Ertaga uni biz bilan birga yaylovga aylanishga joʻnat, yayrasin va oʻynasin. Xavotir olma, albatta, biz uni turli falokatlardan muhofaza qiluvchilarmiz.
От искомого вами масдар-узак مَعَ образовано 164 аятов.
siz bilan birgamiz, sizning yoningizda, birga, yonlarida bo'lgan (Tavrotni), yonlarida bo'lgan, yonlaridagi, birgadir, ular bilan birga, u bilan birga, hamrohlari
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ertaga uni biz bilan birga yaylovga aylanishga joʻnat, yayrasin va oʻynasin. Xavotir olma, albatta, biz uni turli falokatlardan muhofaza qiluvchilarmiz.
Zindonga u bilan birga yana ikki yigit ham tushgan edi. Ulardan bungacha podshohga soqiy boʻlgani: “Men tushimda sharob siqib tayyorlayotganimni koʻrdim”, – dedi. Oldin podshohga novvoylik qilgan boshqa biri esa: “Men boshimda non koʻtarib turganimni, qushlar esa undan yeyayotganini koʻrdim”, – dedi. Keyin ikkovlari Yusufga yalinib: “Sen bizga bu tushlarning taʼbirini aytib bersang. Chindan ham biz seni yaxshilik qiluvchilardan ekaningni koʻrib turibmiz”, – dedilar.
Akalari otalarining oldiga qaytib kelib: “Ey otamiz, bundan keyin bizlarga yegulik tortib berish man qilindi. Biz bilan birga ukamiz Binyaminni ham yuborgin, shundagina don-dun oʻlchab olib kelamiz. Albatta, biz uni turli xatarlardan himoya qiluvchimiz”, – dedilar.
Yaʼqub ularga: “Uni mening oldimga keltirishingiz haqida qasam ichib Allohdan vasiqa keltirmaguningizga qadar Binyaminni aslo sizlar bilan birga yubormayman. Biroq yoʻltoʻsarlarga duch kelib qurshovda qolishingiz bundan mustasno”, – dedi. Yusufning akalari unga vasiqalarini keltirishgach, Yaʼqub ularga: “Qarang, bu aytayotgan
Robbilarining chaqirig‘iga labbay deb javob bergan kimsalar uchun goʻzal mukofot boʻlgan jannat bordir. Biroq Unga ijobat qilmaganlar esa, bordi-yu Yer yuzidagi barcha narsa hatto, u yana ikki barobar koʻpayib ularniki boʻlsa, uni Allohning azobidan qutulish uchun fido qilgan boʻlar edilar. Ular uchun hisob-kitobning yomoni boʻladi. Borar joylari jahannamdir va u naqadar yomon joydir.
Faqat iblis takabburlik qilib sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.
Shunda Alloh unga: “Ey iblis, senga ne boʻldiki, sajda qiluvchilar bilan birga boʻlmading?” – dedi.
Unday kimsalar Allohga boshqa soxta “iloh”ni sherik qiladilar. Bas, yaqinda qilmishlarining oqibatini bilib oladilar.
Shubhasiz, Alloh taqvo qilganlar va chiroyli amal qiluvchilar bilan birgadir.
Ey Nuh bilan birga kemada koʻtarganlarimizning zurriyotlari! Albatta, u Nuh koʻp shukr qiluvchi banda edi.
Alloh bilan birga boshqa ilohni sherik qilmang. Aks holda, mazammatga uchrab, chorasiz oʻtirib qolasiz.
Ey Rasulim, bu oyatlar Robbingizning sizga vahiy qilgan hikmatlaridan bir qismidir. Allohga boshqa bir soxta ilohni sherik qilmang. Aks holda, malomatlangan va Allohning rahmatidan mahrum boʻlgan holda jahannamga tashlanasiz.
Ey Muhammad, ularga: “Agarda mushriklar aytganlaridek U bilan birga boshqa ilohlar ham boʻlganida edi, u holda ular Arshga ega boʻlishga yoʻl izlagan boʻlar edilar”, – deb ayting.
Shunda, firʼavn Muso va uning qavmini u yerdan qoʻzg‘atib, haydab chiqarmoqchi boʻlganida, Biz uni va u bilan birga boʻlganlarning barchasini dengizda g‘arq qildik.
Siz oʻzingizni ertayu kech Uning yuzini iroda qilib, Robbilariga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting. Oʻtkinchi dunyo hayotining ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingizni burmang. Qalbini Oʻz zikrimizdan g‘ofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib, ishi izdan chiqqanlarga itoat qilmang.
Xizr Muso payg‘ambarga: “Aniqki, sen men bilan bu yoʻlda sabr qila olmaysan”, – dedi.
Xizr Musoga: “Men bilan birga sabr qilishga aslo toqating yetmaydi, demaganmidim?!” – dedi.
Xizr Musoga: “Men bilan birga sabr qilishga aslo toqating yetmaydi, – deb senga aytmaganmidim?!” – dedi.
Aynan oʻshalar Odam Ato zurriyotidan, Biz Nuh payg‘ambar bilan birga kemada koʻtargan va toʻfon balosidan najot bergan kishilardan, Ibrohim zurriyotidan, Isroil va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan boʻlmish Alloh inʼom etgan payg‘ambarlardir. Qachonki ularga Rahmonning oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig‘lagan hollarida yiqiladilar.
Alloh ularga: “Qoʻrqmanglar, albatta, Men sizlar bilan birgaman, barchasini eshitib turaman va koʻraman”, – dedi.