Nuh Robbisiga nido qilib: “Ey Robbim, oʻg‘lim mening ahlimdan. Sening esa oilamga najot berish toʻg‘risidagi vaʼdang haqdir. Sen hukm qiluvchilarning eng adolatlisisan”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак ح ق ق образовано 287 аятов.
haqdir (haqiqatdir), haqiqatni, haqqini, haq, to'g'rini, haqdir, haqiqat, haqiqat bilan, to'g'ri bir, bir haqiqat ekanini
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Nuh Robbisiga nido qilib: “Ey Robbim, oʻg‘lim mening ahlimdan. Sening esa oilamga najot berish toʻg‘risidagi vaʼdang haqdir. Sen hukm qiluvchilarning eng adolatlisisan”, – dedi.
Qavm Lut payg‘ambarga: “Qizlaringga hojatimiz yoʻqligini aniq bilasan va biz nima xohlayotganimiz senga maʼlum”, – deyishdi.
Ey Rasulim, sizga payg‘ambarlarning xabarlaridan qalbingizni mustahkam qiladigan qissalarni aytib beryapmiz. Bu qissalarda sizga haqiqat, nasihat hamda barcha moʻminlar uchun eslatmalar keldi.
Shunda podshoh u ayollarni toʻplab: “Yusufning nafsidan shahvoniy istak talab qilganingizda nima boʻlgan, u ham sizlarga mayl koʻrsatganmidi”, – dedi. Ayollar: “Alloh saqlasin! Bizlar undan biron yomonlikni sezmadik”, – dedilar. Hokimning xotini Zulayho: “Mana endi haqiqat roʻyobga chiqdi. Men uning nafsidan jinsiy mayllik talab qilgan edim. U chindan ham rostgoʻylardan edi”, – dedi.
Yusufning saroyiga kelganlaridan keyin u ota-onasini oʻz taxtiga chiqardi va hammasi unga sajda qilgan hollarida yiqildi. Yusuf otasiga: “Ey otajon, mana shu qirq yil avval koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni haqiqatga chiqardi. Darhaqiqat, U zindondan chiqargan payt menga yaxshilik qildi. Shayton men bilan akalarim orasini buzib ig‘vo qilganidan keyin mana sizlarni sahrodan Misrga eson-omon holingizda keltirdi. Albatta, Robbim xohlagan narsani lutf qiluvchidir. Shubhasiz, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.
Alif, Lom, Mim, Ro. Bular muqaddas Kitob boʻlgan Qurʼon oyatlaridir. Ey Muhammad, sizga nozil qilingan bu Qurʼon ayni haqiqatdir, lekin shunda ham odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydilar.
Haqiqiy duo, faqat Unga qilinadi. Undan boshqani qoʻyib butlariga iltijo qilayotganlarida u mushriklarning birorta duosini ijobat qilmaydi. Ular xuddi ikki kaftini suvga uzatib, suv og‘ziga yetib kelishini kutib turgan odamga oʻxshaydilar. Vaholanki, u suv unga yetib keluvchi emasdir. Kofirlarning duosi yoʻqotishdan boshqa narsa emas.
Alloh taolo osmondan suv yog‘dirgach, vodiylarda oʻz miqdoricha sel oqib toshadi. Shunda sel oʻz ustiga chiqib qolgan koʻpiklarni ham koʻtarib keladi. Odamlar zeb-ziynat yoki asbob-uskuna yasash uchun toblab yoqadigan olovlardan ham shunga oʻxshash koʻpik va chiqindi paydo boʻladi. Alloh haq bilan botilni mana shunday misol bilan bayon qiladi. Ammo koʻpik oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi. Odamlarga foyda beradigan narsa esa yerda qoladi. Alloh ibratli misollarni ana shu tarzda keltiradi.
Ey Muhammad, sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaning, shubhasiz, haq ekanini biladigan kimsa qalb koʻzi koʻr odam kabi boʻladimi? Undan faqatgina, aql egalari eslatma oladi.
Ey odamzod, Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi?! Agar u xohlasa sizlarni ketkazib, oʻrningizga boshqa yangi xalqni keltiradi.
Qachonki, jannat ahli jannatga, doʻzax ahli doʻzaxga hukm qilinib ish bitgach, shayton ularga: “Shubhasiz, Alloh sizlarga haq vaʼda qilgan edi. Men esa vasvasa qilib sizga vaʼda berdim-u, lekin vaʼdamga xilof qildim. Menda ustingizdan hech qanday hukmronlik yoʻq edi. Lekin sizlarni botil yoʻlga chaqirsam, oʻzingiz menga javob qildingiz. Endi meni emas, oʻzingizni malomat qiling. Bugun men sizning qutqaruvchingiz emasman, siz ham meni azobdan qutqaruvchi emassiz. Shundoq ham men sizlar ilgari meni Allohga sherik qilganingizni inkor qilganman. Albatta, u zolimlar uchun alamli azob bor”, – dedi.
Biz esa farishtalarni faqatgina kofirlar ustiga haq boʻlgan azob bilan tushirarmiz va u holda kofirlar kutib turilmay halok qilinadilar.
Farishtalar: “Biz senga chindan ham farzand koʻrishing xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan boʻlmagin”, – dedilar.
Biz senga azobni chindan ham keltirdik. Biz, albatta, rostgoʻylarmiz.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani faqat haq hikmat bilan yaratdik. Qiyomat soati ham, albatta, keluvchidir. Bas, shunday ekan, siz johillarning ozorlariga sabr qiling va ularga chiroyli muomalada boʻlib turing.
U Zot osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. Alloh mushriklar shirk keltirayotgan narsalardan pok va ulug‘dir.
Darhaqiqat, Biz har bir ummatga: “Yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar va shaytondan uzoqlashinglar”, – deb, payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular orasidan Alloh hidoyat qilganlari ham, yoʻldan ozishlari qatʼiy boʻlganlari ham boʻlgan. Bas, Yer yuzida kezib, payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlarning oqibati qanday boʻlganini koʻringlar.
Kofirlar jon-jahdlari bilan: “Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmaydi”, – deb Alloh nomi bilan qasam ichdilar. Yoʻq, albatta, tiriltiradi. Bu Uning zimmasidagi haq vaʼdadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Ey Muhammad, ularga: “Ruh ul-Qudus bu Qurʼonni dinda sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat boʻlgan holda haq bilan nozil qildi”, – deb ayting.
Biz qachonki, biror-bir shaharni halok qilishni istasak, uning maishatparastlarini yuborgan payg‘ambarlarimizga itoat qilishga buyuramiz. Ana shundan keyin ular u yerda itoat qilmay buzg‘unchilik qiladilar. Bas, ularga azob tushishi haqidagi soʻzimiz muqarrar boʻladi. Keyin u shahar aholisini yakson qilib vayronaga aylantiramiz.