Buning boisi Allohning Oʻzigina haq iloh ekani, mushriklarning Undan boshqaga iltijo qilayotgan butlari esa botil narsa ekani va Allohning Oʻzigina eng yuksak va oliy Zot ekanidir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Buning boisi Allohning Oʻzigina haq iloh ekani, mushriklarning Undan boshqaga iltijo qilayotgan butlari esa botil narsa ekani va Allohning Oʻzigina eng yuksak va oliy Zot ekanidir.
Ey insonlar, Robbingizga taqvo qiling va yana shunday bir kundan qoʻrqingizki, u kunda biror ota oʻz bolasi tomonidan hech narsani oʻtab bera olmaydi va bola ham otasi tomonidan biror narsani oʻtab beruvchi emasdir. Albatta, Allohning qiyomat haqidagi vaʼdasi haqdir. Bas, sizlarni oʻtkinchi dunyo hayoti aslo aldab qoʻymasin va sizlarni oʻta aldoqchi shayton, har qanday gunohni Alloh kechaveradi, degan aldov bilan aldab qoʻymasin.
Balki kimlardir: “Uni Muhammadning oʻzi toʻqib olgan”, – deb aytarlar?! Yoʻq, bu Qurʼon sizdan oldin biror ogohlantiruvchi kelmagan qavmni ogohlantirishingiz uchun Robbingiz tomonidan nozil qilingan haqiqatdir. Shoyad, ular bu Qurʼon tufayli hidoyat topsalar.
Ey Rasulim, albatta, Robbingizning Oʻzi qiyomat kunida odamlar oʻzaro ixtilof qilgan narsalari haqida ajrim qiladi.
Alloh hech bir kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir. Shuningdek, sizlar zihor qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni ham oʻz bolalaringiz qilgan emasdir. Bu, faqatgina sizlarning og‘izlaringizdagi soʻzingizdir. Alloh esa haqiqatni aytadi va Uning Oʻzi toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Boqib olgan bolalaringizni oʻz otalari ismi bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda ular sizlarning diniy birodarlaringiz va doʻstlaringizdir. Qilgan xatolaringiz tufayli sizlarga gunoh yoʻqdir, lekin koʻngillaringiz bilan qasd qilingan narsalar xususida gunohkor boʻlasizlar. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga marhamat koʻrsatayotgan Zotdir. Uning farishtalari ham sizlarga mag‘firat tilaydilar. U moʻminlarga oʻta mehribon – Rahim Zotdir.
Osmonlardagi va yerdagi barcha narsalar Uniki boʻlgan Allohga hamd boʻlsin. Oxiratda ham hamd faqat Unga xosdir. U hikmat egasi boʻlgan – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
U Yer ostiga nimaiki kirsa ham, undan nimalar unib chiqsa barchasini biladi. Shuningdek, osmondan tushadigan barakatlarni ham, unga koʻtariladigan duolarni ham biladi. U marhamati keng boʻlgan – Rahim va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
Ey Rasulim, ilm berilgan kimsalar sizga Robbingiz tomonidan nozil qilingan Qurʼonning haq kitob ekanini va u izzatli, hamdga loyiq Zotning yoʻliga hidoyat qilishini biladilar.
Holbuki, iblisning ular ustidan hech qanday bir hukmronligi yoʻq edi. Faqat oxiratga iymon keltiradigan kishilarni undan shubhada boʻlgan kimsalardan ajratib, bilib olishimiz uchun shunday qildik. Robbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Ey Rasulim, ularga: “Robbimiz qiyomat kuni oʻrtamizni bir orada jamlaydi soʻngra oramizda haq bilan hukm qiladi. Faqat U adolat bilan hukm qiluvchi – Fattoh va barcha narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Yana mushriklarga: “U Zotga qoʻshib olgan sheriklaringizni menga koʻrsatinlar-chi?! Yoʻq, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir”, – deb ayting.
Ey Muhammad ularga: “Albatta, Robbim bandalaridan xohlaganining rizqini keng qiladi va xohlaganiga rizqni tor qiladi. Biror narsani ehson qilsangizlar, bas, Alloh uning oʻrnini toʻldiradi. U rizq beruvchilarning eng yaxshisidir”. – deb ayting.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Men sizlarga faqat bitta narsani nasihat qilaman. Xolis Alloh uchun ikkita-ikkita va bitta-bitta turib, bir fikr qilib koʻringlar. Sohibingiz Muhammadda hech qanday jinnilik yoʻq. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga yuborilgan bir ogohlantiruvchi payg‘ambardir, , xolos”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Men sizlardan daʼvatim uchun haq soʻramayman. Bas, u sizlarga boʻla qolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U barcha boʻlayotgan ishlarga guvohdir”, – deb ayting.
Alloh odamlar uchun nimaiki rahmatni ochib qoʻysa, bas, uni tutib qoluvchi yoʻqdir. Agar U zot ushlab qolganidan soʻng u narsani bandalarga biron yuboruvchi ham yoʻqdir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey insonlar, sizlarga Allohning ato etgan neʼmatini yodga olinglar! Sizlarga osmonu yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa yaratuvchi bormi?! Undan oʻzga iloh yoʻq! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!
Kimki izzat istaydigan boʻlsa, bas, barcha qudrat Allohnikidir. Har bir chiroyli kalima U tomon chiqadi. Solih amalni esa, Alloh Oʻz dargohiga koʻtaradi. Yomonliklar bilan makr qiladiganlar uchun qattiq azob bordir va ularning makrlari behuda ketib, ham halok boʻladi.