Dinlarini ayirib guruh boʻlib olgan kimsalar borasida sizning ular bilan hech narsada aloqangiz yoʻqdir. Ularning ishi faqat Allohga havola boʻlgandir. Keyin ularga qilgan ishlarining xabarini beradi.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Dinlarini ayirib guruh boʻlib olgan kimsalar borasida sizning ular bilan hech narsada aloqangiz yoʻqdir. Ularning ishi faqat Allohga havola boʻlgandir. Keyin ularga qilgan ishlarining xabarini beradi.
Ey Muhammad, ularga: “Shubhasiz, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga, haq dinga, haq yoʻldan toymagan Ibrohimning hanif diniga yoʻllab qoʻygan, u mushriklardan emas edi”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “U barcha narsaning Robbisi boʻlgani holda, men Allohdan boshqa bir robni izlaymi?” – deb ayting. Har bir nafsning qilgan yomonligi oʻzining zararigadir. Hech bir gunoh koʻtarib yuruvchi boshqasining yukini koʻtarmaydi. Oxirida qaytar joyingiz Robbingiz huzurigadir. Ana oʻshanda sizlarga tortishayotgan narsalaringiz haqida xabar beradi.
Bu odamlarni ogohlantirishingiz va moʻminlar uchun oʻgit boʻlib sizga nozil qilingan kitobdir. Koʻnglingiz undan siqilib tang boʻlmasin.
Ularga azobimiz kelgan chog‘da iltijolari: “Albatta, biz oʻzimiz zolimlardan boʻlgan edik”, – deyishdan iborat boʻlgan.

Keyin ularga qilmishlarini aniq maʼlumot bilan aytib beramiz. Biz bexabarlardan emasmiz.
Agarda kimning tarozilari yengil kelsa, ana ular oyatlarimizga iymon keltirmay zulm qilganlari uchun oʻzlariga ziyon qilgan kimsalardir.
Albatta, biz sizlarni yoʻqdan bor qilib yaratdik keyin mukammal shaklda surat berdik. Soʻngra farishtalarga qarata: “Odamga sajda qilinglar”, – dedik. Hammasi sajda qildilar, faqat iblis kibrlanib sajda qiluvchilardan boʻlmadi.
Shunda Alloh: “Unday boʻlsa, sen darhol bu yerdan pastga tush. Bu yerda takabburlik qilish sen uchun emasdir. Tamom chiqib ket, shubhasiz, sen pastga urilganlardansan”, – dedi.
Ey Odam, endi sen va jufting Havvo jannatga joylashinglar va u neʼmatlardan xohlagan joyingizdan bemalol tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashib, undan yeb qoʻymanglar, aks holda, nafsingizga zulm qilganlardan boʻlib qolasizlar.
Soʻngra shayton ularning berkitilgan avratlarini ochib yuborish uchun ikkoviga vasvasa qilib: “Robbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasligingiz yoki jannatda abadiy qolib ketmasligingiz uchun sizlarga bu daraxtdan yeyishni man qilgan”, – dedi.

Odam va Havvo: “Ey Robbimiz, oʻzimizga jabr qildik. Agarda bizlarni kechirmasang va bizga rahm qilmasang, shubhasiz, biz ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolamiz”, – dedilar.
Allohning shaʼniga yolg‘on toʻqigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan odamdan ham zolimroq kimsa bormi? Ularga oʻzlari uchun yozib qoʻyilgan kitobdagi nasibalari yetib keladi. Oqibatda farishtalarimiz ularga kelib jonlarini olayotganda: “Allohni qoʻyib, iltijo qilayotgan narsalaringiz qaerda?” – deydilar. Ular: “Bizdan yoʻqolib qoldilar”, – deydilar. Shunday qilib, kofir boʻlganliklari toʻg‘risida oʻzlariga qarshi guvohlik beradilar.

Avvalgilari keyingilariga qarata: “Sizlarning bizlardan ortiq joyingiz yoʻq. Qilgan ishlaringizga yarasha azob totaveringlar”, – deydilar.

Jannat ahllarining dillaridan gina-kuduratlarni olib tashlaymiz. Ularning taglaridan anhorlar oqib turadi. Ular: “Bizlarni bu neʼmatlarga boshlagan Allohga hamdlar boʻlsin. Agar Alloh bizni bularga boshlamaganida, biz yoʻlimizni topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Mana bu sizlarga qilgan yaxshi amallaringiz uchun meros qilib berilgan jannat deb, nido qilinadi.