Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan oldingi iymonsizlarning oqibati qanday boʻlganini koʻrmaydilarmi?! Holbuki, oldingilar bulardan koʻra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na Yerda Allohni ojiz qoldiruvchi hech narsa yoʻqdir. Shubhasiz, U hamma narsani biluvchi, qodir Zotdir.

