Shundan keyin Muso: “Ey Robbim, meni va akamni mag‘firat qilgin va rahmatingga doxil qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng marhamatlisi boʻlgan Zotsan”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак ر ب ب образовано 980 аятов.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shundan keyin Muso: “Ey Robbim, meni va akamni mag‘firat qilgin va rahmatingga doxil qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng marhamatlisi boʻlgan Zotsan”, – dedi.
Albatta, buzoqni xudo deb olgan kimsalarga Robbilari tarafidan g‘azab va dunyodagi hayotda xoru zorlik yetib keladi. Biz boʻhton toʻquvchilarni mana shunday jazolaymiz.
Biroq yomon ishlarni qilib, soʻng uning ketidan tavba qilgan va iymon keltirgan kimsalar uchun esa, shubhasiz, Robbing bu ishlardan keyin ham gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Musoning g‘azabi sokinlashgach, yerdagi lavhalarni qayta qoʻliga oldi. Undagi nusxada Robbilaridan qoʻrqadigan kimsalar uchun hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi va rahmat manbalari bor edi.
Muso tayin qilgan vaqtimizga kelish uchun qavmidan buzoqqa sig‘inmagan yetmish kishini tanlab oldi. Shunda ularni shiddatli zilzila tutdi. Keyin Muso: “Ey Robbim, agar istasang edi, ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan boʻlarding. Nahotki oramizdagi baʼzi bir nodonlarning qilmishlari tufayli bizlarni halok qilasan?! Albatta, bular Sening bizga bergan sinovingdir. Sen u sinov bilan xohlagan kishingni yoʻldan adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyatga boshlaysan. Yolg‘iz Sen bizlarning egamizsan. Shunday ekan, bizlarni kechir va bizlarga rahm qil. Sen mag‘firat qiluvchilarning eng afzalisan”, – dedi.
Oʻshanda, ulardan bir guruh: “Shundoq ham Alloh ularni halok qilmoqchi yoki shiddatli azob bilan azoblamoqchi boʻlgan qavmga nima uchun vaʼz-nasihat qilmoqdasizlar?!” – degan edilar. Shunda nasihatgoʻy kimsalar: “Vazifamizni qilganimizga doir Robbingizga uzrimizni bayon etish uchun va balki ular Allohdan qoʻrqsalar – degan umidda gapiryapmiz”, – deb javob berishgan.
Ana oʻshanda Robbingiz ularning ustiga to qiyomat kunigacha ularni yomon azob bilan jazolaydigan kimsalarni, albatta, yuborib turishini bildirgan edi. Shubhasiz, Robbingizning azobi kofirlar uchun shitob bilan keluvchidir. Shubhasiz, U moʻminlar uchun gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

Robbingiz Odam bolalarining pushtu kamari boʻlgan bellaridan zurriyotlarini chiqarib olib hamda oʻzlarini oʻzlariga guvoh qilib: “Men sizlarning Robbingiz emasmanmi?” – deganini eslang. Shunda ruhlar: “Ha, shunday, Robbimizsan, biz bunga shohid boʻldik”, – deb aytganlar. Bu guvohlik, qiyomat kunida “Bizlar bundan bexabar edik”, – deb aytmasligingiz uchundir.

Ey Muhammad, sizdan qiyomatning qachon qoim boʻlishi haqida soʻraydilar. Ularga: “Uning ilmi, faqat Robbimning huzuridadir. Qiyomat vaqti kelganda faqat Uning Oʻzi oshkor qiladi. Qiyomatning dahshati osmonlaru Yerga og‘ir keladi. Sizlarga u toʻsatdan kelib qoladi”, – deb ayting. Sizdan u haqida goʻyo xabardordek soʻrashadi. Ularga qarata: “Shubhasiz, qiyomatning ilmi yolg‘iz Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar”, – deb javob bering.
U sizlarni bir jondan yaratgan hamda unga uylanib orom topishi uchun undan jufti Havvoni vujudga keltirgan Zotdir. Vaqtiki, Odam unga qoʻshilgach, jufti Havvo yengil homilador boʻldi va shu holda u bilan bir muddat yurdi. Soʻngra homila og‘irlashib tug‘ish vaqti kelganda ikkovi Robbilariga duo qilib: “Agarda bizlarga solih bir farzand ato etsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Ey Muhammad, agarda ularga biror bir oyat keltirmasangiz sizga: “Uni oʻzing tanlab toʻqib bersayding!” – deydilar. Siz ularga: “Men faqat Robbimdan menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Bu Qurʼon iymon keltiradigan qavmlar uchun Robbingizdan koʻrsatmalar, hidoyat va rahmat manbaidir”, – deb ayting.

Robbingizni ichingizda yolvorgan holda, qoʻrquv bilan hamda gapirganda ovozni baland koʻtarmasdan ertayu kech zikr qiling. Aslo g‘aflatda qolganlardan boʻlmang.
Albatta, Robbingiz huzuridagi farishtalar Unga qullik qilishda takabburlik qilmaydilar. Hamda Unga tasbeh aytib, yolg‘iz Unga sajda qiladilar.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Ana oʻshalar haqiqiy moʻmin kishilardir. Ular uchun Robbilari huzurida ulkan darajalar va Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Bu holat xuddi moʻminlardan bir qismi urushga chiqishni yoqtirmagan boʻlsalar ham, Robbingiz sizni haq yoʻlda Badr jangi uchun uyingizdan chiqarganiga oʻxshaydi.
Badr jangi avvalida Robbingizdan madad soʻrab yolvorgan edingiz. Oʻshanda: “Albatta, Men orqama-orqa keluvchi minglab farishta bilan sizlarga madad beraman”, – deb duongizni ijobat qilganini eslanglar.