Ana shunday zolim kimsalar abadiy oxiratni unutib, uning oʻrniga oʻtkinchi dunyo hayotini sotib olgandirlar. Modomiki shunday ekan, ulardan azob yengillatilmaydi hamda ularga oxiratda jazodan qutulish uchun yordam berilmaydi.
От искомого вами масдар-узак خ ف ف образовано 17 аятов.
hech yengillatilmaydi, yengillatilmaydi, bir yengillatish, yengillatilmaydi, yengillatmoq, yengil kelsa, yengil, yengillashdi, (kerak) yengil ravishda, oson foydalanasiz yengil
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ana shunday zolim kimsalar abadiy oxiratni unutib, uning oʻrniga oʻtkinchi dunyo hayotini sotib olgandirlar. Modomiki shunday ekan, ulardan azob yengillatilmaydi hamda ularga oxiratda jazodan qutulish uchun yordam berilmaydi.
Kofirlar laʼnat va doʻzax ichida mangu qoladilar. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularning yuzlariga nazar ham qilinmaydi.
Ey moʻminlar, sizlarga nohaq va qasddan oʻldirilgan kishilar xususida ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilindi. Bordi-yu oʻldirilganning tug‘ishgan birodari tomonidan tovon toʻlash evaziga rozi boʻlinib u afv qilinsa, unda maʼqul tomonga ergashish va unga xunini chiroylik tarzda toʻlab berishi kerak. Bu hukm Robbingiz tomonidan sizlarga yengillik va rahmatdir. Agar kimda-kim shunday yengillik va rahmatdan keyin ham haddidan oshadigan boʻlsa, unga alamli azob bordir.
Ular u yerda mangu qoluvchilardir. Ulardan azob yengillatilmaydi va ularga muhlat ham berilmaydi.
Alloh sizlarga yengillik boʻlishini xohlaydi. Chunki inson zaif qilib yaratilgandir.
Agarda kimning tarozilari yengil kelsa, ana ular oyatlarimizga iymon keltirmay zulm qilganlari uchun oʻzlariga ziyon qilgan kimsalardir.
U sizlarni bir jondan yaratgan hamda unga uylanib orom topishi uchun undan jufti Havvoni vujudga keltirgan Zotdir. Vaqtiki, Odam unga qoʻshilgach, jufti Havvo yengil homilador boʻldi va shu holda u bilan bir muddat yurdi. Soʻngra homila og‘irlashib tug‘ish vaqti kelganda ikkovi Robbilariga duo qilib: “Agarda bizlarga solih bir farzand ato etsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Endi esa Alloh sizlardan yukni yengillashtirdi va sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizlardan yuzta sabrli moʻmin boʻlsa, endi ikki yuzta kofirni yengadi. Bordi-yu sizlardan ming nafar boʻlsa, Allohning izni bilan ikki ming nafarni yengadi. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.
Ey iymon keltirganlar, sizlarga og‘ir kelsa ham, yengil kelsa ham, jangga chiqinglar. Alloh yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilinglar. Agar bilsangiz edi, mana shu ishingiz siz uchun yaxshiroqdir.
Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan safar qilib koʻchib oʻtadigan kuningizda va yetib kelib joylashadigan kuningizda uni yengil koʻtarib keta oladigan chodir uylar qildi. Hamda qoʻylarning junlaridan, tuyalarning yunglaridan va echkilarning qillaridan maʼlum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va ashyolar qildi.
Zulm qilganlar qiyomatda azobni koʻrganlarida ulardan bu azob yengillatilmaydi va ularga muhlat ham berilmaydi.
Kimning tarozilari yengil boʻlsa, bas, ana oʻshalar nafslariga zarar qildilar. Ular jahannamda mangu qoluvchilardir.
Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Oxiratga ishonmaydigan kimsalar sizni sust deb hisoblamasinlar.
Kufr keltirgan kimsalarga esa jahannam otashi bordir. Ularga yana bir bor oʻlishlari uchun hukm qilinmaydiki oʻlsalar. Shu bilan birga, ulardan doʻzax azobi ham yengillatilmaydi. Biz har bir kofirni mana shunday jazolaymiz.
Shunda doʻzaxdagi kimsalar jahannam qoʻriqchilariga: “Robbingizga duo qilinglar, bizlardan biror kun azobni yengillatsin”, – deydilar.
Bas, firʼavn qavmini yerga urdi va ular unga itoat qildilar. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar.
Ammo kimning tortilgan yaxshi amallari yengil kelsa,