga shirk keltiruvchilar ustidandir.
Ey Muhammad, ularga: “Ruh ul-Qudus bu Qurʼonni dinda sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat boʻlgan holda haq bilan nozil qildi”, – deb ayting.
Albatta, Biz ularning: “Aniqki, u Muhammadga Qurʼonni bir odam oʻrgatyapti”, – deyayotganlarini bilamiz. Lekin ular ishora qilayotgan kimsaning tili arabiy emas ajamiy tildir. Bu Qurʼon esa aniq arabiydir.
Shubhasiz, Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalarni Alloh hidoyat qilmaydi hamda ular uchun alamli azob bordir.
Yolg‘on soʻzlarni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina toʻqiydilar. Aynan oʻshalarning oʻzlari yolg‘onchilardir.
Alloh ana unday kimsalarning qalblarini, quloqlarini va koʻzlarini muhrlab qoʻygan. Aynan ular haqni koʻra olmaydigan g‘ofil kimsalardir.
Albatta, Robbingiz fitnalarga duchor qilinganlaridan soʻng Makkadan Madinaga hijrat qilganlar, keyin Alloh yoʻlida jihod qilib, bunday mashaqqatlarga sabr qilganlar uchun yordamchidir. Albatta, Robbingiz gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Allohga nisbatan yolg‘on toʻqish uchun tillaringizga kelgan yolg‘onni gapirib: “Bu halol va bu harom”, – deb aytmanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on toʻquvchi kimsalar najot topmaydilar.
Ey Muhammad, yahudiy boʻlgan kimsalarga oldingi oyatlarda sizga aytib bergan narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, lekin ular oʻzlariga oʻzlari zulm qiluvchi boʻldilar.
Keyin albatta, Robbingiz, johillik bilan yomonlik qilib, keyin chin dildan tavba qilgan va oʻzlarini tuzatgan kishilar uchun, shubhasiz, u tavbalardan soʻng Robbingiz kechirimli va rahmlidir.
Shanba kunini ulug‘lash haqidagi buyruqlar faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan yahudiylar zimmasiga farz qilingan edi. Albatta, Robbingiz qiyomat kuni ularning oʻrtasida oʻzlari ixtilof qilib oʻtgan narsalar toʻg‘risida hukm qiladi.
Ey Rasulim, Robbingizning yoʻliga hikmat va chiroyli nasihat bilan daʼvat qiling. Ular bilan eng goʻzal uslubda munozara qiling. Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi Uning yoʻlidan adashgan kimsalarni juda yaxshi biluvchi va U toʻg‘ri yoʻlda hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.
Shubhasiz, Alloh taqvo qilganlar va chiroyli amal qiluvchilar bilan birgadir.
Shubhasiz, Alloh taqvo qilganlar va chiroyli amal qiluvchilar bilan birgadir.
Oʻz bandasi Muhammadga moʻʼjizalarimizdan koʻrsatish uchun tunda, Makkadagi Masjid ul-Haromdan Biz atrofini barakatli qilib qoʻygan Quddusdagi Masjid ul-Aqsoga sayr qildirgan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir. Albatta, U eshituvchi va koʻruvchidir.
Oʻz bandasi Muhammadga moʻʼjizalarimizdan koʻrsatish uchun tunda, Makkadagi Masjid ul-Haromdan Biz atrofini barakatli qilib qoʻygan Quddusdagi Masjid ul-Aqsoga sayr qildirgan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir. Albatta, U eshituvchi va koʻruvchidir.
Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
Shuningdek, oxiratga ishonmaydigan kimsalar uchun esa qiyomatda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni oʻldirmang, bu faqat haq sharʼiy sabab tufayli mumkin. Kimki zulm qilinib nohaq oʻldirilsa, Biz uning egasi uchun qasos olishga haq berdik. Lekin u qotilni oʻldirishda haddan oshmasin. Zero, u yordam beriluvchi shaxsdir.