Nuh ularga: “Uning yurishi ham, toʻxtab turishi ham Allohning ismi bilan deb, kemaga mininglar. Albatta, Robbim gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак ج ر ي образовано 64 аятов.
oqayotgan, oqizib olib ketuvchi, oqadi, oqib bormoqda, va yurgizgani (payt), suzishi ham, o'tkazganida, oqib bormoqda, oqib borishi uchun, oqib borar edi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Nuh ularga: “Uning yurishi ham, toʻxtab turishi ham Allohning ismi bilan deb, kemaga mininglar. Albatta, Robbim gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – dedi.
U kema ularni tog‘lardek toʻlqinlar ichida olib borar ekan, Nuh bir chetda qolgan oʻg‘liga nido qilib: “Ey oʻg‘ilcham, biz bilan kemaga mingin. Kofirlar bilan birga boʻlmagin”, – dedi.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
Taqvodor kishilar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli uning tagidan anhorlar oqib turadi, mevalari va soyalari doimiydir. Mana bu taqvo qilgan kimsalarning chiroyli oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa mangu doʻzaxdir.
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlar esa taglaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritildilar. Robbilarining izni bilan ular u yerda abadiy qoluvchidirlar. Ularning jannatdagi salomlashishlari bir-birlariga salomatlik tilashdir.
Alloh osmonlar va Yerni yaratgan va osmondan suv yog‘dirib, keyin u tufayli sizlarga rizq boʻladigan mevalarni undirib chiqargan Zotdir. Oʻz amri bilan dengizda suzib yurishi uchun sizlarga kemalarni xizmatkor qilib qoʻygan. Hamda suvlaridan foydalanishingiz uchun daryolarni ham sizlarga beminnat boʻysundirgan.
Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu Adn jannatlariga kiradilar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Alloh taqvo qilganlarni ana shunday mukofotlaydi.
Aynan ular uchun ostilaridan anhorlar oqib turadigan mangu Adn nomli jannatlar bor boʻlib, ular u yerda oltin bilakuzuklar bilan bezanadilar hamda yupqa va qalin ipakdan yashil liboslar kiyib soʻrilarda suyanib oʻtiradilar. U naqadar yaxshi mukofot va naqadar chiroyli boʻlgan maskan.
Ularga ostidan anhorlar oqadigan, u yerda doimiy qoladigan Adn nomli mangulik jannatlari boʻladi. Bu shirk va kufrdan pok boʻlgan kishilarning mukofotidir.
Sulaymonga esa shiddatli shamolni boʻysundirdik. Uning buyrug‘i bilan shamolni Biz ichini muborak qilgan Shom diyoriga esadigan qilib qoʻydik. Biz boʻlayotgan barcha narsalarni biluvchi edik.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va marvaridlar bilan bezanadilar. U yerdagi kiyimlari esa ipakdan boʻladi.
Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzib ketayotgan kemalarni boʻysundirib qoʻyganini hamda osmonni Uning iznisiz yerga qulab tushishdan tutib turishini koʻrmadingizmi?! Shubhasiz, Alloh odamlarga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar istasa, sizga shu dunyodayoq ular aytgan narsalardan yaxshirog‘ini, tagidan anhorlar oqib turadigan bog‘larni va siz uchun qasrlar qilib bera oladigan Zot ulug‘dir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda tagidan anhorlar oqib turadigan qasrlarga joylashtiramiz. Ular u yerda mangu qoladilar. Chiroyli amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir.
Sizlarga Oʻz rahmatidan bahramand qilishi uchun hamda Uning fazlidan rizq talab qilishingiz uchun shamollarni yomg‘irdan xushxabar beruvchi qilib yuborishi va amri bilan dengizda kemalarning suzib yurishi, Allohning qudratiga dalolat qiladigan belgilaridan biridir.
Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni esa kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatgacha yuradigan qilib boʻysundirib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Kemalar Allohning neʼmati bilan sizga Uning moʻʼjizalarini koʻrsatish uchun dengizda suzib yurganini koʻrmadingmi?! Albatta, bunda qiyinchiliklarga sabr qiluvchi va neʼmatlarga shukr qiluvchilar uchun belgilar bordir.
Alloh kechani kunduzga kiritadi va kunduzni kechaga kiritadi. U quyoshni va oyni sizlarning manfaatingiz uchun xizmatkor qilib qoʻygan. Har biri muayyan muddatgacha yurib boradi. Ana shu sizlarning Robbingiz – Allohdir, podshohlik faqat Unikidir. Ey mushriklar, sizlar U Zotni qoʻyib iltijo qilayotgan narsalaringiz esa, danak poʻstlog‘icha ham narsaga ega emaslar.
Quyosh toʻxtamay oʻz qarorgohi tomon yurib boradi. Bu qudratli va barcha narsani biluvchi Zotning oʻlchovidir.