Holbuki, u Qurʼon barcha olamlar uchun eslatmadir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Holbuki, u Qurʼon barcha olamlar uchun eslatmadir.
U biror shoirning soʻzi emasdir. Sizlar ushbu Qurʼonga naqadar oz iymon keltirasizlar?!
U mashriq va mag‘ribning Robbisidir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, faqat Uni vakil qilib oling!
Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Biz doʻzax sohiblarini qoʻriqchi qilib, faqat farishtalardan qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanog‘ini oʻn toʻqqizta qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilsinlar va iymon keltirgan kimsalarning iymonlari yanada ziyoda boʻlsin hamda kitob berilgan kimsalar ham, moʻminlar ham bu xususda shak-shubha qilmasinlar. Yana dillarida munofiqlik illati boʻlgan kimsalar va kofirlar: “Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?” – deyishlari uchun shunday qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi va Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Robbingizning qoʻshinlari boʻlgan farishtalarning adadi va sifatini yolg‘iz Uning Oʻzi biladi. U jahannam insoniyat uchun bir eslatmadir.
Ular faqat Alloh xohlaganida Qurʼondan eslatma oladilar. U Oʻzidan qoʻrqilishga loyiq va bandalari uchun mag‘firat Egasidir.
Hamda u Allohdan qoʻrqqan holida kelgan kishi edi.
U payg‘ambar g‘aybga baxil emasdir.
Bu Qurʼon Allohning dargohidan quvilgan shaytonning soʻzi emasdir.
U Qurʼon, haqiqatan, butun olamlar uchun eslatmadir.
Albatta, Uning Oʻzi boshlaydi va qaytaradi.
U moʻminlarga nisbatan kechirimli va doʻstdir.
Yoʻq! Balki, u ulug‘ Qurʼondir.
U hazil soʻz emasdir.
Albatta, sizni yomonlovchining oʻzi barcha yaxshiliklardan uzilgandir.
Ey Muhammad: “U Alloh yagonadir”, – deb ayting.