Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
От искомого вами масдар-узак أ م ن образовано 879 аятов.
ishonadilar, imon keltiradilar, ishonmaydilar, ishondik, ishonyapti, ishongan, imon keltiring, ishonganlari, ishonamizmi?, ishongani
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
Makr ishlatib yomonliklarni qilganlar Alloh ularni yerga yuttirib yuborishidan yoki sezmagan tomonlaridan ularga azob kelib qolishidan qoʻrqmay xotirjam boʻldilarmi?!
Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarda yomon oʻrnak bor. Allohda esa eng oliy sifat bordir. Shuningdek, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Biz sizga iymon keltiradigan qavm uchun hidoyat va rahmat manbai boʻlmish kitobni ularga ixtilof qilayotgan narsalarini aniq qilib berishingiz uchungina nozil qildik.
Alloh sizlar uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratdi va juftlaringizdan sizlar uchun oʻg‘illar va nabiralar paydo qildi hamda sizlarni pokiza narsalardan rizqlantirdi. Bas, ular botil butlarga iymon keltirib, Allohning neʼmatini inkor qiladilarmi?!
Osmon boʻshlig‘ida uchib yurishga boʻysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi?! Ularni faqat Alloh tutib turibdi-ku! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
Xoh erkak boʻlsin, xoh ayol boʻlsin, kimda-kim moʻmin boʻlgan holda biror solih amal qilsa, bas, Biz unga chiroyli hayot beramiz. Hamda ularga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Albatta, u shayton uchun iymon keltirgan va Robbilariga tavakkul qiladiganlarning ustidan hech qanday hukmronlik yoʻq.
Ey Muhammad, ularga: “Ruh ul-Qudus bu Qurʼonni dinda sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat boʻlgan holda haq bilan nozil qildi”, – deb ayting.
Shubhasiz, Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalarni Alloh hidoyat qilmaydi hamda ular uchun alamli azob bordir.
Yolg‘on soʻzlarni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina toʻqiydilar. Aynan oʻshalarning oʻzlari yolg‘onchilardir.
Kimki Allohga iymon keltirganidan keyin yana qaytib kufr keltirsa, Allohning g‘azabiga duchor boʻladi. Lekin kim qalbi iymon bilan taskin topgani holda zolimlar tomonidan kufr kalimasini aytishga majbur qilinsa, uning iymoniga ziyon yetmaydi. Ammo kimki koʻngilni kufr tomonga ochsa, bas, u kabilarga Alloh tomonidan g‘azab va ulkan azob boʻladi.
Kimki Allohga iymon keltirganidan keyin yana qaytib kufr keltirsa, Allohning g‘azabiga duchor boʻladi. Lekin kim qalbi iymon bilan taskin topgani holda zolimlar tomonidan kufr kalimasini aytishga majbur qilinsa, uning iymoniga ziyon yetmaydi. Ammo kimki koʻngilni kufr tomonga ochsa, bas, u kabilarga Alloh tomonidan g‘azab va ulkan azob boʻladi.
Alloh bir shaharni misol qilib keltiradi: “U tinch va sokin shahar edi, unga har tomondan rizqi moʻl-koʻl boʻlib kelib turar edi. Bas, uning aholisi Allohning neʼmatlariga noshukrlik qilgach, Alloh unga bu qilmishlari tufayli ochlik va xavf balosi boʻlgan libosni tottirib qoʻydi.
Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
Shuningdek, oxiratga ishonmaydigan kimsalar uchun esa qiyomatda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Kimki oxirat savobini istasa va moʻmin holida saʼy-harakati bilan unga harakat qilsa, bas, unday zotlarning saʼy-harakatlari Alloh nazdida maqbuldir.
Ey Muhammad, qachonki Qurʼonni qiroat qilganingizda, siz va oxiratga ishonmaydiganlarning oʻrtasiga koʻrinmas maʼnaviy parda tortib qoʻyamiz.
Yoki sizlarni quruqlikning bir tomoniga yer yuttirib yuborish yoxud ustingizdan tosh yog‘dirish xavfidan xotirjammisizlar?! Alloh shunday balo yuboradiki, oʻzingizga himoyachi topolmaysiz.
Yoki Alloh sizlarni yana bir marta dengizga qaytarib, ustingizga qattiq shamol yuborishidan hamda kufr keltirganingiz uchun g‘arq qilib yuborish xavfidan xotirjammisizlar?! Shunday ofat keladiki, Bizga qarshi undan oʻch olib beruvchi birortani topa olmaysizlar.