Na payg‘ambarga va na iymon keltirgan kimsalarga kofir holda oʻlib, ularning doʻzax ahllari ekanligi maʼlum boʻlgandan keyin mushriklar uchun garchi ular qarindoshlari boʻlsa ham, gunohlarining kechirilishi uchun istig‘for soʻrashlari joiz emas.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Na payg‘ambarga va na iymon keltirgan kimsalarga kofir holda oʻlib, ularning doʻzax ahllari ekanligi maʼlum boʻlgandan keyin mushriklar uchun garchi ular qarindoshlari boʻlsa ham, gunohlarining kechirilishi uchun istig‘for soʻrashlari joiz emas.
Ey iymon keltirganlar! Allohdan qoʻrqing va doimo sodiqlar bilan birga boʻling!
Moʻminlarning hammasi yoppasiga jangga chiqishlari shart emas. Koshki, har bir guruhdan bir nafar toifa boʻlsa-yu, safarga chiqmay dinni chuqur oʻrgansalar va qavmlariga jangdan qaytib kelgan vaqtlarida ularga pand-nasihat qilib ogohlantirsalar.
Ey iymon keltirganlar! Sizlar yaqiningizdagi kofirlarga qarshi jang qiling! Albatta, ular sizlardagi matonat va shiddatni koʻrsinlar. Yana shuni bilib qoʻyinglarki, albatta, Alloh taqvodor kimsalar bilan birgadir.
Qachonki biror bir sura nozil qilinsa, ular ichidan: “Bu sura qay biringizda iymonni orttirdi?” – deydigan munofiqlar ham bor. Ammo bu sura moʻminlardagi iymonni ziyoda qildi va ular xursand boʻlar edilar.

Haqiqatan, sizlarga oʻz orangizdan dunyo va oxiratda boshingizdan kechiradigan qiyinchiliklaringizga g‘am chekadigan va sizlarni ardoqlaydigan hamda moʻminlarga rahm shafqatli boʻlgan bir Rasul kelgandir.
Oʻz oralaridan boʻlmish Muhammad nomli bir kishiga “Odamlarni jahannam azobidan ogohlantiring, iymon keltirganlarga Robbilari huzurida qilgan yaxshiliklari uchun beriladigan ajr boʻlmish sodiqlik qadami borligi haqida xushxabar bering”, – deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli boʻldimi?! Kofirlar esa: “Shubhasiz, bu Muhammad aniq sehrgardir”, – dedilar.
Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzurigadir. Allohning vaʼdasi haqdir. Shubhasiz, U yaratishni yoʻqdan bor qilib boshlaydi, soʻngra iymon keltirib, solih ish qilganlarni adolat bilan mukofotlash uchun u barcha yaratilganlarni yana hayotga qaytaradi. Kufr keltirganlarga esa, qaynoq suvdan boʻlgan ichimlik va kofir boʻlganlari uchun alamli azob bordir.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni esa iymonlari sababli Robbilari ularni hidoyat qiladi. Ular neʼmati moʻl boʻlgan – Naʼim jannatlarida boʻladilar va taglaridan anhorlar oqib turadi.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni esa iymonlari sababli Robbilari ularni hidoyat qiladi. Ular neʼmati moʻl boʻlgan – Naʼim jannatlarida boʻladilar va taglaridan anhorlar oqib turadi.
Darhaqiqat, sizlardan oldingi nasllarni ham zulm qilganlarida va ularga payg‘ambarlari ilohiy dalillarni keltirgan payt iymon keltirmaganlarida halok qilgan edik. Biz shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolaymiz.
Shunday qilib, fosiqlik qilganlar ustiga Robbingizning azoblayman, – degan soʻzi haq boʻlib chiqdi. Chunki ular iymon keltirmas edilar.
Odamlardan ular ichidan unga iymon keltirganlari ham bor va ular ichidan unga iymon keltirmaydiganlari ham bor. Robbingiz esa buzg‘unchilarni juda yaxshi biluvchidir.
Odamlardan ular ichidan unga iymon keltirganlari ham bor va ular ichidan unga iymon keltirmaydiganlari ham bor. Robbingiz esa buzg‘unchilarni juda yaxshi biluvchidir.
Qachonki oʻsha azob roʻy bergandan keyingina unga iymon keltirasizlarmi?! Endimi?! Axir, uni qachon boʻladi, – deb shoshiltirgan edingiz-ku!
Ey odamlar, chindan ham sizlarga Robbingizdan vaʼz-nasihat, koʻngillardagi zararli illatlarga shifo va moʻminlar uchun hidoyat va rahmat manbai boʻlgan Qurʼon keldi.
Ular iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalardir.
Soʻngra undan keyin ham koʻplab payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yubordik. Bas, payg‘ambarlar ularga ochiq-oydin hujjatlarni keltirdilar. Ular esa shunda ham oldindan yolg‘onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning qalblariga shunday qilib tamg‘a bosib qoʻyamiz.