U munofiqlarning orasida: “Qasam boʻlsinki, agar Alloh bizga Oʻz fazlu karamidan mol-davlat ato qilsa, albatta, biz kambag‘allarga sadaqalar qilamiz va solih kimsalardan boʻlamiz”, – deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham boʻlgan.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U munofiqlarning orasida: “Qasam boʻlsinki, agar Alloh bizga Oʻz fazlu karamidan mol-davlat ato qilsa, albatta, biz kambag‘allarga sadaqalar qilamiz va solih kimsalardan boʻlamiz”, – deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham boʻlgan.
Shunday qilib, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolg‘onchilik qilganlari sababli, ularga to Uni uchratadigan qiyomat kunigacha qalblariga nifoq illatini solib qoʻydi.
Allohning Rasuliga xilof qilib, soxta uzrlari bilan jangga chiqmay, uylarida oʻtirib ortda qolganlar oʻtirishlaridan oʻzlari xursand boʻldilar. Hamda Alloh yoʻlida mollari va jonlari bilan jihod qilishni xush koʻrmadilar. Keyin esa: “Kun issiqda jangga chiqmanglar!” – deb aytishdi. Ey Rasulim, ularga: “Doʻzax olovining issig‘i yanada shiddatliroqdir”, – deb ayting. Koshki, ular buni tushunsalar edi.
Endi ular bu bahonalari va qilmishlarining jazosi uchun bu dunyoda oz kulsinlar, oxiratda esa koʻp yig‘lasinlar!
Agarda “Allohga iymon keltiring hamda Uning Rasuli bilan birga jihod qilinglar”, – degan mazmundagi sura nozil qilinsa, ularning ichidagi qoʻllari uzun badavlatlari sizdan izn istab: “Bizni tek qoʻygin, oʻtiruvchilar bilan birga boʻla qolaylik!” – deydilar.
Ular jangga chiqishdan qoʻrqib ortda qoluvchi ayol va bolalar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Qalblariga esa tamg‘a urib qoʻyildi. Bas, ular jihodning haqiqatini anglamaydilar.
Taʼna uchun yoʻl faqat jangga kirish uchun kuchi yetsa ham, urushdan qochish uchun sizdan ruxsat soʻragan boylargagina tegishlidir. Chunki ular Alloh yoʻlida jang qilish va Uning roziligini qozonishdan koʻra, orqada qolgan ayollar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Shuning uchun Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Ular endi oʻzlarini qanday ofat kutayotganini bilmaydilar.
Safardan ularning yonlariga qaytganingizda sizlarga uzrlarini aytadilar. Ularga: “Uzr soʻramanglar! Biz sizlarga aslo ishonmaymiz. Darhaqiqat, Alloh bizlarga hali yoʻlda ekanimizda siz haqingizdagi xabarlarni bildirdi. Yaqinda Alloh va Uning Rasuli bundan keyin qanday amal qilishingizni koʻradi. Keyin esa, g‘oyib va oshkora ishlarni biluvchi Zot boʻlgan Allohning huzuriga qaytarilasizlar. Ana oʻshanda sizlarga barcha qilgan ishlaringizning xabarini beradi”, – deb ayt.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Ey Muhammad, ularga: “Amallaringizni qilaveringlar! Bas, yaqinda Alloh va Uning Rasuli hamda moʻminlar ishlaringizni koʻradilar. Tez orada yashirin va oshkora ishlarni biluvchi Zot huzuriga qaytarilasizlar. Keyin sizlarga qilgan ishlaringizning xabarini beradi”, – deb ayting.
Na payg‘ambarga va na iymon keltirgan kimsalarga kofir holda oʻlib, ularning doʻzax ahllari ekanligi maʼlum boʻlgandan keyin mushriklar uchun garchi ular qarindoshlari boʻlsa ham, gunohlarining kechirilishi uchun istig‘for soʻrashlari joiz emas.
Na payg‘ambarga va na iymon keltirgan kimsalarga kofir holda oʻlib, ularning doʻzax ahllari ekanligi maʼlum boʻlgandan keyin mushriklar uchun garchi ular qarindoshlari boʻlsa ham, gunohlarining kechirilishi uchun istig‘for soʻrashlari joiz emas.
Ibrohimning oʻz otasi uchun istig‘for soʻrashi esa faqat unga qilgan vaʼdasi tufayli edi. Unga otasining, shubhasiz, Allohning dushmani ekanligi aniq boʻlgandan keyin undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim nola uruvchi qalbi yumshoq insondir.
Alloh bir qavmni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgandan keyin ularning qaysi xatti-harakatlari nomaqbul ekanini va nimalardan saqlanish kerakligini bayon qilmaguncha, toʻg‘ri yoʻldan adashtiruvchi boʻlmagan. Shak-shubhasiz, Alloh har bir narsani batafsil biluvchidir.
Ey iymon keltirganlar! Allohdan qoʻrqing va doimo sodiqlar bilan birga boʻling!
Madina aholisi va ularning atrofidagi aʼrobiylar uchun Rasulullohdan ortda qolishlari va undan kechib oʻzlarini undan ustun qoʻyishlari toʻg‘ri ish emas edi. Shunday boʻlish kerakligining boisi ularga Alloh yoʻlida biror bir tashnalik, mashaqqat yoki ochlik yetsa-da hamda kofirlarni achchiqlantiradigan qadam bossalar va dushmanga qarshi biror musibat yetkazib zafar quchsalar, albatta, ularga shu sababli solih amal yoziladi. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Agar ular Alloh yoʻlida oz yoki koʻp infoq-ehson qilsalar va jangda biror vodiyni kesib oʻtsalar, Alloh ularni qilgan eng yaxshi amallari tufayli mukofotlashi uchun, albatta, ularga ajr yozadi.
Moʻminlarning hammasi yoppasiga jangga chiqishlari shart emas. Koshki, har bir guruhdan bir nafar toifa boʻlsa-yu, safarga chiqmay dinni chuqur oʻrgansalar va qavmlariga jangdan qaytib kelgan vaqtlarida ularga pand-nasihat qilib ogohlantirsalar.
Oʻz oralaridan boʻlmish Muhammad nomli bir kishiga “Odamlarni jahannam azobidan ogohlantiring, iymon keltirganlarga Robbilari huzurida qilgan yaxshiliklari uchun beriladigan ajr boʻlmish sodiqlik qadami borligi haqida xushxabar bering”, – deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli boʻldimi?! Kofirlar esa: “Shubhasiz, bu Muhammad aniq sehrgardir”, – dedilar.
Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzurigadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Shubhasiz, U yaratishni yoʻqdan bor qilib boshlaydi, soʻngra iymon keltirib, solih ish qilganlarni adolat bilan mukofotlash uchun u barcha yaratilganlarni yana hayotga qaytaradi. Kufr keltirganlarga esa, qaynoq suvdan boʻlgan ichimlik va kofir boʻlganlari uchun alamli azob bordir.