Qiyomat kunida Alloh: “Sizlar Mening sheriklarim deb oʻylagan butlaringizni chaqiringlar”, – deydi. Bas, ularni chaqiradilar, lekin ularga javob bermaydilar. Chunki Biz ularning oʻrtalariga halokatli chuqurlik qilib qoʻyganmiz.
От искомого вами масдар-узак ج و ب образовано 43 аятов.
javob beraman, U holda ular ham javob bersinlar, chaqirig'iga amal qildilar, va javob berdi, sizga javob berildi, ijobat qiladi, javobi, javob bersinlar, javob bergan edi, chaqirig'iga joshing
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Qiyomat kunida Alloh: “Sizlar Mening sheriklarim deb oʻylagan butlaringizni chaqiringlar”, – deydi. Bas, ularni chaqiradilar, lekin ularga javob bermaydilar. Chunki Biz ularning oʻrtalariga halokatli chuqurlik qilib qoʻyganmiz.
Shuningdek, Nuhga ham hikmat va ilm berdik. Oldin u Bizga nido qilganida, uning nidosiga ijobat qildik, keyin oʻzini va ahlini buyuk g‘amdan qutqardik.
Bas, Biz uning duosini ijobat qilib, undagi zahmatni ketkazdik. Hamda Oʻz huzurimizdan rahmat qilib, ibodat qiluvchilarga eslatma boʻlsin, deb Ayyubga oilasini va ular bilan qoʻshib, yana ularning barobaricha ahlu avlod ato qildik.
Bas, uning duosini qabul qildik va uni g‘amdan xalos qildik. Biz moʻminlarga mana shunday najot beramiz.
Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.
Lut qavmining javobi esa faqat: “Lutning oilasini qishlog‘ingizdan haydab chiqaringlar. Darhaqiqat, ular juda poklanib ketayotgan kishilardir, – deb masxaralab gapirishlari boʻldi.
Yoki nochor odam duo qilgan paytda duosini ijobat qiladigan va undan yomonlikni ketkazadigan hamda sizlarni Yer yuzining oʻrinbosarlari qiladigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Bu oʻgitlardan juda kam eslatma olasizlar!
Bas, agar sizga javob bera olmasalar, unda bilingki, ular faqatgina havoyi nafslariga ergashmoqdalar. Alloh tomonidan hidoyat topmay havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ham adashganroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmaydi.
Ularga: “Sheriklaringizni yordamga chaqiringlar”, – deyiladi. Ular soxta xudolarni yordamga chaqiradilar, lekin ularga javob bermaydilar va dahshatli azobni koʻradilar. Koshki, ular hidoyat topgan boʻlganlarida edi.
U kunda Alloh ularga nido qilib: “Daʼvatlari uchun payg‘ambarlarga nima deb javob qilgan edingiz?” – deydi.
Bas, Ibrohimga qavmining javobi faqat: “Uni oʻldiringlar yoki olovda kuydiringlar”, – deyish boʻldi. Soʻngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir!
Haqiqatan, ham sizlar xotinlaringizni qoʻyib yaqinlik uchun erkaklarga kelyapsizlar, yoʻltoʻsarlik qilyapsizlar, yig‘ilishlaringizda xunuk ishlarni amalga oshiryapsizlar. Shunda Lut qavmining unga javobi faqat: “Agar daʼvoingda rostgoʻy kishilardan boʻlsang, bizlarga Allohning azobini keltir”, – deyishdan iborat boʻldi.
Agar sizlar ularni chaqirsangiz, chaqirig‘ingizni ham eshitmaydilar. Agar eshitsalar ham sizlarga javob bera olmaydilar va qiyomat kunida ularni Allohga sherik qilganlaringizni inkor qiladilar. Ey Muhammad, dunyo va oxirat haqida sizga xabardor Zot Allohdek hech kim xabar bera olmaydi.
Qasam boʻlsinki, Nuh payg‘ambar qavmidan shikoyat qilib, Bizga nido qildi. Bas, Biz duolarni naqadar yaxshi ijobat qiluvchimiz!
Robbingiz: “Menga duo qilinglar, Men sizlarning duolaringizni ijobat qilaman”, – dedi. Albatta, Menga qullik qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda boʻyinlarini eggan holarida jahannamga kiradilar.
Allohning dini haqida uni qabul qilinganidan soʻng odamlarni adashtirish uchun talashadigan kishilarning hujjatlari Robbilari nazdida botildir. Ularga bu dunyoda g‘azab, oxiratda esa shiddatli azob bordir.
U iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning duolarini ijobat qiladi va ularga Oʻz fazlidan ziyoda qiladi. Kofirlar uchun esa shiddatli azob bordir.
Ular Robbilarining har bir amriga ijobat etgan va namozni toʻliq ado etgan zotlardir. Ularning ishlari oʻzaro maslahat bilan boʻladi va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan muhtojlarga ehson qiladilar.
Ey insonlar, Alloh tomonidan hech ortga qaytarib boʻlmaydigan bir kun kelib qolishidan oldin Robbingizning amrlariga ijobat itoat qilinglar. U kunda sizlar uchun panoh boʻlmaydi. Sizlar uchun qilib oʻtgan ishlaringizni inkor qilish imkoni ham boʻlmaydi.
Allohni qoʻyib, qiyomat kunigacha ham chaqiriqqa javob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan ham adashganroq kim bor?! Holbuki, u jonsiz butlar oʻsha mushriklarning duolaridan bexabardirlar.