Oʻsha kuni Alloh ularning haqiqiy jazolarini toʻliq qilib beradi va ular Allohning aniq haq ekanini biladilar.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻsha kuni Alloh ularning haqiqiy jazolarini toʻliq qilib beradi va ular Allohning aniq haq ekanini biladilar.
Bas, agar u uylarda hech kimni topmasangiz, unda to sizlarga ruxsat berilmaguncha ularga kirmanglar. Agar sizlarga, “qaytinglar” deyilsa, darhol qaytib ketinglar. Shu sizlar uchun eng toza yoʻldir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizni biluvchidir.
Alloh sizlar uchun tunni libos, uyquni orom qilib qoʻydi, kunduzni esa har tarafga yoyilib hayot kechirish vaqti qildi.
U Zot Oʻz rahmati oldidan yomg‘ir yog‘ishi uchun xushxabar qilib shamollarni yubordi. Keyin osmondan toza suv yog‘dirdik.
Alloh ikki dengizni bunisi chuchuk va shirin, unisi shoʻr va achchiq qilib oqizib qoʻygan va aralashib ketmasligi uchun ularning oʻrtasida toʻsiq va ochilmas parda qilib qoʻygan Zotdir.
U bir tomchi suvdan insonni yaratdi, keyin uni ota-ona tarafidan nasab, qudachilik tomondan esa qarindosh qilib qoʻydi. Darhaqiqat, Robbingiz har ishga qodirdir.
U eslatma olmoqchi yoki shukr qilmoqchi boʻlgan kishilar uchun kecha va kunduzni bir-birining oʻrnini bosuvchi qilib qoʻygan Zotdir.
Uning Oʻzi meni yediradi va ichiradi.
Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Allohdan boshqa iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir U ulkan Arsh egasidir.
Bas, malika kelgach unga: “Sening taxting shundaymidi?” – deyildi. Bilqis hayratlanib: “Xuddi oʻshaning oʻzi”, – dedi. Sulaymon: “Allohga hamd boʻlsinki, bizlarga undan ilgari ilm berilgan va musulmonlardan boʻlganmiz”, – dedi.
Albatta, Robbingiz odamlar oʻrtasida Oʻz hukmi bilan ajrim chiqaradi. Shuningdek, U izzati ulug‘ boʻlgan – Aziz va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Keyin Allohga duo qilib: “Ey Robbim, haqiqatan, men oʻzimga zulm qilib qoʻydim. Bas, meni mag‘firat qil”, – dedi. Alloh uni mag‘firat qildi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shunda ham Muso ikkoviga dushman boʻlgan u qibtiy kimsani ajratib olmoqchi boʻlganida bani Isroillik odam baqirib: “Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi bugun meni ham oʻldirmoqchimisan?! Sen faqat yer yuzida jabr qiluvchi boʻlmoqchisan. Sen isloh qiluvchilardan boʻlishni xohlamaysan”, – dedi.
Birodarim Horun mendan koʻra tili burroroq. Bas, uni ham men bilan birga meni tasdiqlaydigan yordamchi qilib yuborgin. Chunki firʼavn va uning aʼyonlari meni yolg‘onchi qilishlaridan qoʻrqaman.
U va uning lashkarlari yer yuzida iymon keltirmay nohaq takabburlik qildilar va oʻzlarini oxiratda Bizga qaytarilmaydilar, deb oʻyladilar.
Ey Muhammad ularga: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, Alloh huzuridan u ikki kitobdan koʻra toʻg‘riroq boʻlgan biror kitob keltiringlar, men unga ergashay”, – deb ayting.
Ey Rasulim, siz oʻzingiz sevgan kishilarni haqqa hidoyat qila olmaysiz, lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. U hidoyat topuvchilarni yaxshi biluvchidir.
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!
U yagona Allohdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir! Dunyoda ham oxiratda ham hamd, faqat Unga xosdir. Hukm qilish ham yolg‘iz Ungadir va barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.