Bas, qachonki manzilga yetib Yusufning huzuridagi chodirga kirganlarida, u oʻzini ota-onasining quchog‘iga otdi va: “Allohning xohishi bilan Misrga omonlikda kiringlar”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Bas, qachonki manzilga yetib Yusufning huzuridagi chodirga kirganlarida, u oʻzini ota-onasining quchog‘iga otdi va: “Allohning xohishi bilan Misrga omonlikda kiringlar”, – dedi.
Harchand siz barcha odamlarning iymon keltirishlarini juda xohlasangiz-da, odamlarning koʻpchiligi moʻmin boʻlmaydilar.
Ularning aksariyati esa faqat mushrik boʻlgan hollarida Allohga ishonadilar, xolos.
Yoki ular Allohning azobidan bir qurshab oluvchi balo kelib qolishidan yo ularga toʻsatdan oʻzlari sezmagan hollarida qiyomat soati kelib qolishidan xotirjam boʻldilarmi?!
Darhaqiqat, ularning oʻtmish qissalarida aql egalari uchun katta ibrat bor edi. Ushbu Qurʼon toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlovchi va unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni batafsil bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat manbai boʻlgan ilohiy kitobdir.
Alif, Lom, Mim, Ro. Bular muqaddas Kitob boʻlgan Qurʼon oyatlaridir. Ey Muhammad, sizga nozil qilingan bu Qurʼon ayni haqiqatdir, lekin shunda ham odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydilar.
Ular iymon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan kimsalardir. Ogoh boʻlinglar, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom topadi.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun xushnudlik va qaytib boriladigan joyning eng goʻzali – jannat bordir.
Bordi-yu bir Qurʼon boʻlib uning kuchi bilan tog‘lar oʻrnidan siljitilsa yoki Yer parchalanadigan boʻlsa yoki boʻlmasa oʻliklar tirilib tilga kiritilsa ham mana shu Qurʼon boʻlar edi. Aksincha, ishlarning barchasi Allohga xosdir. Nahotki, hali ham iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, barcha odamlarni hidoyatga solar edi, deb tushunmayaptilarmi? Kofir boʻlganlarga esa, Allohning vaʼdasi kelguncha, qilgan ishlari sababli dahshatli ofat yetib turaveradi yoki ularning yurtlari yaqiniga falokatlar tushib kofirlarni sarosimaga solib turadi. Shubhasiz, Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi.
Ularga javoban payg‘ambarlari: “Ha shunday, biz xuddi sizlarga oʻxshagan odamlarmiz, lekin Alloh bandalaridan oʻzi xohlaganiga payg‘ambarlikni beradi. Biz sizlarga Allohning iznisiz biror hujjatni keltira olmaymiz. Moʻminlar, faqat Allohga tavakkul qilsinlar”, – dedi.
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlar esa taglaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritildilar. Robbilarining izni bilan ular u yerda abadiy qoluvchidirlar. Ularning jannatdagi salomlashishlari bir-birlariga salomatlik tilashdir.
Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham mustahkam soʻz boʻlgan iymon kalimasi bilan sobitqadam qiladi. Alloh zolimlarni haq yoʻldan ozdiradi. Shuningdek, Alloh Oʻzi xohlagan ishni qiladi.
Ey Muhammad, iymon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal qoim qilsinlar hamda oldi-sotdi va doʻst-birodarchilik boʻlmaydigan kun atalmish qiyomat kelmasidan oldin, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan pinhona va oshkora xayru ehson qilsinlar.
Ey Muhammad, Ibrohimning: “Ey Robbim, Bu Makka shahrini omon qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig‘inishdan uzoq qilgin”, – deb aytganini eslang.
Ey Robbimiz, hammaning hisob qilinadigan qiyomat kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni mag‘firat qilgin.
Zolimlar unga iymon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgi kufrda yashaganlarning yoʻllari oʻtib boʻlgan va oqibatlari maʼlum edi.
Unga salom va omonlikda kiringlar, deyiladi.
Albatta, bunday hodisalarda moʻminlar uchun ibratli belgi bordir.
Ular tog‘lardan mustahkam uylar yoʻnib, bizga hech qanday ofat yetmaydi deb, goʻyo omonlikda edilar.
Biz kofirlardan ayrim toifalarni oʻtkinchi dunyoda u bilan bahramand qilib qoʻygan narsalarimizga koʻz tikmang. Ularning iymonsizliklari ustida g‘amgin ham boʻlmang. Moʻminlar uchun esa shafqat qanotingizni past tutib xokisor boʻling.