U Zot mavjudotlardan barcha juftlarni yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan sizlar minadigan narsalarni paydo qildi.
От искомого вами масдар-узак لَكُم образовано 360 аятов.
siz uchun, sizga tegishli, sizningcha, sizga, sizni, sizning, siznikdir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U Zot mavjudotlardan barcha juftlarni yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan sizlar minadigan narsalarni paydo qildi.
Shayton sizlarni Allohning dinidan aslo toʻsmasin! Albatta, u sizlarga ochiq dushmandir.
Iso ochiq-oydin hujjatlar bilan kelgan paytda: “Shubhasiz, men sizlarga hikmat bilan oʻzlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qoʻrqinglar va menga itoat qilinglar”, – dedi.
Sizlar uchun u joyda koʻplab mevalar boʻlib, sizlar ulardan tanovul qilasizlar.
Muso ularga: “Sizlar menga Allohning bandalari boʻlgan bani Isroil avlodlarini topshiringlar. Albatta, men sizlar uchun ishonchli payg‘ambarman”, – degan edi.
Alloh sizlarga dengizni unda Oʻz amri bilan kemalar yurishi uchun va Uning fazlidan istakda boʻlishingiz uchun beminnat xizmatkor qilib qoʻydi. Shoyadki, bu neʼmatlar uchun shukr qilsangizlar.
U Oʻz tomonidan sizlarga osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalarni boʻysundirib qoʻydi. Albatta, bularda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratli alomatlar bordir.
Ularga: “Sizlar mana shu kuningizdagi Bizga duch kelishni unutganingizdek, Biz ham bugun sizlarni unutarmiz. Sizlarning joyingiz doʻzaxdir va sizlar uchun azobdan qutqaruvchi hech qanday yordamchilar boʻlmaydi”, – deyiladi.
Ey qavmimiz, Allohning daʼvatchisi Muhammadga javob beringlar. va unga iymon keltiringlar, shunda Alloh gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni alamli azobdan saqlaydi.
Ey Muhammad, hali Madinaga qaytganingizda sizga aʼrobiylardan jangga chiqmay, uyda qolgan munofiqlar: “Bizlarni mollarimiz va ahli oilalarimiz urushga chiqishdan mashg‘ul qilib qoʻydi. Endi sen bizlar uchun Allohdan mag‘firat soʻra”, – deydilar. Ular dillarida boʻlmagan narsani tillari bilan aytadilar. Ey Rasulim ularga: “Agar U Zot sizlarga biror zarar yetkazishni xohlasa yoki sizlarga biror manfaat yetkazishni istasa, bas, kim sizlar uchun Alloh tomonidan boʻlgan biror narsani daf qilishga qodir boʻla oladi?! Yoʻq, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir”, – deb ayting.
Ey moʻminlar, Alloh sizlarga oʻzingiz oladigan koʻpgina oʻljalarni vaʼda qildi. Mana bu Xaybar jangidagi oʻljalarni esa tezlatib berdi va dushman odamlarning qoʻllarini sizlarga ziyon berishdan toʻsib qoʻydi. Boʻlib oʻtgan voqealar moʻminlarga ibrat boʻlishi va Alloh sizlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilishi uchundur.
Ey Rasulim, ularga: “Bas, Allohga iymon keltirish uchun chopinglar. Albatta, men sizlar uchun Uning azobidan aniq ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, deb aytmanglar. Albatta, men sizlar uchun Uning azobidan aniq ogohlantiruvchi payg‘ambarman.
Yoxud qizlar Unga nisbat berildi-yu, oʻg‘illar sizgami?
Erkak jinsi sizlarniki-yu, ayol jinsi U Zotnikimi?!
Ey Makka ahli, sizlarning kofirlaringiz ana ulardan yaxshiroqmi yoki sizlar uchun samoviy kitoblarda oqlov vasiqasi bormi?!
Ey insu jinlar, yaqinda sizlarni hisob-kitob qilish uchun forig‘ boʻlamiz.
Agar sizlar iymon keltiruvchi boʻlsangiz – holbuki, payg‘ambar sizlarni Robbingizga iymon keltirishga chaqirib turibdi, ahdu paymoningizni olgach, nima uchun sizlar Allohga iymon keltirmayapsizlar?!
Nima uchun sizlar Alloh yoʻlida ehson qilmayapsizlar?! Holbuki, osmonlar va Yerning merosi yolg‘iz Allohnikidir! Sizlardan Makka fath boʻlishidan avval ehson qilgan va kofirlarga qarshi urushgan kishilar fathdan keyin ehson qilgan va urushganlar bilan barobar boʻlmaydi. Ular keyin ehson qilgan va urushgan kishilardan ulug‘roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh goʻzal jannat vaʼda qilgandir. Alloh qilayotgan barcha amallaringizdan xabardordir.
Ey moʻminlar, bilinglarki, albatta, Alloh suvsizlikdan qaqrab yotgan yerni oʻlimidan keyin tiriltiradi. Aql yuritishingiz uchun sizlarga qudratimizga dalolat qiladigan oyatlarni batafsil bayon qildik.