Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
От искомого вами масдар-узак م و ت образовано 165 аятов.
o'lim, o'liklar, o'ldiradi, o'limingizning, o'liklarni, o'limni, unday bo'lsa o'lmang, o'lim holi, o'likdirlar, o'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
Nahotki yomonliklarni kasb qilganlar oʻzlarini iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham barobar boʻlishini oʻyladilar?! Ular naqadar yomon hukm chiqarmoqdalar!
Qiyomatni inkor qiluvchilar: “Hayot faqat shu dunyodagi yashashimizdir. Birimiz oʻlib, boshqamiz yashab yuraveramiz. Bizlarni Alloh emas, balki faqat zamon oʻtishigina oʻldiradi”, – dedilar. Holbuki, ularda bu haqida biror hujjatga ega boʻlgan bilim yoʻqdir. Ular faqat shunday gumon qiladilar, xolos.
Ey Rasulim ularga: “Alloh sizlarga hayot beradi, soʻngra ajallaringiz yetgach oʻldiradi, keyin sizlarni hech shubhasiz boʻladigan qiyomat kuniga jamlaydi. Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar”, – deb ayting.
Axir, oxiratni inkor qiluvchilar osmonlar va Yerni yaratgan, ularni yaratishda behol boʻlmagan Alloh oʻliklarni tiriltirishga ham qodir ekanligini oʻylab koʻrmadilarmi?! Yoʻq! Albatta, U barcha narsaga qodir Zotdir.
Iymon keltirgan kimsalar: “Jihodga buyurilgan biror sura nozil qilinsa edi”, – deydilar. Bas, qachonki, u haqida qatʼiy bir sura nozil qilinib, unda jang zikr qilinsa, dillarida kasallik boʻlgan kimsalarning sizga xuddi oʻlimdan qoʻrqib behush boʻlib qolgan kimsaning nazaridek qarayotganlarini koʻrasiz. Holbuki, ular uchun sizga itoat qilish loyiqroq edi.
Albatta, kufr keltirgan va boshqalarni ham Alloh yoʻlidan toʻsgan, keyin kofir hollarida oʻlgan kimsalarni Alloh aslo mag‘firat qilmaydi.
Ey iymon keltirganlar, koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir! Oʻzgalarning aybini izlab josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?! Uni yomon koʻrasiz-ku, shundaymi?! Allohdan qoʻrqinglar! Shubhasiz, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Bizlar oʻlib, tuproqqa aylanganimizda yana qayta tirilamizmi?! Bu juda aqldan uzoq qaytishdir!
Bandalarga rizq boʻlsin deb bularni yaratdik. Yana u suv bilan suvsizlikdan qaqrab yotgan oʻlik shaharni tiriltirdik. Qabrlardan tirilib chiqish ham mana shunday boʻladi.
Mana jon chiqish paytidagi oʻlim mastligi haqiqatan yetib keldi. Ey inson, bu oʻlim sen undan qochib yurgan narsadir.
Albatta, Biz barcha jonzotni tiriltiramiz va oʻldiramiz. Qaytish esa faqat Bizgadir.
Albatta, oʻldirgan ham, tiriltirgan ham Uning Oʻzidir.
Yana ular: “Bizlar oʻlib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?!” – der edilar.
Sizlarning orangizdagi oʻlimni ham Biz belgilab qoʻyganmiz. Bizdan aslo oʻzib ketilmaydi.
Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir. U tiriltiradi va oʻldiradi. U barcha narsaga qodir Zotdir.
Ey moʻminlar, bilinglarki, albatta, Alloh suvsizlikdan qaqrab yotgan yerni oʻlimidan keyin tiriltiradi. Aql yuritishingiz uchun sizlarga qudratimizga dalolat qiladigan oyatlarni batafsil bayon qildik.
Ey Muhammad ularga: “Ey yahudiy boʻlganlar, agar sizlar boshqa odamlarni emas, faqat oʻzlaringizni Allohning doʻstlari deb daʼvo qilsangizlar, bas, agar shu daʼvolaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, unda oʻlimni orzu qilib koʻringlar-chi?” – deb ayting.
Ey Rasulim ularga: “Sizlar qochayotgan oʻlim, albatta, sizlarga yoʻliquvchidir! Soʻngra sizlar yashirin va oshkora narsalarni biluvchi Allohga qaytarilasizlar. Bas, U Zot qiyomatda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi”, – deb ayting.
Sizlardan biringizga oʻlim oni kelganda: “Ey Robbim, meni ozgina hayotda qoldirsang, men sadaqa qilib, solih bandalardan boʻlsam”, – deb aytib qolishidan oldin, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar!