Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
От искомого вами масдар-узак ح م د образовано 63 аятов.
hamd bo'lsin, seni maqtab, maqtalgan, maqtalishni, maqtovga loyiqdir, hamd aytganlar, hamd bo'lsindir, uning maqtovi bilan, va maqtovga loyiq bo'lganining, hamd bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
Ey Rasulim, Robbingiz farishtalarga qarata: “Men Yer yuzida Odamni xalifa qilmoqchiman”, – deganida, farishtalar: “U yerda buzg‘unchilik qiladigan, nohaq qon toʻkadigan kimsalarni xalifa qilib yaratasanmi? Shundoq ham biz Senga hamd va sanoing bilan tasbeh aytib va Seni muqaddas deb bilamizku”, – deb aytganlar. Shunda Alloh: “Albatta, Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman”, – dedi.
Ey iymon keltirganlar, kasbu koringizdan topganlaringizni va Biz sizlar uchun Yerdan undirib chiqargan hosillardan sifati yaxshilarini xayru ehson qilinglar. Oʻzingizga berilganda uni, faqat yoqtirmay koʻz yumib oladigan darajadagi yomon va sifatsizlaridan berishni koʻzlamanglar. Shubhasiz, Alloh maqtovga sazovor – Hamid va hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy Zot ekanini bilinglar.
Ey Rasulim, qilgan yomon ishlariga suyunib, qilmagan yaxshi ishlariga maqtalishni xush koʻradigan kimsalarni azobdan najotda deb hisoblamang.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Sizlardan avvalgi kitob berilgan kimsalarga ham, sizlarga ham, Allohdan qoʻrqinglar, deb buyurganmiz. Agarda iymon keltirmay, kufr yoʻlida ketsangizlar, bilib qoʻyinki, osmonu Yerdagi barcha narsa Allohnikidir. Shubhasiz, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘ani va maqtovga sazovor – Hamid Zotdir.
Osmonlaru Yerni yaratgan, qorong‘iliklar va yorug‘likni paydo qilgan Allohga hamdu sanolar boʻlsin. Shundan keyin ham kufr keltirgan kimsalar Robbilariga boshqalarni tenglashtirmoqdalar.
Shunday qilib, zulm qilgan qavmlarning keti qirqildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar boʻlsin.
Jannat ahllarining dillaridan gina-kuduratlarni olib tashlaymiz. Ularning taglaridan anhorlar oqib turadi. Ular: “Bizlarni bu neʼmatlarga boshlagan Allohga hamdlar boʻlsin. Agar Alloh bizni bularga boshlamaganida, biz yoʻlimizni topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Mana bu sizlarga qilgan yaxshi amallaringiz uchun meros qilib berilgan jannat deb, nido qilinadi.
Ular qilgan gunohlariga tavba qiluvchilar, yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchilar, doimo hamdu sano aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, ruku va sajda qiluvchilar, odamlarni yaxshilikka buyuruvchilar va yomonlikdan qaytaruvchilar hamda Allohning tayin qilgan hududlari va buyruqlariga rioya qiluvchilardir. Ey Rasulim, moʻmin bandalarga xushxabar bering!
Ularning u yerdagi duolari: “Ey Alloh, Senga tasbeh aytamiz!” – deyish va u yerdagi soʻrashishlari “Salom”dir. Duolarining oxiri esa: “Olamlar Robbisi boʻlgan Allohga hamd!” – aytmoqlikdir.
Farishtalar unga: “Nima, Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey xonadon egalari, sizlarga Allohning rahmati va barakati boʻlsin! Albatta, U Zot oʻta maqtalgan va ulug‘langandir.
Momaqaldiroq ham Unga hamd bilan tasbeh aytadi. Farishtalar ham Undan qoʻrqqanlaridan tasbeh aytadilar. U Zot yashinlarni yuborib, Oʻzi xohlagan kishilarni ular Alloh haqida talashib-tortishib turganlarida u bilan uradi. Uning azob bilan ushlashi qattiqdir.
Alif, Lom, Ro. Ey Muhammad, bu Qurʼon Robbilarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga – izzatli va maqtalgan Zotning yoʻliga olib chiqishingiz uchun sizga nozil qilgan Kitobimizdir.
Muso yana oʻz qavmiga: “Agar sizlar ham va Yer yuzidagi barcha kishilar ham kufr keltiradigan boʻlsangiz, Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar. Zero, Alloh sizlarning shukr qilishingizdan behojat va maqtalgan Zotdir”, – dedi.
Menga keksalikda oʻg‘illarim Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd boʻlsin. Robbim, shubhasiz, duoni eshituvchidir.
Bas, Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting va yolg‘iz Allohga sajda qiluvchilardan boʻling.
Hech narsaga kuchi yetmaydigan qaram qul bilan Biz Oʻz tarafimizdan unga chiroyli rizq bergan va u undan yashirin va oshkora ehson qiladigan hur kimsa barobar boʻladimi?, – deb, Alloh bir misol keltiradi. Hamd yolg‘iz Allohga xosdir. Lekin ularning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Yetti qavat osmon va Yer hamda ulardagi bor jonzot Unga tasbeh aytadi. Borliqda Uning hamdi bilan poklab tasbeh aytmagan bir narsa yoʻq. Lekin siz ularning tasbehlarini fahmlamaysiz. Albatta, U bandalariga marhamatli boʻlgan – Halim va gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur Zotdir.
Alloh sizlarni mahsharga chaqiradigan kunda Unga hamd aytish bilan javob berasizlar va dunyoda juda oz muddat qolganingizni oʻylab qolasizlar.
Tunning bir qismida uyg‘onib tahajjudga turing. Bu sizga xos boʻlgan nafl ibodatidir. Shoyadki, Robbingiz sizni qiyomat kunida shafoat qiladigan maqtovli maqomda tiriltirsa.