Alloh Muhammadni yana ulardan boshqalarga – dunyoga keyin kelib ularga yetisha olmagan insonlar uchun ham yubordi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh Muhammadni yana ulardan boshqalarga – dunyoga keyin kelib ularga yetisha olmagan insonlar uchun ham yubordi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg‘iz Unga xosdir. U har narsaga qodir Zotdir.
U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizlardan baʼzilaringiz kofir va sizlardan baʼzilaringiz moʻmindir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Alloh – Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, moʻminlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar.
Darvoqe, Alloh sizlar uchun maʼlum miqdorda kafforat toʻlab qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan. Alloh sizlarning Xojangizdir. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey Hafsa va Oisha, agar sizlar bu qilmishlaringiz uchun Allohga tavba qilsangizlar oʻzlaringiz uchun yaxshidir. Chunki dillaringiz biroz haq yoʻldan toyib ketdi. Agar sizlar Payg‘ambarning zarariga hamkorlik qilsangizlar, u holda, shubhasiz, Allohning Oʻzi ham, Jabroil ham, solih moʻminlar ham uning himoyachisidir. Yana, bulardan keyin farishtalar ham Payg‘ambarga yordamchidir.
Mutlaq hukmronlik Uning qudrat qoʻlida boʻlgan Zot – Alloh buyukdir va U har narsaga qodirdir.
U oʻlim va hayotni sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun yaratgan Zotdir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
Soʻngra koʻzingizni qayta-qayta osmonga qarating, koʻzingiz sizga xorib, charchagan holda qaytadi.
Axir yaratgan zot Oʻzi yaratgan narsalarini bilmaydimi?! U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
U sizlarga yerni boʻysundirib qoʻygan Zotdir. Bas, u Yerning har tomonida kezib yuraveringlar va Allohning bergan rizqidan yenglar. Qiyomatda tirilib chiqish Uning huzurigadir.
Rahmondan boshqa sizlarga yordam beradigan lashkarlaringiz kim oʻzi?! Kofirlar esa faqat aldanishdalar.
Ey Muhammad, kofirlarga: “U Alloh sizlarni yoʻqdan bor qilgan va sizlar uchun quloq, koʻzlar va dillarni ato qilgan Zotdir. Sizlar esa juda oz shukr qilasizlar”, – deb ayting.
Yana ularga: “U sizlarni Yer yuzida yaratib koʻpaytirgan Zotdir. Sizlar qiyomatda Uning huzuriga toʻplanasizlar”, – deb ayting.
Ey Rasulim ularga: “U Rahmon mehribondir. Biz Unga iymon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olasizlar” – deb ayting.
Ey Rasulim ularga: “U Rahmon mehribondir. Biz Unga iymon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olasizlar” – deb ayting.
Albatta, Robbingiz Uning yoʻlidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.
Albatta, Robbingiz Uning yoʻlidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.
Bas, ey Muhammad, Robbingizning hukmiga sabr qiling va nahang balig‘i sohibi Yunus payg‘ambar singari besabr boʻlmang! Qaysiki, u baliq qornida turib g‘amga toʻlgan holda Robbisiga nido qilgan edi.
Agar unga Robbisi tomonidan neʼmat yetmaganida, albatta, mazammatga qolgan holida quruqlikka uloqtirilgan boʻlar edi.