Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va ulardan yuz oʻgirib takabburlik qilgan kimsalar uchun samo eshiklari ochilmaydi. Toki tuya igna teshigiga kirmaguncha jannatga kira olmaydilar. Biz gunohkorlarni ana shunday jazolaymiz.
От искомого вами масдар-узак ج م ل образовано 11 аятов.
tuya, chiroyli tarzda, chiroyli, bir chiroy, barchasi, bir arqondir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va ulardan yuz oʻgirib takabburlik qilgan kimsalar uchun samo eshiklari ochilmaydi. Toki tuya igna teshigiga kirmaguncha jannatga kira olmaydilar. Biz gunohkorlarni ana shunday jazolaymiz.
Uning koʻylagi ustiga bir chorva hayvonining qonini surib soxta qon bilan keltirdilar. Yaʼqub oʻg‘illariga qarab: “Yoʻq, sizlarga nafsingiz bu yomon ishni qilishga undagan. Bas, mening vazifam chiroyli sabr qilishdir. Nima ham deyman, siz taʼriflayotgan voqealarga chidash uchun Alloh menga madadkordir.
Yaʼqub ularga: “Aksincha, sizlarga nafsingiz yomon ishni chiroyli qilib koʻrsatibdi. Endi mening ishim chiroyli sabr qilmoqdir. Shoyad, Alloh ularning ikkovini jamlab yana bag‘rimga keltirsa. Albatta, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani faqat haq hikmat bilan yaratdik. Qiyomat soati ham, albatta, keluvchidir. Bas, shunday ekan, siz johillarning ozorlariga sabr qiling va ularga chiroyli muomalada boʻlib turing.
Hamda sizlar uchun ularda kechqurun yaylovdan qaytarayotgan va tongda oʻtloqqa olib ketayotgan paytingizda chiroyli manzara namoyon boʻladi.
Kufr keltirgan kimsalar: “Muhammadga Qurʼon yaxlit bir toʻplam holida nozil qilinsa boʻlmasmidi?” – deydilar. Ey Muhammad, qalbingizni bu Qurʼon bilan sobit qilish uchun shunday qildik. Hamda uni boʻlib-boʻlib tartil bilan bayon qildik.
Ey Payg‘ambar, juftlaringizga: “Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini istaydigan boʻlsangizlar, u holda kelinglar, men sizlarni oʻsha narsalar bilan bahramand qilay va yaxshilikcha javob berib, qoʻyib yuboray”, – deb ayting.
Ey moʻminlar, qachonki, sizlar moʻminalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, soʻngra ularga jinsiy teginishdan oldin ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda yoʻqdir. Bas, ularni ozgina moddiy bahramand qilib, chiroyli kuzatish bilan qoʻyib yuboringlar.
Bas, ey Muhammad, kofirlarning ozorlariga chiroyli sabr qiling!
Mushriklarning aytayotgan soʻzlarga sabr qiling hamda ularni chiroyli usulda tark qiling!
Ular xuddi sariq tuyalarga oʻxshaydi.