U yagona Allohdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir! Dunyoda ham oxiratda ham hamd, faqat Unga xosdir. Hukm qilish ham yolg‘iz Ungadir va barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U yagona Allohdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir! Dunyoda ham oxiratda ham hamd, faqat Unga xosdir. Hukm qilish ham yolg‘iz Ungadir va barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Qorun oʻz qavmiga: “Men bu boyliklarga faqat oʻzimdagi bilimga koʻra erishdim”, – dedi. Axir, u oʻzidan ilgari Allohning undan koʻra quvvatliroq va toʻplagan boyligi ham koʻproq qanchadan-qancha avlodlarni halok qilganini bilmas edimi?! Jinoyatchilardan gunohlari toʻg‘risida soʻrab oʻtirilmaydi.
Ey Muhammad, albatta, sizga ushbu Qurʼonni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz, sizni yana Makkadagi qaytib boriladigan joyga ham qaytaruvchidir. Ey Rasulim ularga: “Robbim hidoyat bilan kelgan kimsani ham va ochiq-oydin zalolatdagi kimsani ham juda yaxshi biluvchidir”, deb ayting.
Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmang. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Uning Zotidan boshqa har bir narsa halok boʻluvchidir. Hukm qilish, faqat Unga xosdir va Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Kimki Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa, bas, Allohning belgilangan muddati, albatta, keluvchidir. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Bas, faqat Lut unga iymon keltirdi. Keyin Ibrohim: “Albatta, men Robbim buyurgan tomonga hijrat qilib ketuvchiman. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Albatta, Alloh Oʻzidan boshqa nimaga duo qilayotganlarini yaxshi biladi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Yoʻq, bu Qurʼon ilm berilgan zotlarning qalblaridagi aniq oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlar inkor qiladilar.
Borliqda oʻz rizqini koʻtara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq beradi. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Allohning yordami bilan bu g‘alabaga erishiladi. Alloh xohlagan kishiga nusrat beradi. Albatta, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Allohning rahmat yomg‘iri izlariga nazar soling. U suvsiz qaqrab yotgan yerni oʻlganidan keyin qanday qilib tiriltiradi! Albatta, ana shu Zot oʻliklarni ham tiriltiruvchidir va U barcha narsaga qodirdir.
Alloh shunday Zotdirki, sizlarni avval zaif goʻdak holida yartdi. Soʻngra zaiflikdan keyin quvvat paydo qildi. Kuch-quvvatli qilgandan keyin yana zaiflik va qarilikni paydo qildi. Alloh xolagan narsani yaratadi. U barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim va har narsaga kuchi yetuvchi Qodir Zotdir.
Ular u joyda mangu qoladilar. Bu Allohning haq vaʼdasidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Luqmon oʻg‘liga nasihat qilib: “Ey oʻg‘ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk katta zulmdir”, – deganini eslang.
Kimki chiroyli amal qiluvchi boʻlgan holida oʻzini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam xalqani ushlabdi. Barcha ishlarning oqibati yolg‘iz Allohga qaytadi.
Osmonlar va Yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
Buning boisi Allohning Oʻzigina haq iloh ekani, mushriklarning Undan boshqaga iltijo qilayotgan butlari esa botil narsa ekani va Allohning Oʻzigina eng yuksak va oliy Zot ekanidir.