Albatta, iymon keltirgan, solih amallar qilgan va Robbilariga itoat qilib boʻysungan kimsalar – ana oʻshalar, jannat egalari boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, iymon keltirgan, solih amallar qilgan va Robbilariga itoat qilib boʻysungan kimsalar – ana oʻshalar, jannat egalari boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Nuh payg‘ambarga: “Qavmingdan shu paytgacha iymon keltirganlaridan boshqa endi hech kim aslo iymon keltirmaydi. Shunday ekan, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekma”, – deb vahiy qilindi.

Nihoyat, azob haqidagi amrimiz kelib, tandir favvora otib qizidi. Biz Nuhga: “Har bir jonivordan bir juftdan va g‘arq boʻlishi haqidagi amrimiz kechganlardan tashqari ahli oilang hamda iymon keltirganlarni kemaga yuklab chiqar”, – dedik. Vaholanki, u bilan birga iymon keltirganlar ozchilik edi.

Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
Vaqtiki amrimiz boʻlgan kuchli shamol azobi kelgach, Hudni va u bilan birga iymon keltirganlarni Bizdan boʻlgan rahmat tufayli qutqardik va ularni qattiq azobdan xalos qildik.
Buyrug‘imiz boʻlgan azob vaqti kelgach, Solihni va u bilan birga iymon keltirganlarni Bizdan boʻlgan rahmat bilan azobdan va oʻsha kunning sharmandaligidan xalos qildik. Albatta, U Robbingiz kuchli va qudratli Zotdir.
Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar boʻlsangiz, halol savdo natijasida Allohning sizga qoldirgan nasibalari yaxshiroqdir. Agar nasihatlarimga amal qilmasangiz, men sizning ustingizda qoʻriqchi emasman.
Vaqtiki, amrimiz boʻlgan azob vaqti kelganda, Shuʼaybga va u bilan birga iymon keltirgan kimsalarga huzurimizdan boʻlgan rahmat tufayli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, shiddatli qichqiriq tutdi. Bas, ular uylarida murdaga aylanib, tiz choʻkib qoldilar.
Ey Rasulim, sizga payg‘ambarlarning xabarlaridan qalbingizni mustahkam qiladigan qissalarni aytib beryapmiz. Bu qissalarda sizga haqiqat, nasihat hamda barcha moʻminlar uchun eslatmalar keldi.
Ey Muhammad, iymon keltirmaydigan kimsalarga: “Qoʻlingizdan kelgan ishingizni qilavering, albatta, biz ham eʼtiqodimizga koʻra oʻz ishimizni qiluvchilarmiz”, – deb ayting.
Ular shunday qarorga kelganlaridan soʻng otalariga: “Ey otamiz, nima uchun sen Yusufni bizga ishonmaysan? Axir, albatta, biz uni xolis yaxshi koʻruvchilarmiz-ku!” – dedilar.
Otalariga yolg‘ondan: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvalashib ketgan edik, keyin uni boʻri yeb ketibdi. Agar rost gapirsak ham, baribir sen bizga ishonuvchi emassan”, – dedilar.
Yusuf ularga: “Men sizlarga rizq boʻladigan taom oldingizga kelishidan avval uning qandayligi haqida taʼvilini aytib beraman. Bular Robbimning menga bildirgan narsalaridandir. Chindan ham men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratni inkor qiluvchi qavmning dinini tark qilganman”, – dedi.
Bularni eshitgan podshoh: “Uni darhol yonimga olib keling, men uni oʻzimga xos kishilardan qilib olaman”, – dedi. Yusuf keltirilib podshoh u bilan gaplashgach: “Sen, albatta, bugundan boshlab bizning huzurimizda martabali va ishonchli kishilardansan”, – dedi.
Shubhasiz, oxirat mukofoti, iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun yaxshiroqdir.
Otalari Yaʼqub: “Nima, men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonaymi?. Zero, Alloh eng yaxshi muhofaza qiluvchi va U rahmlilarning eng rahmlisidir”, – dedi
Otalari Yaʼqub: “Nima, men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonaymi?. Zero, Alloh eng yaxshi muhofaza qiluvchi va U rahmlilarning eng rahmlisidir”, – dedi