Bas, ular: “Allohgagina tavakkul qildik. Ey Robbimiz, bizlarni zolimlar qavmiga fitnaga solma”, – dedilar.
От искомого вами масдар-узак ر ب ب образовано 980 аятов.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Bas, ular: “Allohgagina tavakkul qildik. Ey Robbimiz, bizlarni zolimlar qavmiga fitnaga solma”, – dedilar.
Muso: “Ey Robbimiz, darhaqiqat, Sen firʼavn va uning odamlariga bu dunyo hayotida zeb-ziynat va mol-dunyolar berding. Ey Robbimiz, ular mana shu mol-dunyolari bilan odamlarni Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchun shunday qilding. Ey Robbimiz, ularning mol-dunyolarini yakson qilgin, koʻngillarini shunday qattiq qilginki, toki alamli azobni koʻrmagunlaricha, iymon keltirmasinlar”, – dedi.

Albatta, Biz bani Isroil avlodlarini goʻzal va omonlik maskaniga yerlashtirdik va ularga pokiza narsalardan rizq qilib berdik. Ular to oʻzlariga Tavrot ilmi kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kunida ixtilof qilgan narsalari haqida oralarida hukm chiqaradi.
Ey Muhammad, agar sizga nozil qilgan tarixiy voqealar xususida shubhada boʻlsangiz, u holda sizdan oldingi Tavrot yoki Injil kitobini oʻqiydigan kishilardan soʻrab koʻring. Robbingizdan sizga haq vahiy kelgandan keyin aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Albatta, kufr va isyonlari sababli Allohning azob soʻzi zimmalariga muqarrar boʻlganlar iymon keltirmaydilar.
Agar Robbingiz xohlasa edi, Yer yuzidagi barcha kishilar yoppasiga iymon keltirgan boʻlar edilar. Bas, axir siz odamlarni moʻmin boʻlishlariga majbur qilasizmi?!
Ey Muhammad, “Ey odamlar, chindan ham sizlarga Robbingizdan haqiqat boʻlgan Qurʼon va Payg‘ambar keldi. Bas, kim hidoyat yoʻlida yursa, faqat oʻz foydasiga yurgan boʻladi. Kim hidoyat yoʻlidan adashsa, faqat oʻzining ziyoniga adashgan boʻladi. Men sizlarning ustingizda vakil emasman”, – deb ayting.
Allohning buyrug‘i shuki, Robbingizdan mag‘firat tilang soʻngra Unga tavba qiling, shunda Alloh sizlarni maʼlum muddat dunyo hayotida chiroyli manfaat bilan foydalantiradi. Shuningdek, har bir saxiy va fazilatli kishiga Oʻz fazlini ato qiladi. Agar chaqiriqlarimdan yuz oʻgirsangiz, bas, men sizlarga ulug‘ kun boʻlmish qiyomat azobi yetishidan qoʻrqaman.
Robbisi tomonidan aniq hujjat boʻlmish Qurʼonga, ortidan Undan bir guvoh boʻlib kelgan Jabroilga, undan oldin esa rahnamo va rahmat sanalmish Musoning kitobi Tavrotga ega boʻlgan kishi, faqat oʻtkinchi dunyo manfaatlarini xohlovchilar bilan barobar boʻladimi?! Aynan oʻshalar u Qurʼonga iymon keltiradilar. Barcha guruhlar orasidan kim u Qurʼonni inkor qilsa, uning vaʼda qilingan joyi doʻzaxdir. Bas, ey Muhammad, siz undan shak-shubhada boʻlmang. Albatta, u Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaydilar.

Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigandan ham zolimroq kimsa bormi?! Ana undaylar qiyomat kunida Robbilariga yuzma-yuz qilinadilar va guvohlar: “Mana shular Robbilari shaʼniga yolg‘on gapirganlardir”, – deydilar. Ogoh boʻlinglar, Allohning laʼnati zolimlar ustiga boʻladi.

Albatta, iymon keltirgan, solih amallar qilgan va Robbilariga itoat qilib boʻysungan kimsalar – ana oʻshalar, jannat egalari boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Nuh ularga: “Ey qavmim, qani, ayting-chi, agar Robbimdan berilgan aniq hujjatga ega boʻlsam va U menga Oʻz huzuridan rahmat va payg‘ambarlikni ato qilgan boʻlsa-yu, sizlarga bu maxfiy qolsa, sizlarni oʻzingiz istamagan holda unga iymon keltirishga majbur qilamizmi?!” – dedi.
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni xohlasa, men nasihat qilishni istagan boʻlsam ham nasihatim sizlarga foyda bermaydi. U, albatta, sizning Robbingizdir va Uning huzuriga qaytarilasiz.
Nuh ularga: “Uning yurishi ham, toʻxtab turishi ham Allohning ismi bilan deb, kemaga mininglar. Albatta, Robbim gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – dedi.
Nuh Robbisiga nido qilib: “Ey Robbim, oʻg‘lim mening ahlimdan. Sening esa oilamga najot berish toʻg‘risidagi vaʼdang haqdir. Sen hukm qiluvchilarning eng adolatlisisan”, – dedi.