Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida dushmanga qarshi kurashganlar hamda muhojirlarga joy berib, yordam qilganlar, aynan oʻshalar haqiqiy moʻmin kimsalardir. Ular uchun Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida dushmanga qarshi kurashganlar hamda muhojirlarga joy berib, yordam qilganlar, aynan oʻshalar haqiqiy moʻmin kimsalardir. Ular uchun Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida dushmanga qarshi kurashganlar hamda muhojirlarga joy berib, yordam qilganlar, aynan oʻshalar haqiqiy moʻmin kimsalardir. Ular uchun Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Keyinchalik iymon keltirib, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va sizlar bilan birga dushmanga qarshi jang qilganlar ham sizlardandir. Qon-qarindoshlar esa, Allohning kitobidagi hukmiga koʻra meros olishda bir-birlariga haqliroqdirlar. Alloh, shubhasiz, hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Ey Rasulim, agar mushriklardan birortasi sizdan omonlik soʻrasa, uni himoyangizga oling. Toki ular Allohning kalomini eshitsinlar, balki, ibrat olarlar. Undan keyin uni tinch joyiga yetkazib qoʻying. Mana bu ularning haqiqatni bilmaydigan qavm ekanliklaridir.
Ular biron moʻmin kishi xususida na ahdga va na shartga rioya qiladilar. Ana oʻshalar haddan oshgan kimsalardir.
Ey moʻminlar, ahdlarini buzgan, payg‘ambarni yurtidan chiqarib yuborishga qasd qilgan va sizlarga qarshi birinchi boʻlib urush boshlagan qavm bilan jang qilmaysizlarmi?! Yoki ulardan qoʻrqasizlarmi?! Agar chinakam moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga haqli boʻlgan Zot, faqat Allohdir!
Ular bilan jang qilinglar, shunda Alloh sizlarning qoʻllaringiz bilan ularni azoblaydi. Hamda ularni sharmanda qiladi, sizlarni ularning ustidan sizlarga nusrat ato etib, iymon keltirgan qavmning dillariga shifo beradi.
Ey moʻminlar, Alloh sizlarning orangizdan haq yoʻlida jihod qilgan kimsalarni hamda Allohdan, Rasulidan va moʻminlardan boshqasini doʻst tutmagan va sadoqatda bardavom boʻlgan kishilarni imtihon qilib, bilmay turib, oʻz holingizga tashlab qoʻyilasizlar deb hisoblaysizmi? Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Allohning masjidlarini, faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni toʻliq ado etgan, zakotni egalariga bergan hamda faqatgina yolg‘iz Allohdan qoʻrqadigan kishilargina obod qila oladi. Ajab emaski, ana oʻshalar toʻg‘ri yoʻlni topuvchi kimsalardan boʻlsalar.
Kaʼbani ziyorat qilish uchun kelgan hojilarga suv tarqatish va Masjid ul-Haromni obod qilish ishlarini bajarayotgan mushriklarni Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, Alloh yoʻlida jang qilganlar bilan teng qildingizmi?! Aksincha, Alloh nazdida ular teng emasdirlar. Alloh zolimlar qavmini hidoyatga boshlamaydi.
Allohga iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va Allohning roziligi yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan kimsalarning Alloh nazdidagi darajalari eng balanddir. Ana oʻshalar ajrga sazovordirlar.
Ey iymon keltirganlar! Agar ota-onangiz va aka-ukalaringiz boʻlsa ham, kufrni iymondan ustun koʻrsalar, u holda ularni doʻst deb tutmangizlar. Sizlardan kimki shunday holda ham ularni doʻst tutsa, demak, ular zolim kimsalar qatoridadir.
Ey iymon keltirganlar! Agar ota-onangiz va aka-ukalaringiz boʻlsa ham, kufrni iymondan ustun koʻrsalar, u holda ularni doʻst deb tutmangizlar. Sizlardan kimki shunday holda ham ularni doʻst tutsa, demak, ular zolim kimsalar qatoridadir.
Keyin Alloh payg‘ambariga va moʻminlarga Oʻz tomonidan xotirjamlikni tushirdi. Shuningdek, sizlar uni koʻrmagan, yaʼni farishtalardan boʻlgan lashkarlarni nozil qildi. Hamda kufr keltirgan kimsalarni yoʻq qilib azobladi. Mana bu kofirlarning jazosidir.
Ey iymon keltirganlar, albatta, Allohga shirk keltirganlar nopok kimsalardir, bas, endi ular bu yillaridan keyin Masjid ul-Haromga yaqinlashmasinlar. Agarda sizlar mushriklarning haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa tijoratga oid narsalar toʻxtab qolishi sababli kambag‘allikdan qoʻrqsangizlar, Bas, agar Alloh xohlasa Oʻz fazli bilan tezda sizlarni boy-badavlat qilib qoʻyadi.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan, haq din boʻlmish Islomni din deb qabul qilmaydigan ahli kitob berilgan yahudiy va nasroniylar toki boʻysungan hollarida oʻz qoʻllari bilan jizya bermagunlaricha, jang qilinglar.
Ey iymon keltirganlar, shubhasiz, oʻsha yahudiy va nasroniylarning donishmand va rohiblaridan aksariyati odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeydilar. Hamda Allohning yoʻlidan kishilarni toʻsadilar. Ey Muhammad, oltin va kumushlarni yig‘ib, uni Alloh yoʻlida ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Ey iymon keltirganlar, sizlarga nima ham boʻldiki, agarda Alloh yoʻlida dushmanga qarshi qoʻzg‘alinglar deyilsa, yerga qattiq yopishib oldingiz. Oxirat hayotidan koʻra dunyo hayotiga rozi boʻldingizmi? Axir, dunyo hayotidagi neʼmatlar oxiratdagidan koʻra juda oz narsa-ku?!
Zero, Allohga va oxirat kuniga ishongan kimsalar molu jonlari bilan jihod qilishdan ortda qolish uchun sizdan izn soʻramaydilar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir.
Faqatgina Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va koʻngillari gumonda boʻlganlargina sizdan jangga bormaslik uchun izn soʻraydilar. Chunki ular oʻz gumonlarida doimo ikkilanib yuradilar.