Zakariyo ham: “Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qoʻyma menga merosxoʻr farzand ato qil. Sen vorislarning eng yaxshisisan”, – deb nido qildi.
От искомого вами масдар-узак ر ب ب образовано 980 аятов.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Zakariyo ham: “Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qoʻyma menga merosxoʻr farzand ato qil. Sen vorislarning eng yaxshisisan”, – deb nido qildi.
Zakariyo ham: “Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qoʻyma menga merosxoʻr farzand ato qil. Sen vorislarning eng yaxshisisan”, – deb nido qildi.
Ey insonlar, sizlarning ushbu ummatingiz aslida bir ummatdir Men esa hammangizning Robbingizman. Bas, faqat Menga ibodat qilinglar.
Muhammad: “Ey Robbim, Oʻzing haq bilan hukm chiqar. Robbimiz mehribondir hamda U sizlar qilgan vasflardan yordam soʻraladigan Zotdir”, – dedi.
Muhammad: “Ey Robbim, Oʻzing haq bilan hukm chiqar. Robbimiz mehribondir hamda U sizlar qilgan vasflardan yordam soʻraladigan Zotdir”, – dedi.
Ey insonlar, Robbingizdan qoʻrqingiz! Zero, qiyomat soatining dahshatli zilzilasi ulkan narsadir.
Mana shu ikki raqib boʻlgan moʻmin va kofir Robbilarining dini xususida tortishdilar. Bas, kufr keltirganlar uchun qiyomatda olovdan kiyimlar bichilib, boshlari ustidan qaynoq suv toʻkiladi.
Ana shunday, kimki Alloh harom qilgan narsalarni rioya qilgan holda uni eʼzozlasa bas, bu Robbisi nazdida oʻzi uchun yaxshidir. Sizlar uchun harom ekanligi tilovat qilinadigan narsalardan boshqa barcha chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat ifloslikdan uzoqlashing va yolg‘on soʻzdan ham chetda boʻlinglar.
Ular oʻz yurtlaridan faqatgina “Robbimiz Alloh”, deganlari uchun haydab chiqarilgan edilar. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turmas ekan, albatta, Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan rohiblarning uzlatgohlari, nasroniylarning kanisalari, yahudiylarning ibodatxonalari va musulmonlarning masjidlari vayron qilingan boʻlar edi. Albatta, Alloh oʻz diniga yordam beradiganlarga yordam beradi. Shubhasiz, Alloh kuchli va izzatlidir.
Ular sizdan azobning tezroq kelishini soʻraydilar. Holbuki, Alloh vaʼdasiga aslo xilof qilmaydi. Darvoqe, Robbingiz nazdidagi bir kun sizlar hisoblayotgan ming yil kabidir.
Shuningdek, ilm berilgan zotlarni esa bu Qurʼonni Robbingiz tomonidan kelgan haqiqat ekanini bilib keyin unga iymon keltirishlari va dillari u bilan ixlosli boʻlishi uchun qildi. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiluvchidir.
Biz har bir ummatga oʻziga xos shariat qilib ibodat shaklini qildik va ular unga amal qiluvchidirlar. Bas, ey Rasulim, ular siz bilan bu ishda aslo tortishmasinlar. Ularni Robbingizning yoʻliga daʼvat qiling. Shubhasiz, siz toʻg‘ri yoʻldasiz.
Ey iymon keltirganlar, ruku va sajda qilinglar hamda yolg‘iz Robbingizga ibodat qilinglar. Hamda doimo yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
Nuh: “Ey Robbim, meni yolg‘onga chiqarganlari uchun Oʻzing menga yordam bergin”, – dedi.
Hamda yana: “Ey Robbim, meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen manzilga tushiruvchilarning eng yaxshirog‘isan”, – deb duo qil.
Shunda Hud: “Ey Robbim, Meni yolg‘onchi qilganlari uchun menga yordam ber”, – dedi.
Albatta, bu ummatingiz bir ummatdir. Men esa sizlarning Robbingizdirman, bas, faqat Mendan qoʻrqinglar.
Albatta, Robbilaridan qoʻrqib, xavfda turuvchi kimsalar,
Robbilarining oyatlariga iymon keltiradigan kimsalar,
Robbilariga aslo shirk keltirmaydigan kimsalar,