Ey iymon keltirganlar, Allohning hajga doir belgilarini, jang qilish harom qilingan oylarni, qurbonlik uchun keltirilgan hadyalarni, qurbonlikka atalganini bildirish maqsadida ularga ilib qoʻyilgan taqinchoqlarni hamda Robbilaridan fazlu karam va rozilik istab Bayt ul-Haromga niyat qilib keluvchilar haqini poymol qilishni oʻzingizga halol deb hisoblamanglar. Ehromdan chiqib halol boʻlgach, bemalol ov qilaveringlar. Sizlarni Masjid ul-Haromga borishga qarshilik koʻrsatgan qavmning xusumati ularga dushmanlik qilishingizga jalb qilmasin. Sizlar, faqat ezgulik va taqvo yoʻlida koʻmaklashinglar, gunoh va dushmanlik yoʻlida esa hamkorlik qilmanglar. Allohdan qoʻrqinglar va Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.

