U bilan suhbatlashib turgan oʻrtog‘i unga: “Seni tuproqdan, soʻng bir tomchi suvdan yaratib, keyin inson qilib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?!” – dedi.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U bilan suhbatlashib turgan oʻrtog‘i unga: “Seni tuproqdan, soʻng bir tomchi suvdan yaratib, keyin inson qilib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?!” – dedi.
Qiyomat kunida Alloh: “Sizlar Mening sheriklarim deb oʻylagan butlaringizni chaqiringlar”, – deydi. Bas, ularni chaqiradilar, lekin ularga javob bermaydilar. Chunki Biz ularning oʻrtalariga halokatli chuqurlik qilib qoʻyganmiz.
Biz payg‘ambarlarni faqat jannatdan xushxabar beruvchi va doʻzaxdan ogohlantiruvchilar qilib yuboramiz. Kufr keltirganlar esa botil hujjatlar bilan tortishadilar. U bilan haqiqatni yengmoqchi boʻladilar hamda oyatlarimni va oʻzlari ogohlantirilgan oxirat azobini masxara qilib oladilar.
Ularning koʻzlari dunyoda Mening eslatmalarimdan toʻsilgan edi. Ular nasihatlarni eshitishga ham qodir emas edilar.
Yoki kufr keltirganlar Meni qoʻyib, bandalarimni oʻzlariga doʻstlar qilib olishni oʻylaydilarmi?! Haqiqatan, Biz jahannamni kofirlar uchun tushadigan joy qilib tayyorlaganmiz.
Kofir boʻlganlari sababli ularning qilgan saʼy-harakatlari shu dunyo hayotidayoq yoʻq boʻlib ketgan, ammo johilliklari sababli oʻzlarini chiroyli ish qilayotgan kishilar, – deb hisoblaydigan kimsalardir!.
Ular Robbilarining oyatlarini va U Zot bilan muloqotda boʻlishni inkor etgan kimsalardir. Bas, ularning qilgan ishlari behuda ketgandir. Demak, Biz qiyomat kunida ularning amallari uchun hech qanday vaznni qoim qilmaymiz.
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlar uchun Firdavs jannati manzil boʻladi.
Mana shu Yahudiy va nasroniylar shubha qilishayotgan Maryam oʻg‘li Iso Masih toʻg‘risidagi haq soʻzdir.
Soʻngra guruhlar Iso payg‘ambar xususida oralarida ixtilof qildilar. Bas, ulug‘ kun boʻlgan qiyomat manzarasidan kufr keltirgan kimsalarning holiga voy boʻlsin!
Aynan oʻshalar Odam Ato zurriyotidan, Biz Nuh payg‘ambar bilan birga kemada koʻtargan va toʻfon balosidan najot bergan kishilardan, Ibrohim zurriyotidan, Isroil va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan boʻlmish Alloh inʼom etgan payg‘ambarlardir. Qachonki ularga Rahmonning oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig‘lagan hollarida yiqiladilar.
Ular Rahmonning bandalariga g‘aybdan vaʼda qilgan Adn nomli abadiy qolinadigan jannatlarga kiradilar. Albatta, Uning vaʼdasi oʻz vaqtida keluvchidir.
Bandalarimizdan taqvodor boʻlgan kishilarga Biz meros qilib beradigan jannat mana budir.
Keyin albatta, Biz unga kirishga loyiqroq kimsalarni eng yaxshi biluvchimiz.
Ana undan keyin taqvodor boʻlgan kimsalarga doʻzaxdan najot beramiz va zolim kimsalarni tiz choʻkkan hollarida u yerda qoldiramiz.
Qachonki ularga aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar kibrlanib iymon keltirganlarga: “Ikki guruhning qaysi biri dunyodagi maqom va mavqe jihatidan yaxshiroqdir?” – dedilar.
Qachonki ularga aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar kibrlanib iymon keltirganlarga: “Ikki guruhning qaysi biri dunyodagi maqom va mavqe jihatidan yaxshiroqdir?” – dedilar.
Alloh toʻg‘ri yoʻldagi kishilarga hidoyatni yanada ziyoda qiladi. Robbingiz nazdida boqiy qoluvchi solih amallar savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.
Ey Muhammad, oyatlarimizga kufr keltirgan va: “Oxiratda, albatta, menga mol-mulk va farzand beriladi”, – degan kimsani koʻrdingizmi?
Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun yaqinda Rahmon muhabbat paydo qiladi.