Biz Qurʼondan moʻminlar uchun shifo va rahmat manbai boʻlgan oyatlarni nozil qilamiz. Lekin bu oyatlar zolimlarga faqat ziyonni orttiradi.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz Qurʼondan moʻminlar uchun shifo va rahmat manbai boʻlgan oyatlarni nozil qilamiz. Lekin bu oyatlar zolimlarga faqat ziyonni orttiradi.
Haqni inkor qiluvchilar: “Toki bizlar uchun mana shu yerdan bir buloq chiqarib bermaguningcha, aslo senga iymon keltirmaymiz”, – dedilar.
Yoxud sening oltindan bir uying boʻlmaguncha yoki koʻz oʻngimizda osmonga koʻtarilib ketmaguningcha, hargiz senga iymon keltirmaymiz. Bizlarga oʻqiydigan biron kitob tushirmas ekansan, hatto, bu osmonga koʻtarilishingga ham aslo ishonmaymiz. Ey Rasulim, ularga: “Yo pok Parvardigorim, men faqat payg‘ambar boʻlgan bir odam edim-ku!” – deb ayting.
Odamlarga hidoyat kelgan paytda iymon keltirishidan toʻsgan narsa – bu ularning: “Alloh farishtalarni emas, balki odamzotni payg‘ambar qilib yuboribdimi?!” – deyishlari edi.
Ey Rasulim, mushriklarga: “Xoh unga ishoning, xoh ishonmang, hech farqi yoʻq. Zotan, undan oldin Tavrotdan ilm berilgan kishilar Qurʼon tilovat qilingan vaqtida sajda qilgan hollarida iyak yuzlari bilan yerga yiqiladilar”, – deb ayting.
Ey Rasulim, mushriklarga: “Xoh unga ishoning, xoh ishonmang, hech farqi yoʻq. Zotan, undan oldin Tavrotdan ilm berilgan kishilar Qurʼon tilovat qilingan vaqtida sajda qilgan hollarida iyak yuzlari bilan yerga yiqiladilar”, – deb ayting.
Qurʼon haq va toʻg‘ridir. Oʻz huzuridan keladigan qattiq azob bilan ogohlantirish va yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga chiroyli mukofot xushxabarini berish uchun nozil boʻlgan.
Ey Muhammad, ular ushbu Allohdan nozil boʻlgan soʻzga iymon keltirmasalar, ehtimol, siz ularning ortidan, afsuslik bilan oʻzingizni halok qilmoqchi boʻlarsiz?!
Ey Rasulim, Biz sizga ularning xabarini roʻy-rost aytib beramiz. Darhaqiqat, ular Robbilariga iymon keltirgan va Biz ularga hidoyatni ziyoda qilgan yigitlardir.
Ey Rasulim, ularga: “Bu Qurʼon Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon keltirsin, xohlagan kimsa kofir boʻlsin”, – deb ayting. Albatta, Biz zolimlar uchun devorlari ularni oʻrab oladigan doʻzaxni tayyorlab qoʻyganmiz. Agar ular tashnalikka chidolmay suv deb yordam soʻrasalar, yuzlarni kuydiruvchi, eritilgan yog‘ga oʻxshash suv bilan yordam beriladilar. U naqadar yomon ichimlik va naqadar yomon boshpana.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar haqida esa, albatta, Biz yaxshi amallarni qilgan kishilarning mukofotini yoʻqqa chiqarmaymiz.
Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilaridan mag‘firat soʻrashlaridan faqatgina avvalgi ummatlarning boshiga tushgan halokatli yoʻlining kelishi yoki ularga ochiqchasiga azob kelishini kutishlari toʻsdi, xolos.
Haligi oʻldirilgan bolaning esa, ota-onalari moʻmin kishilar edilar. Bas, biz u bola kelajakda tug‘yon va kufr yoʻlida yurib ularni qiynab qoʻyishidan qoʻrqdik.
Ammo kim iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, unga goʻzal mukofot bordir. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyuramiz.
Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan zotlar uchun Firdavs jannati manzil boʻladi.
Ey Muhammad, u mushriklarni barcha ish bitirilgan hasrat kuni boʻlmish qiyomatdan ogohlantiring. Ular bugun g‘aflatdadirlar, shuning uchun ular iymon keltirmaydilar.
Faqat iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishilargina bundan xoli boʻlib jazoga tortilmaydilar. Bas, ular abadiy jannatga kiradilar va ularga hech narsada zulm qilinmaydi.
Qachonki ularga aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar kibrlanib iymon keltirganlarga: “Ikki guruhning qaysi biri dunyodagi maqom va mavqe jihatidan yaxshiroqdir?” – dedilar.
Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun yaqinda Rahmon muhabbat paydo qiladi.
Bas, qiyomatga ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar aslo seni undan toʻsmasinlarki, u holda halok boʻlasan.