Shuningdek, sizlarga Undan soʻragan barcha narsalardan berdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanaydigan boʻlsangiz, aslo sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson juda zolim va oʻta noshukrdir.
От искомого вами масдар-узак ح ص ي образовано 11 аятов.
sana olmaysiz, yanada yaxshi hisoblashini, har (qilgan) narsani sanab chiqarmoqda, ularni qurshagan, batafsil qayd qildik, uni sangan, va sanang, va sangan, sizning uni sana olmasligingizni, sagan edik
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shuningdek, sizlarga Undan soʻragan barcha narsalardan berdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanaydigan boʻlsangiz, aslo sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson juda zolim va oʻta noshukrdir.
Agar Allohning neʼmatlarini sanaydigan boʻlsangiz, aslo uning sanog‘iga yeta olmaysiz. Albatta, Alloh bandalariga kechirimli va rahmlidir
Soʻngra ularning ichidagi qancha uxlaganlari haqida tortishadigan ikki guruhdan qaysi biri turgan muddatlarini toʻg‘ri hisoblaganini bilish uchun ularni qayta uyg‘otdik.
Soʻng har bir kishining nomai aʼmoli bitilgan kitobi oʻz qoʻliga keltirib qoʻyiladi. Bas, gunohkorlarning undagi yozilgan narsalardan qoʻrquvga tushib: “Holimizga voy boʻlsin! Bu qanday kitobdirki, na kichik va na katta gunohni qoldirmay, barchasini hisoblab qoʻyibdi”, – deyishlarini koʻrasiz. Ular qilgan neki amallari boʻlsa, barchasini hozir holda topadilar. Robbingiz hech kimga zulm qilmaydi.
Albatta, Alloh ularni qamrab olgan va adadini sanab qoʻygandir.
Albatta, Biz qiyomatda oʻliklarni tiriltiramiz va ularning taqdim qilgan narsalarini va hayotda qoldirgan izlarini yozib boramiz. Barcha narsani ochiq-oydin kitobda hisoblab qoʻyganmiz.
Oʻsha kunda Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, dunyoda qilgan amallarining xabarini beradi. U amallarni Alloh hisoblab qoʻygan. Odamlar esa unutib yuborganlar. Alloh barcha narsaga guvohdir.
Ey Payg‘ambar, qachonki, sizlar xotinlaringizni taloq qilsangizlar, ularning poklik paytlaridagi iddalarida taloq qilinglar va iddani sananglar. Robbingiz boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar. Idda tugaguncha ularni yashab turgan uylaridan chiqarmanglar va ular ham oʻzlaricha chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh ishni qilsalargina uylaridan chiqariladilar. Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan chiqsa, demak, u oʻziga zulm qilibdi. Siz bilmaysiz, ehtimol, Alloh bu taloqdan keyin biror ishni paydo qilar.
Toki payg‘ambarlar Robbilarining elchilik vazifalarini ummatga yetkazganliklarini bilish uchun shunday qiladi. Alloh payg‘ambarlar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olgan. Hamda borliqdagi har bir narsaning sanog‘ini hisoblab qoʻygandir.
Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, yozib qoʻyganmiz.