Shunda Alloh unga: “Ey iblis, qudrat qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Kibr qildingmi yoki sen Odamga koʻra oliy zotlardan boʻldingmi?!” – dedi.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shunda Alloh unga: “Ey iblis, qudrat qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Kibr qildingmi yoki sen Odamga koʻra oliy zotlardan boʻldingmi?!” – dedi.
Agar sizlar kufr keltirsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmaydi. Agar iymon keltirib shukr qilsangizlar U sizlardan rozi boʻladi. Hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi boshqa gunoh yukini koʻtaruvchining yukini koʻtarmaydi. Soʻngra qaytishlaringiz Robbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga dunyoda qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, Robbisiga qaytib duo qiladi. Soʻngra, qachonki, Alloh Oʻz tomonidan unga biror neʼmat ato qilsa, bundan oldin Allohga qilgan duolarini unutib qoʻyar va boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlarni oʻylab topadi. Ey Muhammad, unga: “Sen oʻz kufring bilan dunyoda ozgina foydalanib qol! Albatta, sen doʻzax ahlidandirsan”, – deb ayting.
Shuningdek, musulmonlarning avvali boʻlishga buyurilganman, – deb ayting.
Axir, qiyomat kunida yomon azobdan oʻz yuzi bilan saqlanadigan kimsa moʻmin bilan teng boʻlarmidi?! U kunda zolimlarga: “Oʻzlaringiz kasb qilib olgan narsaning oqibatini tatib koʻringlar!” – deyiladi.
Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida sharmandalikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular jazoning yomonligini bilganlarida edi, payg‘ambarlarni inkor qilmagan boʻlar edilar.
Zero, Alloh ularning qilgan eng yomon amallarini oʻchirib, dunyoda qilgan eng chiroyli amallarining ajri bilan ularni mukofotlaydi.
Ey Muhammad ularga: “Ey qavmim, oʻz holingizga koʻra amal qilaveringlar, men ham oʻz holimcha amal qiluvchiman. Bas, yaqinda barchasini bilib olasizlar”, – deb ayting.
Yoki mushriklar Allohdan oʻzga shafoatchilarni ushlab oldilarmi?! Ey Muhammad, ularga: “Agar ular biror narsaga kuchlari yetmaydigan va hech narsani tushunmaydigan boʻlsalar-chi?!” – deb ayting.
Ey Muhammad ularga: “Ey Allohim, ey osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilib yaratuvchisi, ey yashirin va oshkor narsalarni biluvchi Zot, Sen bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalar xususida hukm qilasan”, – deb ayting.
Agar zolim kimsalar uchun yerdagi barcha narsa va u bilan birga yana uning barobaricha narsa boʻlsa, albatta, ular qiyomat kunidagi azobning yomonligidan, oʻsha narsalarni toʻlov qilib yuborgan boʻlar edilar. Chunki qiyomatda ularga Alloh tomonidan ular oʻylab ham koʻrmagan narsalar namoyon boʻladi.
Ularga oʻzlari kasb qilgan yomonliklari oshkor boʻldi va ularni dunyoda masxara qilib oʻtgan narsa oʻrab oldi.
U gapni ulardan oldingilar ham aytgan edilar. Bas, qilgan kasblari oʻzlariga foyda bermadi.
Har qanday bir nafs: “Alloh haqida Unga ibodat qilishda yoʻl qoʻygan kamchiliklarim uchun nadomat boʻlsin! Chindan ham, men masxara qiluvchilardan boʻlgan edim”, – deb qolishidan oldin tavba qilsin.
Yoki biror jon: “Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim”, – deb qolmasligi uchun.
Yoxud azobni koʻrgan chog‘ida: “Koshki, menga yana bir marta dunyoga qaytishning imkoni boʻlsa-yu, men ham chiroyli amal qiluvchilardan boʻlsam”, – deb aytmasligi uchun Islomga ergashinglar!
Yoʻq, ey nafs senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg‘onga chiqarding va kibrlanib, kofirlardan boʻlgan eding!
Darhaqiqat, sizga va sizdan oldingi payg‘ambarlarga ham shunday vahiy qilingan edi. Agar shirk keltirsangiz, albatta, qilgan amalingiz behuda ketadi va aniq ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolasiz.
Yoʻq, faqat Allohga ibodat qiling va shukr qiluvchilardan boʻling.
Ulardan oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi firqalar ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Har bir ummat oʻz payg‘ambarini tutib oʻldirishga qasd qilgan va haqni yoʻqotish uchun botil hujjatlar bilan tortishganlar. Bas, ularni azobim bilan tutdim. Mana, azobim qanday boʻldi?!