U Bizga: “Chirigan suyaklarni kim ham tiriltira oladi?” – deb, masal keltirdi-yu, lekin oʻzining qanday yaratilishini unutib qoʻydi.
От искомого вами масдар-узак ح ي ي образовано 184 аятов.
saqlanadi, U sizni tiriltdi, tiriltadi, tirik qoldirayotgan edilar, tiriltadi, hayoti-, hayotini, hayotga, ular tiriklardir, tiriltib
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U Bizga: “Chirigan suyaklarni kim ham tiriltira oladi?” – deb, masal keltirdi-yu, lekin oʻzining qanday yaratilishini unutib qoʻydi.
Ey Muhammad, ularga: “U chirigan suyaklarni birinchi marta paydo qilgan Zotning Oʻzi uni qayta tiriltiradi. U har bir yaratilgan narsani biluvchidir”, deb ayting.
Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida sharmandalikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular jazoning yomonligini bilganlarida edi, payg‘ambarlarni inkor qilmagan boʻlar edilar.
Shunda ular: “Ey Robbimiz, Sen bizlarni ikki marta oʻldirding va ikki marta tiriltirding. Bas, bizlar dunyoda qilgan gunohlarimizni eʼtirof qildik. Endi, bu azobdan chiqishga biror yoʻl bormi?” – deydilar.
Bas, Muso ularga huzurimizdan haq payg‘ambarlik bilan kelganida, ular: “U bilan birga iymon keltirgan kimsalarning oʻg‘illarini oʻldirib, ayollarini buzuq niyatda foydalanish uchun tirik qoldiringlar” – dedilar. Biroq kofirlarning hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas.
Ey qavmim, bu oʻtkinchi dunyo hayoti faqat bir arzimas matodir. Albatta, oxirat barqarorlik diyoridir.
Albatta, Biz payg‘ambarlarimizga va iymon keltirgan kimsalarga dunyo hayotida ham, guvohlar hozir boʻlib turadigan qiyomat kunida ham yordam beramiz.
U hamisha tirikdir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, ey moʻminlar, sizlar dinni Unga xolis qilgan holingizda duo qilinglar. Barcha olamlarning Robbisi Allohga hamd boʻlsin.
U tiriltiradigan va oʻldiradigan Zotdir. Agar biror ishni hukm qilsa, unga faqat: “Boʻl!” – deydi, xolos. Bas, u ish boʻladi.
Bas, ularning ustiga mana shu dunyo hayotida xor qiluvchi azobni tottirib qoʻyish uchun mashʼum kunlarda ustilariga bir dahshatli boʻron yubordik. Oxirat azobi esa, shubhasiz, yanada sharmandali boʻladi va ularga oʻzlari sig‘inib yurgan butlari tomonidan hech qanday yordam berilmaydi.
Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning doʻstlaringizmiz. Sizlar uchun jannatda koʻngillaringiz tusagan narsalar va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir.
Uning qudratiga dalolat qiluvchi alomatlaridan biri yerni suvsizlikdan qaqragan holda koʻrishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga osmonda suv yog‘dirsak, u harakatga keladi va oʻsadi. Albatta, oʻsha yerni tiriltirgan Zot oʻliklarni ham tiriltira oluvchidir. Shubhasiz, U har bir narsaga qodirdir.
Uning qudratiga dalolat qiluvchi alomatlaridan biri yerni suvsizlikdan qaqragan holda koʻrishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga osmonda suv yog‘dirsak, u harakatga keladi va oʻsadi. Albatta, oʻsha yerni tiriltirgan Zot oʻliklarni ham tiriltira oluvchidir. Shubhasiz, U har bir narsaga qodirdir.
Yoki ular Allohdan oʻzgalarni doʻst tutib oldilarmi? Haqiqiy doʻst U Allohdir. U oʻliklarni tiriltiradi va U barcha narsaga qodirdir.
Sizga berilgan narsalar oʻtkinchi dunyo hayotining matohi, xolos. Iymon keltirgan va Robbilariga suyanadigan kimsalar uchun Allohning huzuridagi narsa dunyo matolaridan yaxshiroq va boqiyroqdir.
Ey Muhammad, Robbingizning rahmati boʻlgan payg‘ambarlikni ular taqsim qiladilarmi?! Dunyo hayotida ularning oralarida maishatlarini Biz taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻydik. Robbingizning rahmati esa ular yig‘ib boradigan boyliklaridan yaxshiroqdir.
Shuningdek, koʻplab zeb-ziynatlarni ham qilib qoʻyar edik. Zero, bularning barchasi faqat oʻtkinchi dunyo hayotining matohlaridir. Oxirat esa, Robbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir.
Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U oʻldiradi va tiriltiradi. U sizning ham Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Robbidir.
Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
Nahotki yomonliklarni kasb qilganlar oʻzlarini iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham barobar boʻlishini oʻyladilar?! Ular naqadar yomon hukm chiqarmoqdalar!