Ey iymon keltirganlar, ruku va sajda qilinglar hamda yolg‘iz Robbingizga ibodat qilinglar. Hamda doimo yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey iymon keltirganlar, ruku va sajda qilinglar hamda yolg‘iz Robbingizga ibodat qilinglar. Hamda doimo yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
Haqiqatan, moʻminlar najot topdilar.
Moʻminlar odamlarning topshirgan omonatlariga va oralaridagi ahdlariga rioya qiluvchi kimsalardir.
U faqat Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigan shaxsdir. Bizlar unga ishonuvchi kimsalar emasmiz.
Keyin ketma-ket payg‘ambarlar yubordik. Har safar biror ummatga oʻz payg‘ambari kelsa, uni yolg‘ochiga chiqardilar. Bas, Biz ularni birin-ketin halok qildik va ularni odamlar og‘zida aylanib yuradigan gaplarga aylantirib qoʻydik. Bas, iymon keltirmaydigan qavmga halokat boʻlsin!
Firʼavn va uning zodagonlari daʼvatni eshitgach: “Xuddi oʻzimizga oʻxshagan ikki kishiga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizlarga quldirlar”, – dedilar.
Robbilarining oyatlariga iymon keltiradigan kimsalar,
Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar bu yoʻldan ozuvchilardir.
Darvoqe, Mening bandalarim orasida bir guruh bordir. Ular: “Ey Robbimiz, Senga iymon keltirdik. Bas, bizlarni mag‘firat qil va bizlarga rahm qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng yaxshisisan”, – der edilar.
Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi boʻlsangizlar, Allohning dinidagi hukmlarni bajarishda sizlarni u ikkisiga nisbatan rahm-shafqat qilish tuyg‘ulari tutmasin. Shuningdek, ularning jazolanishida moʻminlardan bir guruh shohid boʻlsinlar.

Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrik ayolga uylanadi. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik erkak uylanadi. Bu nikoh moʻminlarga harom qilindi.
Ey moʻminlar, sizlar bu boʻhtonni eshitgan paytingizda moʻmin va moʻminalar bir-birlari haqida yaxshilikni oʻylab: “Bu aniq boʻhton-ku!” – desalar boʻlmasmidi?!
Ey moʻminlar, sizlar bu boʻhtonni eshitgan paytingizda moʻmin va moʻminalar bir-birlari haqida yaxshilikni oʻylab: “Bu aniq boʻhton-ku!” – desalar boʻlmasmidi?!
Agar moʻmin boʻlsangizlar, Alloh hech qachon unga oʻxshagan narsalarga boshqa qaytmasligingizni sizlarga vaʼz qiladi.
Albatta, iymon keltirgan kishilar orasida buzuq gaplar tarqalishini yaxshi koʻradigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh hamma narsani biladi, sizlar esa bilmaysizlar.
Ey iymon keltirganlar, shaytonning izidan ergashmanglar. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, shayton buzuqlik va yomonlikka buyuradi. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati boʻlmaganida edi, sizlardan biror kishi gunohdan poklanmas edi. Lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishisining gunohlarini poklaydi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Albatta, fahsh ishlardan bexabar pokiza va iffatli moʻmina ayollarga tuhmat toshi otadigan kimsalar bu dunyoda ham, oxiratda ham laʼnatlanadilar. Ularga katta azob bordir.
Ey iymon keltirganlar, oʻz uylaringizdan boshqa uylarga siz to ruxsat soʻramaguncha va ularning ahliga salom bermagungacha kirmanglar. Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Shoyadki, bu gapdan eslatma olsangizlar.
Ey Muhammad, moʻminlarga: “Koʻzlarini nomahram ayollarga qarashdan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar”, – deb ayting. Mana shu ular uchun eng toza yoʻldir. Albatta, Alloh ularning nima hunar qilayotganlaridan xabardor.