Ana oʻshalar haqiqiy moʻmin kishilardir. Ular uchun Robbilari huzurida ulkan darajalar va Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ana oʻshalar haqiqiy moʻmin kishilardir. Ular uchun Robbilari huzurida ulkan darajalar va Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Bu holat xuddi moʻminlardan bir qismi urushga chiqishni yoqtirmagan boʻlsalar ham, Robbingiz sizni haq yoʻlda Badr jangi uchun uyingizdan chiqarganiga oʻxshaydi.
Oʻsha payt sizlarni Oʻz huzuridan omonlik boʻlsin deb, yengil uyquga choʻmdirgan edi. Hamda u bilan sizlarni pokiza qilish, shaytonning nopokliklarini ketkazish, qalb rishtalaringizni oʻzaro bog‘lash va qadamlaringizni mustahkam qilish uchun osmondan suv yog‘dirganini eslanglar.
Robbingiz jangda hozir boʻlgan farishtalarga vahiy qilib: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Iymon keltirganlarni jangda sobitqadam qilinglar. Men kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrquv solaman. Sizlar mushriklarning boʻyniga urib oʻldiringlar. Hamda ularning har bir barmoqlarini urib sindiringlar”, – deganini yodga olinglar.
Ey iymon keltirganlar, jangda toʻda holidagi kufr keltirganlar bilan roʻbaroʻ kelib qolsangiz, ularga orqa oʻgirib qochmanglar.
Ularni jangda siz oʻldirmadingiz, balki ularni Alloh oʻldirdi. Ey Muhammad, ularga qarata yuziga qoʻlingizdagi bir siqim tuproqni otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki uni Alloh otdi hamda Oʻz tarafidan g‘alabani moʻminlarga chiroyli lutf boʻlsin, deb qildi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ey mushriklar, agar jangdan oldin musulmonlar bilan orani ochishni xohlagan boʻlsangiz, darhaqiqat, mana musulmonlar foydasiga fath qilish keldi. Bordi-yu musulmonlarga qarshi jang qilishdan tiyilsangiz, bu siz uchun yaxshiroqdir. Agarda ibrat olmay yana urushga qaytsangiz, u holda bizlar ham qaytamiz. Guruhingiz sanog‘i garchi koʻpchilik boʻlsa ham, sizlarga hech narsa foyda bermaydi. Chunki Alloh, albatta, moʻminlar bilan birgadir.
Ey iymon keltirganlar, Allohga va Rasuliga itoat qilinglar! Oʻzlaringiz Qurʼon hukmlarini eshitib turib, undan yuz oʻgirib ketmanglar!
Ey iymon keltirganlar! Sizlarni huzurli hayotga chorlovchi narsa bilan daʼvat qilsa, darhol Allohga va Rasulga itoat qilib, javob beringlar! Hamda bilib qoʻyinglarki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbi orasini egallab turadi. Shak-shubhasiz, Uning huzurida jam boʻlasizlar.
Ey iymon keltirganlar! Alloh va Rasulga osiy boʻlib xiyonat qilmanglar. Hamda bila turib oralaringizdagi omonatlaringizga xiyonat qilmanglar.
Ey iymon keltirganlar! Alloh va Rasulga osiy boʻlib xiyonat qilmanglar. Hamda bila turib oralaringizdagi omonatlaringizga xiyonat qilmanglar.
Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga itoat qilib taqvo qilsangiz, sizlarga haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat yoʻlini qilib qoʻyadi. Hamda gunohlaringizni kechib, sizlarni mag‘firat qiladi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Sizlar agar Allohga va Badr jangida ikki jamoa toʻqnashib haq va botilning orasini ayiruvchi kunda qulimiz Muhammadga nozil qilgan oyatlarimizga iymon keltirgan boʻlsangiz, unda urushda olgan g‘animatlaringizning beshdan biri Allohga, payg‘ambarga, qarindoshlarga yetim-yesirlarga, miskinlarga va musofirlarga tegishli ekanini bilib qoʻyinglar. Albatta, Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
Ey iymon keltirganlar! Biror bir dushman toʻdasiga duch kelib qolsangiz, matonat va sabot bilan turinglar. Shuningdek, Allohni koʻp esga olinglar. Shoyad, shunda zafar quchsangizlar.
Allohning nazdida maxluqlarning eng yomoni, bu kufr keltirganlardir. Bas, ular iymon keltirmaydilar.
Agar kofirlar hiyla qilib sizni aldamoqchi boʻlsalar, shubhasiz, Allohning Oʻzi sizga kifoya qiladi. U Oʻz yordami bilan moʻminlarni qoʻllab-quvvatlagan Zotdir.
Ey Payg‘ambar, sizga va sizga ergashgan moʻminlarga Allohning Oʻzi kifoyadir.
Ey Payg‘ambar! Moʻminlarni dushmanga qarshi jangga chorlang! Agar sizlardan yigirma nafar sabrli moʻmin kishi boʻlsa, ikki yuz nafar dushman ustidan g‘alaba qiladi. Bordi-yu sizlardan yuz nafar boʻlsa, unda ming nafar kofir kimsalarga g‘olib keladi. Buning sababi esa, ularning fahmlamaydigan qavm ekanliklaridandir.
Albatta, iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan, Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlar hamda joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga haqiqiy doʻstdirlar. Ammo iymon keltirgan, lekin hali hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, ular bilan doʻstlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar ular sizlardan din ishlarida yordam soʻrasalar, siz bilan oʻrtalarida urishmaslik haqida ahdnoma bor qavm ziddiga boʻlmagani holda ularga yordam berishingiz kerak. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.