Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Alloh esa hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
Ey Muhammad, Biz sizga vahiy qilgan kitob oʻzidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi boʻlgan haq kitobdir. Albatta, Alloh Oʻz bandalarining barcha ishlaridan xabardor va hammasini koʻrib turuvchi Zotdir.
Soʻngra Biz bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ularning orasida unga amal qilmay oʻz nafsiga zulm qiluvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan yaxshiliklarda oʻzib ketuvchilar ham bor. Qurʼonga voris boʻlish bu – Allohning ulug‘ marhamatidir.
U sizlarni Yer yuzida xalifalar qilib qoʻygan Zotdir. Bas, kimki Allohga kufr keltirsa, kufri faqat oʻzining zararigadir. Kofirlarning kufri ularga Robbilari huzurida faqat g‘azabni orttiradi. Kofir boʻlganlarning kufri ularga ziyondan boshqa narsani orttirmaydi.
Biz Muhammadga sheʼrni oʻrgatmadik va unga shoirlik toʻg‘ri kelmaydi. Bu vahiy faqat zikr va aniq Qurʼondir.
Biz uni bir tomchi nutfadan yaratganimizni, inson bilmaydimi?! Endi, esa u birdan, ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi!
Ey Muhammad, ularga: “U chirigan suyaklarni birinchi marta paydo qilgan Zotning Oʻzi uni qayta tiriltiradi. U har bir yaratilgan narsani biluvchidir”, deb ayting.
Osmonlar va Yerni yaratgan Zot yana ularning oʻxshashini yaratishga qodir emasmi?! Yoʻq, albatta, qodirdir. U koʻplab yaratuvchi va hamma narsani biluvchidir.
Soʻngra Yunusni dengizga uloqtirishdi, uni malomatga qolgan holida bir nahang baliq yutib yubordi.
Keyin Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik.
Faqat doʻzaxga kiruvchi boʻlgan kimsalarnigina fitna qilasizlar.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlarga yetkazgan mana shu soʻzlarim ulug‘ bir xabardir”, – deb ayting.
Ushbu Qurʼon olamlar uchun faqat bir eslatmadir.
Ogoh boʻlingiz, ey insonlar, xolis din yolg‘iz Allohnikidir. Undan oʻzgani doʻstlar qilib olgan kimsalar: “Biz faqat ularga bizni Allohga juda yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz”, – deydilar. Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida ixtilof qilayotgan narsalari xususida ularning oʻrtasida haq bilan hukm qiladi. Albatta, Alloh yolg‘onchi va noshukr kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Agar Alloh farzand tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan boʻlar edi. U bunday aybdan pokdir. U Alloh, yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsada g‘olib – Qahhor Zotdir.
U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. U kechani kunduzning ustiga oʻraydi, kunduzni esa kechaning ustidan oʻraydi. U quyoshni ham, oyni ham amriga boʻysundirib qoʻygan. Ularning har biri maʼlum muddatgacha yurib boradi. Ogoh boʻlinglar, U hamma narsaga kuchi yetuvchi – Aziz va bandalariga oʻta kechirimli G‘affor Zotdir!
U sizlarni bir jondan yaratdi, soʻngra undan jufti Havvoni paydo qildi. Sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratib tushirdi. U sizlarni onalaringizning qornida uch tabaqa zulmat ichida asta-sekin yaratadi. Ana shu Alloh – Robbingizdir. Barcha mulk faqat Unikidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Unga ibodat qilmay qay tomonga burilib ketyapsizlar?!
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Bas, ey mushriklar, Undan oʻzga xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar. Ey Muhammad, ularga: “Chinakam ziyon koʻruvchilar qiyomat kunida oʻzlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh boʻlinglarki, ana shu aniq ziyonkorlikdir”, – deb ayting.
Ey Muhammad, ularga Mening nomimdan: “Ey oʻz jonlariga zulm qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar! Shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, deb ayting.