Qachonki oʻsha azob roʻy bergandan keyingina unga iymon keltirasizlarmi?! Endimi?! Axir, uni qachon boʻladi, – deb shoshiltirgan edingiz-ku!
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Qachonki oʻsha azob roʻy bergandan keyingina unga iymon keltirasizlarmi?! Endimi?! Axir, uni qachon boʻladi, – deb shoshiltirgan edingiz-ku!
Soʻngra zulm qilgan kimsalarga qarata: “Doimiy azobni totinglar! Sizlar faqat kasb qilgan yomon ishlaringiz uchun jazolanasizlar”, – deyiladi.
Ey Rasulim, qanday holatda boʻlmang, Qurʼondan nimani tilovat qilmang, qandaydir bir ishni qilmanglar va oʻshanga kirishganingiz zahoti, albatta, Biz tepangizda guvohmiz. Na Yer yuzida va na osmonlardagi zarra miqdorida boʻladimi yoki undan kichikroqmi yo kattaroq narsami – barchasi Robbingdan chetda maxfiy qolmaydi. Ularning hammasi aniq kitob boʻlgan Lavh ul-Mahfuzda bordir.

Ular iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalardir.
Mana shunday kimsalar uchun bu oʻtkinchi dunyoda ozgina foydalanib qolish bor. Oxir-oqibat, ularning qaytar joylari Bizning huzurimizgadir. Keyin esa kufr keltirganlari uchun ularga qattiq azobni tottiramiz.
Ey Rasulim, ularga Nuh payg‘ambar haqidagi xabarni oʻqib bering! Oʻshanda Nuh oʻz qavmiga aytgandi: “Ey qavmim, agar orangizda uzoq muddat turishim va Allohning oyatlarini eslatishim sizlarga og‘irlik qilgan boʻlsa, bas, unda men Allohning Oʻziga suyanib, tavakkul qildim. Sheriklaringiz bilan birga jam boʻlib ishlaringizni qilaveringizlar. Keyin qilayotgan ishlaringizni oshkor tutaveringizlar oʻzlaringizga maxfiy boʻlib qolmasin. Soʻngra menga nisbatan istagan hukmingizni ijro qilaveringlar hamda menga shartingizni qoʻyib, muhlat berib oʻtirmanglar.

Bas, agar mening oʻgitlarimdan yuz oʻgirsangiz, sizlardan men xizmatim uchun biror haq soʻraganim yoʻq. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men Allohga taslim boʻlgan musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman.
Bas, shuncha chaqiriqlarga qaramay uni yolg‘onchiga chiqarishgach, Biz uni va u bilan kemada birga boʻlgan iymonlilarni toʻfondan qutqardik va ularni Yerda oʻrinbosarlar qildik. Oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlarni toʻfonda g‘arq qildik. Ogohlantirish berilgan va unga quloq tutmaganlarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.
Soʻngra undan keyin ham koʻplab payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yubordik. Bas, payg‘ambarlar ularga ochiq-oydin hujjatlarni keltirdilar. Ular esa shunda ham oldindan yolg‘onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning qalblariga shunday qilib tamg‘a bosib qoʻyamiz.
Soʻngra ularning ortidan moʻʼjizalarimiz bilan Muso bilan Horun payg‘ambarni firʼavn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, ular ham iymon keltirmay kibrlandilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.
Qavm unga: “Sen bizlarga ota-bobolarimizni avvaldan unda amal qilgan holda koʻrgan dinimizdan qaytarish va yerimizga kattalik qilib, ega boʻlib olish uchun keldingmi?” Biz ikkingizga ham ishonuvchi emasmiz”, – dedilar.
Muso: “Ey qavmim, Allohga iymon keltirgan ekansizlar, bas, faqat Unga tavakkul qilinglar, agar chindan ham musulmon boʻlsangizlar”, – dedi.
Muso: “Ey qavmim, Allohga iymon keltirgan ekansizlar, bas, faqat Unga tavakkul qilinglar, agar chindan ham musulmon boʻlsangizlar”, – dedi.
Alloh unga: “Endimi iymon keltirding! Axir, sen bundan oldin itoatsizlik qilgan eding va buzg‘unchilardan boʻlgansan-ku!” – dedi.
Mana bugun endi oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlishing uchun jasadingni dengiz qaʼriga choʻktirib, chiritib yubormay, uni sohilga chiqarib qutqarib qolamiz. Haqiqatan, odamlarning koʻpchiligi ulardan ibrat olmay g‘aflatda qoluvchilardir.
Albatta, Biz bani Isroil avlodlarini goʻzal va omonlik maskaniga yerlashtirdik va ularga pokiza narsalardan rizq qilib berdik. Ular to oʻzlariga Tavrot ilmi kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kunida ixtilof qilgan narsalari haqida oralarida hukm chiqaradi.
Ey Muhammad, agar sizga nozil qilgan tarixiy voqealar xususida shubhada boʻlsangiz, u holda sizdan oldingi Tavrot yoki Injil kitobini oʻqiydigan kishilardan soʻrab koʻring. Robbingizdan sizga haq vahiy kelgandan keyin aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.